Mavzu: tcp/ip pog’onasi, vazifalari, qo’llaniladigan asosiy protokollar



Yüklə 68,56 Kb.
səhifə3/5
tarix22.03.2024
ölçüsü68,56 Kb.
#181031
1   2   3   4   5
Mavzu tcp ip pog’onasi, vazifalari, qo’llaniladigan asosiy prot

Net BIOS/SMB


Yetarli darajada taniqli protokol steki bo‘lib, uni IBM va Microsoft kompaniyalari loyihalashtirgan va shu kompaniyalar mahsulotida foydalanish ko‘zda tutilgan. TCP/IP kabi Net-BIOS/SMB stek protokollari fizik kanal bosqichida Ethernet, Token-Ring kabi va boshqa standart protokollar ishlaydi. Bu esa har qanday aktiv tarmoq qurilmasi bilan juftlikda ishlash imkonini beradi. Yuqori bosqichlarda esa NetBIOS (Network Basic Input/Output System) va SMB (Server Message Blick) protokollari ishlaydi. NetBIOS o‘tgan asrning 80-yillarida yaratilgan bo‘lib lekin tez orada ancha yaxshilangan NetBEUI (NetBIOS Extended User Interface) protokol bilan almashtiriladi, u 200 tagacha kompyuteri bo‘lgan tarmoqlarda juda samarali axborot almashinuvini tashkil qilish imkonini yaratildi. Kompyuterlar o‘rtasida axborot almashinuvini hosil qilish uchun, ulardan har biri mantiqiy nomga bog‘lanishi zarur. Kompyuterlarni tarmoqqa ulashda dinamik ravishda har bir kompyuterga mantiqiy nom beriladi. Nomlar jadvali
tarmoqdagi har bir kompyuterga tarqatiladi. Shuningdek, guruhli nomlar bilan ham ishlash qo‘llaniladi, bu esa axborotlarni birdaniga bir necha manzilga uzatish imkonini yaratadi. Net BEUI protokolining asosiy afzalligi ishlash tezligi va resurslarga bo‘lgan kam talabidir. Agarda katta bo‘lmagan bir segmentdan iborat tarmoqlarda axborot almashinuvini tez tashkil qilish talab etilsa, u holda bu protokoldan yaxshisi topilmaydi. Undan tashqari xabarlarni yetkazish uchun o‘rnatilgan bog‘lanishlar zarur talab emas: protokolda bog‘lanish bo‘lmagan holda datagramma usuli qo‘llanilib, xabar jo‘natuvchining va qabul qiluvchining manzili bilan ta’minlanadi va «yo‘lga jo‘natiladi». Lekin NetBEUI ning asosiy kamchiligi ham mavjud bo‘lib, u paketni yo‘naltirish tushunchasidan to‘liq mahrumdir, shuning uchun uni murakkab tarmoqlarda foydalanish maqsadga muvofiq emas. SMB (Server Message Block) protokoli yordamida esa tarmoqning ishini uchta eng yuqori bosqichlarda tashkil etish mumkin. Bular aloqa vaqti, prezentatsiya va amaliy faqat undan foydalanish orqaligina fayllarga bog‘lanish mumkin, ya’ni printer va tarmoqning boshqa resurslariga. Bu protokol bir necha marotaba rivojlantirilgan, shuning uchun uni Microsoft Vista va Windows 7 zamonaviy operatsion tizimlarda tadbiq qilish mumkin.

Yüklə 68,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə