Mavzu: Ustav kapitali hisobi: Mundarija: I. Kirish II


Dt «Muassislarning Ustav kapitaliga badallari bo’yicha qarzlari» 1000000 Kt



Yüklə 87,01 Kb.
səhifə6/13
tarix03.05.2023
ölçüsü87,01 Kb.
#108185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Mavzu Ustav kapitali hisobi Mundarija I. Kirish II

Dt «Muassislarning Ustav kapitaliga badallari bo’yicha qarzlari» 1000000
Kt «Oddiy aktsiyalar» 1000000

Sotilgan aktsiyalar uchun pul kelib tushganida
Dt «Pul mablag’lari» 500000
Kt «Muassislarning Ustav kapitaliga badallari bo’yicha qarzlari» 500000
Aktsiyadorlar lozim deb topgan paytda korxonaning Ustav kapitalini oshirish yoki kamaytirish to’g’risida qaror qabul qilishlari lozim. Ustav kapitalini ko’paytirish quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirish mumkin:
aktsiyalarning qo’shimcha emissiyasini amalga oshirish;
qo’shilgan kapital hisobidan oshirish;
taqsimlanmagan foyda hisobidan oshirish;

Ustav kapitalini kamaytirish hollari esa:


jamiyat tomonidan o’z aktsiyalarini qayta sotib olish va ularni bekor qilish;
jamiyatning qo’shilishi, bo’linishi yoki qayta tashkil q ilinishi kabi bir qator sabablar natijasida yuz berishi mumkin.
Ustav kapitalini oshirish yoki kamaytirish bilan bog’liq buxgalteriya yozuvlari ta’sis hujjatlariga rasmiy o’zgartirishlar kiritilgandan so’nggina tuzi-lishi mumkin.

2.1 Korxona ustav kapitalining tarkibi va uni shakllantirish manbalari

Bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi tashkil etilayotgan korxonalar o'z moliyaviy va moddiy resurslarini mustaqil shakllantiradi. Bunday resurslar, odatda, korxona ta'sischilari tomonidan o'z xususiy mulklarini ustav kapitaliga ulushi sifatida qo’shish bilan yaratiladi.


Ustav kapitali - huquqlar va imtiyozlar olish uchun korxona muassislari tomonidan ta'sis hujjatlariga muvofiq qo'shilgan (to'langan) hamda korxonaning xo'jalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan moddiy boyliklar, pul mablag'lari va xarajatlar majmuidir.
Ustav kapitalining xususiyatlariga quyidagilar kiradi:

  • Ustav kapitalining miqdori korxona ustavi va ta’sis shartnomasiga muvofiq belgilanadi va nisbatan doimiy harakterga ega bo‘ladi. Uning birlamchi miqdorini o‘zgarishi faqat korxona ustavini davlat qaydnomasidan qayta o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi;

  • Ustav kapitalini haqiqatda shakllantirish vaqt bo‘yicha chegeralanadi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, korxonalar ustav kapitalini shakllantirishning oxirgi muddati bo‘lib ta’sis etilgan sanadan boshlab bir yil;

  • Ustav kapitaliga ta’sischilarning hissalari uzoq va qisqa muddatli aktivlar bilan, ya’ni asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kapital va moliyaviy investitsiyalar, tovar-moddiy boyliklar va pul mablag‘lari bilan kiritilishi mumkin;

  • Ta’sischilarning ustav kapitalidagi hissalari korxonaning sof foydasini hissali usulda taqsimlashga, aksiyalarning soni esa sof foydani ularning har biriga mos ravishda taqsimlashga asos bo‘lib hisoblanadi. Davlat korxonalarida sof foyda taqsimlanmaydi va ustav kapitalining miqdorini oshirishga yo‘naltiriladi.



Yüklə 87,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə