Oylik mavzu: G‘aroyib olam. Mavzu: Kitobim-oftobim. (Katta va tayyorlov guruhlar uchun). Ta’limiy maqsad



Yüklə 129,74 Kb.
səhifə3/3
tarix28.04.2023
ölçüsü129,74 Kb.
#107402
1   2   3
kitobim-oftobim-nomli-mashgulot-ishlanma (Lotincha)

San’at markazida.
Tarbiyachi: Bolajonlar mana bunday keraksiz bo‘yalib bo‘lgan raskraskadagi rangli rasmlardan ajoyib kitob yaratishimiz mumkin. Buning uchun bizga qaychi , elim, oq, rangli va karton qog‘ozlar, flomaster va ip kerak bo‘ladi. Demak, boshlaymizmi?
Bolalar: Ha, boshlaymiz.
Bolalar uchun kitobcha yasash yangilik bo‘lmaganligi uchun tezda ishga kirishdilar. Kitobchadagi hikoya yoki ertakni yoritib berish uchun avval mos rasmlar tanlab olinadi. Ularni qirqib olib, oq qog‘ozni ikkiga buklab, tartib bilan elimlaydilar. Sung kartonni ham ikkiga buklab olib kitob jildini xosil qilamiz va uni turli rasmlar bilan bezaymiz. Ipni kitobimiz kattaligicha 2-3 qavat qilib birlashtirib olamiz. Qirqib olingan iplarning har ikkala uchini tarqalib ketmasligi uchun tugib qo‘yamiz. Ish so‘ngida tayyor varaqlarini birlashtirib kitob ketma-ketlikda buklangan joyiga elim surtib, tugilgan ipning bir uchini ham qo‘shib elimlaymiz.
Tarbiyachi: Qani bolajonlar kitobchangizni yasab bo‘lgan bo‘lsangiz keyingi syujetli-rolli markazga yo‘l olaylik, u erda do‘stlaringiz sizlarni kutib qoldilar.


Syujetli-rolli markazda.
Tarbiyachi tomonidan rollar bo‘lib beriladi. Bolalar o‘zlar mustaqil tarzda turli kitoblar oldi-sotdi ishlari bilan o‘yinni boshlaydilar. Bolalar naqd pul, plastik karta va terminaldan foydalanadilar.
Oluvchi bola: Assalomu alaykum
Sotuvchi bola: Va alaykum assalom. Keling, kitob do‘konimizga xush kelibsiz. Sizga yordam kerakmi? Qanday kitoblar sizni qiziqtiradi? Qandaylarini yoqtirasiz?
Oluvchi bola: Ha albatta, yordamingiz juda kerak. Menga o‘zbek xalq ertak kitoblari va yozuvchi Hudoyberdi To‘xtaboevning asarlari yoqadi. Ammo men ayni vaqtda onajonimning tug‘ilgan kuni uchun mos keladigan kitobni harid qilib,sovg‘a qilmoqchi edim.
Sotuvchi bola: Juda to‘g‘ri o‘ylabsiz. Kitob eng yaxshi sovg‘adir. Mana bu xotin-qizlar ensiklopediyasi , bunda qiziqarli ma’lumotlar juda ko‘p. Mana bu esa o‘zbek va evropa taomlari kitobi, bunisi tibbiyot bo‘yicha, shirinliklar pishirish va juda ko‘plab kitob turlari mavjud. Tanlang narxlari xam juda qimmat emas.
Oluvchi bola: Juda yaxshi kitoblaringiz bor ekan, men onajonim uchun xotin-qizlar ensiklopediyasini sotib olaman. Menga narxi xam juda ma’qul.

Sotuvchi bola harid uchun raxmat aytib, oluvchiga tez-tez kelib turishini tayinladi. SHu tarzda o‘yin davom ettiriladi.


YAkuniy qism:
Faoliyat so‘ngida bolalarning har biri rag‘batlantiriladi. So‘ng bolalarga eng yaqin do‘stlar uchun o‘z qo‘llari bilan kitob yasash o‘y vazifasi beriladi.
Yüklə 129,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə