Mavzu: umumta'lim maktablarida jismoniy tarbiya darslari uchun jihozlash me’yorlari


Sport anjomlari va jihozlariga umumiy tasnif



Yüklə 98,6 Kb.
səhifə2/6
tarix30.12.2023
ölçüsü98,6 Kb.
#167603
1   2   3   4   5   6
Sport anjomlari va jihozlariga umumiy tasnif.

Sport anjomlari va jihozlari — jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari, musobaqalari uchun muljallangan aslahalar, maxsus qurilma va asbobuskunalar. Xalqaro yoki milliy (sportning milliy turlari uchun) sport federatsiyalari tasdiklagan standartlar (qoidalar, normalar)ga muvofiq tayyorlanadi va standartlar boʻyicha xalqaro yoki davlat tashkilotlari tomonidan roʻyxatga olinadi. Sport anjomlari (snaryadlari), sport jihozlari, poyabzal va kiyimlari mavjud. Sport oʻyinlari uchun toʻplar, chavgonlar, raketkalar; kamon, rapira, qilich, shamshir; yengil atletikada nayza, lappak, boskrn, yadro, langarchoʻp; gimnastika anjomlari; ogʻir atletikada — shtanga, toshlar; konki, changʻi va boshqa sport anjomlari hisoblanadi. Eshkakli (akademik qayiq, baydarkalar, kanoe) va yelkanli (yaxtalar) qayiqlar, chanalar, velosipedlar (trekka, shossega, tandemga muljallangan), turli mototsikllar, sport avtomobillari, kartlar, planyorlar va sport samolyotlari kabi snaryadapparatlar alohida guruhni tashkil etadi. Sport jihozlari qatoriga sport arenalarining uskunalari: darvozalar, toʻrlar, qalqonlar (shchitlar): toʻsiqlar, bokschilar ringi, gimnastika gilami va boshqa; sport musobaqalari va mashgʻulotlarda ishlatiladigan maxsus texnika (fotofinish, elektr tablo, turli trenajerlar va boshqalar) kiradi. Sport kiyimi va poyabzali har bir sport turi uchun xalqaro sport federatsiyalari tomonidan qoʻyilgan texnik, gigiyenik va estetik talablarga muvofiq boʻlishi kerak. Ayrim sport turlarida kiyim himoya vositasi vazifasini bajaradi (shlemlar, niqoblar, koʻzoynaklar, qoʻlqoplar ). Poyabzal maxsus moslamalar (tishlar, zarbani yumshatuvchi amortizatorlar, qoplamalar va boshqalar)ga ega boʻladi.
Ta'lim jarayonida turli xil mashqlar uchun turli uslublar qo’llaniladi. Masalan, o’zgamvchan mashq va standart takrorlash, mashqning ayrim qismlarini yaxlit va qismlarga bo’lib bajarish, qat'iy tartiblashtirilgan mashq uslubi, o’yin va musobaqa uslublari. Ta'lim jarayonida asosan harakat faoliyatini o’rgatish, ko’nikma va malakalaming tashkil topishiga e’tibor berish kerak. Jismoniy tarbiya bo’yicha maktab dasturi bo’limlarida o’quv materiallarini rejalashtirishda sinfdan sinfga o’tkazishdagi izchillik ko’zda tutilgan. Ta’kidlab o’tilganlar teng darajada rejalashtirilgan darsga ham tegishlidir. Bunda malakalaming salbiy ko’chishlariga alohida e’tibor qaratish lozim. Bolaning yoshi qancha katta bo’lsa (maktab yoshi chegarasida) texnikani mufassalroq o’zlashtirish imkoni shuncha keng va talim jarayoni shunchajadal boTadi. Harakatlami mukammallashtirish va o’zgamvchan vaziyatlarda ularni qoTlashni o’rgatishda o’yin uslubidan keng foydalaniladi. O’smirlar uchun musobaqalashuvga intilish xosdir. Shu bilan birga, ko’pincha ular o’zlarining imkoniyatini ortiqcha baholashga moyildirlar. Ta'lim jarayonida texnikaning o’rganilishi musobaqalashuvga yo’naltirilgan bo’lsa, albatta, ijobiy natijani ko’rish mumkin. O’rta maktab yoshidagi bolalami harakatga o’rgatayotib? malakani doimiy ravishda saqlash uchun uning bajarilish sharoitini, usullarini ham o’zgartirish kerak. Bu o’ziga xoslik jismoniy tarbiyada xilma-xil uslublar va metodik usullami qo’llash zaruriyatini talab qiladi. Ko’rgazmalilik uslubidan 5-9 sinflarda samarali foydalanish mumkin. Harakatlami uhis qilish” uchun trenajer asboblaridan, turli qurilma va uskunalardan foydalanish o’smirlaming mashg’ulotga qiziqishini oshiradi. 5-9 sinf o’quvchilari ularga ma’lum bo’lgan harakat chizmasida yoki kinogrammadagi texnik detalni aniqlash uchun to’iq fahmlash qobiliyatiga egadirlar. Bu esa darslarda o’quv kartochkalaridan foydalanish imkonini beradi. O’rta maktab yoshidagi bolalar bilan ishlashda so’zdan foydalanish, gapirib berish, tushuntirish, ko’rsatma berish, buymq uslublaridan va boshqalardan foydalaniladi. Ta’lim jarayonida so’z uslublari zahirasidan o’zini bashorat qilish usulini muvaffaqqiyatli qo’llash, ya'ni ideomotorli mashq tamoyili bo’yicha fikran yoki eshittirib mashqni tasvirlash mumkin. 0 ’quvchilar faoliyatini yo’naltimvchi va faollashtimvchi og’zaki baholash yoki og’zaki hisobotlar mashqni o’zlashtirishga ko’maklashadi. 5-9 sinflardagi darslarda tezlik o’quv materialini egallashning borishida ham, qo’shimcha mashqlar yoki bilan ham rivojlantiriladi. Dastur materialini taqsimlash vaqtida birinchi chorak, odatdagidek, yengil atletika va sport o’yinlari bo’limiga ajratiladi. Bu yerda o’rganilanadigan materialning o’zi tezlikni rivojlantirish vositasi bo’lib xizmat qiladi. Ikkinchi chorakda kurash unsurlari va gimnastika bo’limi materiallari o’rganiladiki, ular, aksincha, tezlik imkoniyatlarining susayishiga ko’maklashadi. Bu verda tezlik-kuch xususiyatiga ega bo’lgan sakrab o’tish turidagi mashqlar seriyasi, me'yorlar oyoq mushaklarini mustahkamlashga ko’maklashishi kerak. Jismoniy tarbiya darsida kuch mashqini tezkorlik va yuqori darajadagi koordinatsiyani talab qiluvchi mashqlar yoki harakatlaming yangi texnikasini o’rgangandan keyin qo’llash kerak. Qo’shimcha kuch mashqlarini darsning so'ngida o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Ular darsning borishi jarayonida yuklamaga hammadan kam duchor bo’ladigan mushak guruhlariga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Kuch mashqlari uy vazifalarida va mustaqil mashg’ulotlarda juda muhim o’rin egallaydi. Ulami hovlida, yo’lakda, xonada bajarsa ham bo’ladi. Bundan tashqari, kuch ko’rsatkichlarini o’lchash oson, ulaming o’sishini rahbar o?qituvchi va ota-onalar nazorat qilishi mumkin. O’smirlar kuchini rivojlantirish uchun 6-8 marta maksimal takrorlanadigan mashqlami tavsiya qilish mumkin. Kuch mashqlarini egiluvchanlik mashqlari bilan navbatma-navbat bajarish maqsadga muvofiqdir. O’smirlarda chaqqonlikni rivojlantirish uslublari sifatida maktab dasturida ma'lum bo’lgan mashqlardan tashqari quyidagilami tavsiya qilish mumkin: a) mashq bajarilishining tezkorlik darajasi yoki tezligini o’zgartirish; b) mashq bajariladigan fazaga oid chegaralar buzilishi; v) qo’shimcha topshiriqlar bilan mashqni murakkablashtirish; g) mashq usulini almashtirish; d) juft mashqlarda qarshilik ko’rsatish kuchini o’zgartirish.O’smirlarda chidamlilik darajasini oshirishga qaratilgan darslarda motor zichligi yuqori bo’lishi zarur. Chidamlilikning samarali rivojlanishi uchun maxsus yo’naltirilgan mashqlar beriladi. Asosiy uslublar sifatida quyidagilardan foydalaniladi: a) bir tekis bajariladigan uzluksiz mashqlar; b) o’zgaruvchan mashqlar; v) takroriy mashqlar. Umumiy chidamlilikni oshirish maqsadida mashqning o’zgaruvchan va bir tekisldagi uslublaridan foydalanish kerak. Yuqori sinflardagi yigit va qizlarda jismoniy sifatlami tarbiyalash vazifasi ulaming rivojlanishidagi biologik qonuniyatlar munosabati bilan farq qiladi. Ilgari ta'kidlab o'tilganidek, qizlarda chidamlilik va kuchning ijobiy o’sishi 14 yoshda to’xtaydi, ayni vaqtda, yigitlarda bu sifatlar bir necha yillar davomida rivojlanadi. Bo’g’imlar harakatchanligi qizlarda yigitlamikidan ko’ra yuqori. Bundan tashqari, yigitlar katta kuch talab qiluvchi mashqlardan ko’p foydalansa, bu egiluvchanlikka salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Shunday qilib, qizlarda chidamlilik va kuchni rivojlantirish, egiluvchanlikni esa erishilgan darajada ushlab turish kerak. Yigitlarda chidamlilik, tezkorlik, kuchning o’sishiga ko’maklashish, egiluvchanlikning pasayishiga yo’l qo’ymaslik kerak.
Jismoniy tarbiya sohasidagi bilimlar orqali jismoniy mashqlami bajarish vaqtida xavfsizlikni ta’minlash va mashg’ulotlar vaqtida gigienik qoidalarga rioya qilish kerak. O’quvchilarga jismoniy mashqlaming organizm uchun ahamiyatini tushuntirish, jarohatlanganda birinchi yordam ko’rsatish va o’z-o’zini nazorat qilish asoslari bilan tanishtirish shart.



  1. Yüklə 98,6 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə