Mavzu: umumta'lim maktablarida jismoniy tarbiya darslari uchun jihozlash me’yorlari


Umumta’lim maktablarida sport zallari va undagi sport jihozlari



Yüklə 98,6 Kb.
səhifə3/6
tarix30.12.2023
ölçüsü98,6 Kb.
#167603
1   2   3   4   5   6
Umumta’lim maktablarida sport zallari va undagi sport jihozlari.

Jismonan yetuklik o‘quvchining jismoniy rivojlanishi, uning harakat bilim va ko‘nikmalarining barcha ijodiy imkoniyatlarini to‘liq namoyon etishga imkon beruvchi darajasidir. Shuni e’tiborga olish kerakki, insonning jismoniy sifatlari birbiri bilan chanbarchas bog‘liq bo‘lib, mashqlarni muayyan bir sifatni rivojlantirish uchun qo‘llash noto‘g‘ri. Ayni paytda jismoniy mashqlar o‘quvchining jismoniy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik vositalari o‘rtasida to‘sinlarda, brusslarda, turli xil gantellar bilan bajariladigan mashqlar jismoniy rivojlantirish uchun samaraliroqdir. Bu mashqlar tana uyg‘unligini ta’minlaydi. Mushaklar massasi, chiroyli qomatni yaratish, tashqi nafas olishni yaxshilashga yo‘naltirilgan jismoniy mashqlar majmuasi yoshlar salomatligini asraydi va mustahkamlaydi. Umumiy jismoniy tayyorgarlikni yaxshilash uchun kuch imkoniyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashqlar sonini ko‘paytirish zarur. Masalan, ko‘krak qafasi aylanasini oshirish uchun bajarishda tortilish, aylanib ko‘tarilish, osilgan quyi oyoqlami to‘singa tekkizish va h.k. mashqlar bajariladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik o‘quvchining jismoniy tayyorgarligini oshirishda amaliy mashg‘ulotlarning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Bunda jismoniy sifatlar - kuch, chidamlilik, egiluvchanlik, chaqqonlik va tezkorlikni rivojlantirishga qaratilgan jarayon bo‘lishi zarur. Umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari yuqori darajada bo‘lishi o‘quvchilaming samaradorligi ortishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik turli vositalar to‘plamini o‘z ichiga oladi. Jumladan, sport anjomlari va ular bilan bajariladigan mashqlar hamda boshqa sport turlari (akrobatika, yengil atletika, sport o‘yinlari, suzish va h.k.) dan olingan umumiy rivojlantiruvchi mashqlar asosida bajarilishidir. Umumiy jismoniy tayyorgarlik tushunchasi shundan iboratki, o‘quvchilarning har qanday mehnatga jismonan yaroqliligi (sifatlarning rivojlanganligi) bo‘lishida faol harakatlardir. Bunday amaliy faoliyatlar faqat jismoniy mashqlarni bajarish yo‘li bilan vujudga keladi va shu orqali mustahkamlanadi. Jismoniy sifatlarg ega bo‘lish uchun esa har doim jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanib borish zarur. O‘quvchilar jismoniy sifatlarga ega bo‘lishlari uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablari jismoniy tarbiya (haftada 2 soat) darslari butun hafta davomida saqlashini ta’minlay olmaydi. Shu boisdan o‘quvchilarga jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lishlari uchun esa, har kuni ertalab va kechki paytda jismoniy tarbiya bilan astoydil shug‘ullanish zarur ekanligini o‘rgatishimiz kerak. O‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligining asosiy yo‘li darsdan tashqari (haftada 2-3 marta) olib boriladigan sport to‘garaklariga jalb etish hisoblanadi O‘quvchilarda maxsus jismoniy tayyorgarlik, asosan, o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini shakllantiruvchi mashqlardan iborat bo‘lib, mushak va bo‘g‘inlarni qizitishga hamda cho‘ziluvchanligini orttirishga yo‘naltirilgan mashqlarga egadir. Bunda o‘quvchining harakatlanish sifatlarini mashg‘ulot faoliyati xususiyatlari tomonidan qo‘yiladigan talablarga qat’iy muvofiq holda rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi. Q‘quvchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligi asosan kurash gilami ustida o‘tkazilishi va eng muhim harakat sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi uchun turli murakkabliklardan iborat mashqlar qo‘llaniladi. Bunday murakkablashtirilgan mashqlar o‘quvchi organizmiga bo‘lgan ta’sirini kuchaytiradi Texnik tayyorlov mashqlari yurish va harakatlantirish asosida olib boriladi. Harakatlantirish ko‘nikmalari uch bosqichdan, ya’ni birinchibosqich:usulyokiharakatbilantanishtirish; ikkinchibosqich: 40 usul yoki harakatni mustahkamlash va takomillashtirish; uchinchi bosqich: usul ko‘nikmalarini o‘zlashtirish va mustahkamlashdan iboratdir. Texnika - harakatlarning tashqi shakli. Jismoniy mashqlar texnikasi takomillashadi. O‘quvchining texnik tayyorgarligi uning yuqori sport natijalariga erishishini ta’minlovchi harakatlar tizimini egallaganlik darajasi bilan tavsiflanadi. O‘quvchining umumiy va maxsus texnik tayyorgarligi aniqlanib, yordamchi sport turlaridagi har xil harakat malakalari hamda ko‘nikmalarini egallash orqali texnik mahoratga erishishga qaratilgan bo‘ladi. Texnik tayyorgarlik bir qator murakkab vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Jumladan: — Maksimal kuchlanishdan foydalanish samaradorligini oshirish; — Ish kuchlanishini tejash; — Musobaqa faoliyatini o‘zgaruvchan holat sharoitlarida harakatlanish tezligi, aniqligini oshirish. Sport texnikasini takomillashtirish o‘quvchilarning ko‘p yillik tayyorgarligi davomida amalga oshiriladi va tanlangan kurash turida texnik mahoratni oshirishga qaratiladi. Texnik mahorat deganda, keskin sport kurash sharoitlarida eng oqilona harakat texnikasini mukammal egallash tushuniladi. Texnikaning asosi
- harakat vazifalarini aniq yo‘l bilan hal qilish uchun kerakli dinamik, kinematik va harakatlar yig'indisi. Masalan, voleybol hujumkor urish
- tananing ketmá-ketlik harakati. Texnikaning aniqlovchi bo‘g‘ini
- harakat asosiy mexanizmining eng muhim va hal qiluvchi qismidir. Masalan, yugurib kelib, balandlikka sakrashning asosiy bo‘g‘ini
- bu depsinishdir, uloqtirishda - final kuchlanish. Texnik detallar - harakatning asosiy mexanizmiga xalaqit bermaydigan, uning ikkinchi darajali xususiyati. Bu
- o‘quvchining individual xususiyatiga bog‘liq. Masalan, uch hatlab sakrashda uchish fazalarining o‘ziga xos munosabati.




  1. Yüklə 98,6 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə