Mavzu: Ustav kapitali hisobi: Mundarija: I. Kirish II


Dt «Asbob-uskunalar» 480000 Dt



Yüklə 87,01 Kb.
səhifə5/13
tarix03.05.2023
ölçüsü87,01 Kb.
#108185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Mavzu Ustav kapitali hisobi Mundarija I. Kirish II

Dt «Asbob-uskunalar» 480000
Dt «Хom ashyo» 420000
Dt «Pul mablag’lari» 300000
Kt «Sh.Husanovning Ustav kapitaliga badallar bo’yicha qarzi» 480000
Kt «B.Qayumovning Ustav kapitaliga badallar bo’yicha qarzi» 420000
Kt «O.Kimning Ustav kapitaliga badallar bo’yicha qarzi» 300000
Ustav kapitaliga qo’shilgan ulush muassislarga korxona foydasini o’sha nisbatlarda o’zlashtirish huquqini beradi. Misol uchun sherikchilik korxonasi hisobot yilini 800000 so’m foyda bilan yakunladi. Qatnashchilar bu summaning 500000 so’-mini taqsimlashga qaror qildilar. Тa’sis shartnomasiga ko’ra bu summaning 40 % Sh.Husanovga, 35% B.Qayumovga va 25% esa O.Kimga tegishli bo’ladi. Foydaning taqsimlanishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi.
Dt «Hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi» 500000
Kt «Sh. Husanovga to’lanadigan dividend» 200000
Kt «B.Qayumovga to’lanadigan dividend» 175000
Kt «O.Kimga to’lanadigan dividend» 125000
Aktsiyadorlik jamiyatlarida Ustav kapitalini hisobga olish tartibi.
Ustav kapitali muayayn aktsiyalar soniga bo’lingan jamiyat aktsiyadorlik jamiyati hisoblanadi. Aktsiyadorlik jamiyatining ishtirokchilari uning majburiyatlari bo’yicha javob bermaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog’liq zarar uchun o’zlariga qarashli aktsiyalar qiymati doirasida javobgar bo’ladilar. Aktsiyadorlik jamiyati ochiq yoki yopiq holda tashkil qilinishi mumkin. Ishtirokchilari o’zlariga qarashli aktsiyalarni boshqa aktsiyadorlarning roziligisiz o’zga shaxslarga sotishlari mumkin bo’lgan aktsiya-dorlik jamiya­ti ochiq aktsiyadorlik jamiyati hisoblanadi. Bunday aktsiyadorlik ja-miyati o’zi chiqaradigan aktsiyalarga qonun xujjatlarida belgilab qo’yiladigan shartlar asosida ochiq obuna o’tkazishga va ularni erkin sotishga haqli. Aktsiyalari faqat o’zining muassislari orasida yoki oldindan belgilab qo’yi­ladigan boshqa shaxslar doirasida taqsimlanadigan aktsiyadorlik jamiyati yopiq aktsiyadorlik jamiyati deb yuritiladi. Bunday jamiyat o’zi chiqaradigan aktsiyalarga ochiq obuna o’tkazishga yoki ular-ni sotib olish uchun cheklanmagan doiradagi shaxslarga boshqacha tarzda tavsiya etishga haqli emas. Aktsiyadorlik jamiyatlarining Ustav kapitali uning ta’sis hujjatlarida ko’rsatilgan bo’lishi lozim va u aktsiyadorlar sotib olgan jamiyat aktsiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi. Aktsiyaning nominal qiymati deganda o’sha qimmatli qog’ozda aks ettirilgan qiymatga aytiladi. Jamiyatning aktsiyalari oddiy va imtiyozli aktsiyalarga bo’linadi. Oddiy aktsiyalar - egasiga shu qimmatli qog’ozda belgilangan miqdorda aktsiyani chiqargan korxona mulkiga egalik qilish, dividendlar olish va jamiyatni boshqaruvida ishtirok etish huquqini beradi. Aktsiya egalariga dividendlarni, shuningdek, aktsiyadorlik jamiyati tugatilganda aktsiyalarga quyilgan mablag’larni birinchi navbatda olish huquqini beradigan aktsiyalar imtiyozli aktsiyalar hisoblanadi.Imtiyozli aktsiyalar ularning egalariga, korxona foyda qo’rish-qo’rmasli-gidan qatьiy nazar, muayyan dividendlar olish huquqini beradi. Yopiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatning aktsiyalari faqat egasi yoziladigan aktsiyalar bo’lishi mumkin, ularni boshqa shaxsga o’tkazish tartibi korxona Ustavida belgilab qo’yiladi. Aktsiyalar uchun to’lovni amalga oshirish muddati aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishida belgilanadi, lekin bu muddat aktsiyalar chiqarilgan vaqtdan boshlab bir yildan ortib ketmasligi lo­zim. Aktsiyalarga haq to’lash pul, qimmatli qog’ozlar, tovar-moddiy qiymatliklar yoki pulda baholanadigan huquqlar vositasida amalga oshirilishi mumkin. Pul mablag’laridan tashqari aktsiyalar uchun to’lanayotgan barcha qiymat-liklarning bahosi tegishli huquqka ega bo’lgan auditor yoki baholash bo’yicha mutaxassis tomonidan xolisona aniqlanishi lozim. Aktsiyadorlik jamiyatlarida Ustav kapi-talini tashkil qilish muomalalari tegishli buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiy-lashtirilishi lozim.
1-misol. Davlat ro’yxatida yangi tashkil topgan aktsiyadorlik jamiyati yuzaga keldi deb faraz qilamiz. Тa’sis hujjatlariga ko’ra uning Ustav kapita­li nominal qiymati 100 so’m bo’lgan 10000 ta oddiy aktsiyalardan iborat. Hisobot davrida aktsiya-larning 5000 donasi ishtirokchilarga sotildi. Bu ho’jalik muomalalari quyidagi bux-galte­riya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi.

Aktsiyadorlik jamiyatshing Ustav kapitali ro’yxatga olingan paytda

Yüklə 87,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə