Mavzu: Tasavvufning vujudga kelish tarixi



Yüklə 398,79 Kb.
səhifə29/30
tarix22.12.2023
ölçüsü398,79 Kb.
#153982
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
portal.guldu.uz-TASAFFUF VA MUMTOZ POETIKA ASOSLARI

Shersiz emasdur beshalar
Bordur sahovatpeshalar.

Baytidagi raviy “besha” “sahovatpesha” so’zlaridagi oxirgi “a” harfi.




Yuldek yitib ulquyosh qoshiga
Quyun kobi evrulib boshig’a.

Raviy “sh”




Hajru g’aming etti zulmu bedod
Ey jonu jahon, fig’onu faryod

Raviy ”d”




Jonima o’t soldi ul ruhsorai zebo yana,
Kungluma ul zulf bo’ldi moyai savdo yana

Raviy “o”




Ridf
Unsurlardan yana biri ridfdir. Qofiyaning ridfi qofiyadagi raviydan oldin turgan unli xarf tovushdir. Masalan:


Aylay sayoxat endi bas
Konibodom qilmay havas

“bas-xavas” so’zlaridagi “s” raviy, oldidagi “a” harfi ridf.




Chu dono chetki bu g’oyatg’a so’zni,
Bas etti so’zni dog’i yumdi ko’zni

Baytdagi “z” raviy. “z” oldidagi “o’” ridfdir.




Qayd
Qayd ham baytda radf oldidqan keladigan undosh xarf. Masalan:
Dedi: - No’shi labidin topqay el bahr
Dedi: - Ul no’shdin el qismidir zahr.
Raviy - r, qayd – h harflaridir.
Dedi: - Qay chog’din o’ldung ishq aro mast,
Dedi: - Ruh ermas erdi tang’a payvast.

Baytda raviy “t”, qayd “s” harflari.


Unda bo’lus G’ozi dedi,
Ham mufti, ham qozi dedi.
Baytda raviy “i”, qayd “z”.


Nazorat savollari:

  1. Qofiya nima?

  2. Qofiyaning tuzilishiga ko’ra qanday turlari mavjud?

  3. Mukarrar qofiyani misollar orqali tushintiring.

  4. Asosiy qofiya va ichki qofiyani farqlang.

  5. Qayd nima?

  6. Mumtoz she’riyatimizda qofiyani tashkel etuvchi tovush va harflarga misollar keltiring.


Yüklə 398,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə