Mavzu: Ustav kapitali hisobi: Mundarija: I. Kirish II


Dt «Muassislarning Ustav kapitaliga badallar bo’yicha qarzlari» 500000 Kt



Yüklə 87,01 Kb.
səhifə4/13
tarix03.05.2023
ölçüsü87,01 Kb.
#108185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Mavzu Ustav kapitali hisobi Mundarija I. Kirish II

Dt «Muassislarning Ustav kapitaliga badallar bo’yicha qarzlari» 500000
Kt «Ustav kapitali» 500000
Ustav kapitali pul mablag’i, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar moddiy qiymatliklar, qimmatli qog’ozlar va boshqa aktivlar holida shakllanishi mumkin. D.Abdullaeva korxona Ustav kapitalini shakllantirish uchun 50000 so’m naqd pul, 200000 so’mlik asosiy vosita, 175000 so’mlik ak­tsiya va 50000 so’m miqdorida tovar kiritdi. Korxona hisob xodimi bu xo’­jalik muomalasiga quyidagicha buxgalteriya yozuvi rasmiylashtirishi lozim.
Dt «Pul mablag’lari» 50000
Dt «Asosiy vositalar» 200000
Dt «Qimmatli qog’ozlar» 175000
Dt «Ombordagi tovarlar» 50000
Kt «Muassislarning Ustav kapitaliga badallari bo’yicha qarzlari» 475000
Ustav kapitalining shakllangan va muassisning hisobot davrining oxi-rigacha qo’shib ulgurmagan ta’sis badali buxgalteriya balansida tegishli moddalar orqali aloxida-aloxida aks ettiriladi.

Sherikchilik korxonalarida Ustav kapitalini hisobga olish tartibi
Birdan ortiq shaxslar tomonidan tashkil qilinayotgan korxonalarda Ustav kapitalini hisobga olishning xususiyatli tomoni shundaki, unda har bir qatnash-chining Ustav kapitaliga qo’shayotgan hissasi alohida hisobga olinishi lozim. Misol uchun, tadbirkorlik bilan shug’ullanishni ko’zda tutayotgan shaxslar Shuhrat Husanov, Bobirjon Qayumov, Olьga Kim Ustav kapitali 1200000 so’mdan iborat bo’lgan sherik-chilik korxonasini tashkil qilishga qaror qildilar. Тa’sis shartnomasiga ko’ra Ustav kapitalining 480000 so’mi, ya’ni 40% Shuhrat Husanovga, 420000 so’mi ya’ni 35% Bobir­jon Qayumovga va 300000 so’mi ya’ni 25 % esa Olьga Kimga tegishli. Bu holat buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Dt «Sh.Husanovning Ustav kapitaliga badallar bo’yicha qarzi» 480000
Dt «B.Qayumovning Ustav kapitaliga badallar bo’yicha qarzi» 420000
Dt «O.Kimning Ustav kapitaliga badallar bo’yicha qarzi» 300000
Kt «Pay va ulushlar» 1200000
Sh.Husanov o’ziga tegishli badalni asbob-uskuna holida, B.Qayumov xom ashyo holida, O.Kim esa naqd pul holida qo’shdilar va korxona hisobchisi bu xo’jalik muomalasini quyidagicha rasmiylashtirishi lozim:

Yüklə 87,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə