Мавзу: “Труба ичида труба” типидаги совитгични лойиҳалаш ва ҳисоблаш


Qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmalari



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə2/12
tarix15.04.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#105659
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Мавзу “Труба ичида труба” типидаги совитгични лойи алаш ва исо

1.2.Qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmalari.
Bu turdagi issiqlik almashinish qurilmalari qobiq ichida joylashgan trubalar to'plamidan tashqil topgan. Bunda trubalar ikki tomondan truba turiga qotirilgan bo'ladi, natijada trubalar tashqi sirti, qobiq va truba turi bilan chegaralangan trubalar orasidagi bo'shlik hamda issiqlik almashinish trubalarining ichki sirti va ikkita qopqoq bilan chegaralangan trubalar ichki bo'shligi yuzaga keladi. Ushbu qurilmalarda issiqlik trubalarning devori orqali uzatiladi. Truba orasidagi boshliqdan asosan yuzani ifloslantirmaydigan, cho'kma hosil qilmaydigan issiqlik tashuvchilar yuboriladi. Trubalar ichki bo'shlig'idan esa asosan isitilayotgan yoki sovitilayotgan suyuqlik yuboriladi. Issiqlik tashuvchilarning harakat tezligini oshirish yoki jarayonni samarali olib borish maqsadida bu qurilmalarning ikkala bo'shligi ham ko'p hollarda bir necha yo'lli qilib tayyorlanadi. Bir yulli qobik-trubali issiqlik almashinish qurilmasi, qobiq 1, truba turlari

  1. trubalar 3, qopqoq 4, issiqlik tashuvchilar kiradigan va chiqadigan patrubkalar 5, 6, bolt 7 va zichlagich 8 dan iborat (1 - rasm).

Issiqlik tashuvchilarning tezligini oshirish maqsadida ko'p yo'lli isitkichlar ishlatiladi. Bu isitkichlarda suyuqlikning sarfi kam bo'lganda ularning trubalardagi tezligi kichik bo'lib, natijada issiqlik almashinish koeffitsienti ham kam boladi.
Ko'p yo'lli isitkichlarda trubalarni sektsiyalarga bo'lish uchun yoki muhit harakat yo'lining soniga qarab, isitkichning qopqog’i bilan truba turining orasiga ko'ndalang to'siqlar o'rnatiladi ( 2-rasm). Bunda har bir sektsiyadagi trubalarning soni bir xil bo'lishi kerak. Ko'p yo'lli isitkichlarda bir yulli isitkichlarga nisbatan muhitlarning tezligi yo'llarning soniga qarab proportsional o'zgaradi.
Kimyo sanoatida 4-6 yo'lli isitkichlar ishlatiladi, chunki yo'llarning soni ortib borishi bilan isitkichning gidravlik qarshiligi ortib, qurilmaning konstruktsiyasi murakkablashadi.
Qobik-trubali isitkichlarda qobiq bilan trubalar orasidagi temperaturalarning farqiga qarab truba va qobiqning uzayishi har xil bo'ladi. SHuning uchun qobiq trubali isitkichlar konstruktsiyasiga ko'ra ikki xil bo'ladi: 1) qo'zg’almas turli isitkichlar; 2) kompensatorli isitkichlar.
Qo'zg'almas turli isitkichlarda issiqlik ta'sirida trubalar va qobiq har xil uzayadi, shu sababli bunday isitkichlar trubalar va qobiq o'rtasidagi temperaturalar farqi katta bo'lmaganda (50 S gacha) ishlatiladi.
Temperaturalar farqi 50 S dan katta bo'lganda trubalar va qobiqning har xil uzayishini kompensatsiyalash maqsadida linzali kompensatorli (.3- rasm, a) va U - simon trubali (3 -rasm, b) qobiq trubali isitkichlar ishlatiladi.
5 2
Linzali kompensator isitish trubalari va qurilma devori o'rtasidagi bosim 6-10 н/ M gacha bo'lganda ishlatiladi.
U
1- rasm. Bir yulli qobiq trubali isitkichlar:
1- qobiq; 2- truba turlari; 3 - trubalar; 4- qopqof; 5,6 - issiqlik agentlari kiradigan va chiqadigan shtutserlar;
7- bolt; 8- qistirma.

- simon qobiq trubali isitkichlarda issiqlik ta'sirida trubalarning uzayishidagi kompensatsiyani truba qurilmalarining o'zi bajaradi.










3
2 - rasm. Kup yulli qobik trubali isitkichlar:a) ikki yo'lli; b) to'rt yo'lli. I - II - issiqlik tashuvchi agentlar; 1 - qopqoq; 2- ko'ndalang to'siqlar.

- rasm. Temperatura yuqori bo'lganda qobiq va trubalarni uzaytirishni hisobga oluvchi qobiq-trubali

isitkichlar:

  1. linza kompensatorli; b) U - simon trubali.


Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə