Mavzu: V. A. Motsartning simfonik ijodiyoti



Yüklə 267 Kb.
səhifə8/14
tarix23.09.2023
ölçüsü267 Kb.
#123567
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Mavzu V. A. Motsartning simfonik ijodiyoti

«Oy sonatasi»
Betxovenning 14-raqam ostida yozilgan sonatasi «Oy sonatasi» nomi bilan mashhur. Kompozitorning zamondoshi shoir L. Relshtab asarni shunday nom bilan atadi. Uning fikricha sonataning birinchi qismi musiqasi oydin kecha manzarasini va lirik xayollarga berilgan inson kayfiyatini tasvirlaydi. Sonata do diez minor tonalligida yozilgan va uch qismdan iborat. Betxoven bu asarni «Fantaziya uslubidagi sonata» deb atagan. Darhaqiqat sonataning birinchi qismi odatdagiday sonata allegrosi shaklida emas, erkin shaklda yozilgan. Demak kompozitor bu asar bilan ham sonata janriga yangilik kiritgan. Mazkur sonataning yozilishiga kompozitor hayotidagi fojiali voqea - omadsiz muhabbat sabab bo’lgan va musiqada shu mavzu ko’rsatib berilgan.
Sonataning birinchi qismi - Adajioda muhabbati javobsiz qolgan baxtsiz insonning chuqur qayg’usi va fojiali o’ylari tasvirlangan. Musiqa ko’p jihatdan I. S. Baxning xoral prelyudiyalarini eslatadi.
Sonataning ikkinchi qismi – Allegretto musiqasi juda go’zal va nazokatli. Musiqa juda go’zal, ammo engiltabiat qiz obrazini tasvirlaydi. Bu qism shaklan uncha katta emas, fojiali, qayg’uli xarakterdagi birinchi qism va shiddatli uchinchi qism o’rtasidagi yorqin epizoddir.
Uchinchi qism – Final sonata allegrosi shaklida yozilgan. Juda tez sur’atda chalinadigan musiqani «kuygan, ruhan ezilgan ko’ngil faryodi» deb ta’riflash mumkin. Shiddat bilan juda tez sur’atda dahshatli va g’amgin xarakterdagi musiqiy mavzular o’tadi. Bu bilan kompozitor taqdirning dahshatli zarbalariga uchrgan kishining ruhiy holatini tasvirlagan.
Betxovenning «Oy sonata » si kompozitorning eng mashhur asarlaridan hisoblanadi va jahon fortepiano musiqasining eng ajoyib asarlari qatoriga kiradi. «Oy sonata» si ning shuhrati faqat musiqaning go’zalligi va his-tuyg’ularning chuqurligida emas, balki asarning yaxlitlik xususiyatidadir. Sonataning uchala qismi tinglovchi tomonidan ajralmas, yaxlit holda qabul qilinadi. Butun sonata musiqasi hayajonli his – tuyg’ularning o’sib borib nihoyatda kuchli qalb tug’yoniga aylanishini tasvirlaydi.
Betxovenning 23 raqam ostida yozilgan sonatasi butun jahon musiqa adabiyotining eng buyuk, durdona asarlaridan biri hisoblanadi. Buyuk frantsuz yozuvchisi Romen Rollan aytishicha bu sonata kompozitorning boshqa sonatalari orasida «Monblan kabi Alp tog’larining boshqa cho’qqilari uzra savlat to’kib turadi». Sonataga «Appassionata» deb Betxoven nom bermagan, lekin shuni aytish joizki bu nom musiqaning mohiyatini juda to’g’ri ifodalaydi. «Appassionata» so’zi «zavq-shavqqa to’la, ehtirosli» degan ma’noni bildiradi.
Bu asarda juda kuchli intilish, kurash, qalb qo’zg’oloni va ehtiroslarning junbushga kelishi tasvirlangan. Betxovendan bu sonataning mazmuni haqida so’raganlarida, u qisqa qilib «Shekspirning «Bo’ronini» o’qinglar» deb qo’yaqolgan ekan. Lekin kompozitor bu bilan «Shekspir asarini musiqada tasvirladim», - demoqchi emas edi. Betxovenning boshqa sonatalari musiqiy mavzularining go’zalligi borasida «Appassionata» bilan bellashishi mumkin. Lekin dinamikaning shiddati borasida ularning xech biri «Appassionata»ga etolmaydi.
Sonata fa minor tonalligida yozilgan va uch qismdan iborat. Qismlar musiqasi turli xarakterda bo’lsa ham sonataga yaxlitlik xususiyati xos. Birinchi qism sonata allegrosi shaklida yozilgan. Ekspoziciyadagi bosh mavzu fojiali xarakterda. Yordamchi mavzu yorqin, osoyishta xarakterda bo’lib bosh mavzudan farq qiladi. Shu ikki mavzuni rivojlantirish orqali kompozitor birinchi qismda ayovsiz kurash manzaralarini mahorat bilan tasvirlab bergan.
Sonataning ikkinchi qismi - Andante variacialar shaklida yozilgan. Musiqa, osoyishta, lirik kayfiyatda. Bu qism ehtiroslarning junbushga kelishi va shiddatli kurashlar tasvirlangan birinchi va uchinchi qismlar o’rtasidagi yorqin epizoddir.
Boshqa klassik kompozitorlar kabi Betxoven ham butun ijodiy yo’li davomida simfonik orkestr uchun asarlar yozgan. U yaratgan to’qqizta simfoniya va o’ndan ortiq uvertyuralar bunga misoldir. Bu asarlarda Betxoven ijodining asosiy g’oyalari va mavzulari, obrazlari o’zining to’liq aksini topgan. Betxoven simfonik asarlari inson taqdiri, ruhiyatini butun keskinligi, murakkabligi, ziddiyatlari bilan ifoda etilgani tufayli tinglovchini hayajonga soladi, o’y-mushohadalarga undaydi. Tasvirdagi ajib samimiyat bu asarlarga o’ziga xos joziba bahsh etgan.
Simfoniyalar kompozitor simfonik ijodining asosini tashkil qiladi. Betxovenning simfoniyalari undan avvalroq ijod qilgan Gaydn va Motsart bu soxada erishgan yutuqlar zaminida yaratildi. Betxoven ular izidan borib bu janrda yuksak darajadagi badiiy asarlarni yaratdi. Uning to’qqizta simfoniyasi XIX asrning boshida yaratilgan. Tabiiyki bu asarlar XVIII asrda boshqa kompozitorlar yaratgan simfoniyalardan mavzulari, g’oyaviy mazmuni va musiqiy obrazlar xarakteri bilan farq qiladi. Faqat birinchi va ikkinchi simfoniyalarda Gaydn va Motsart uslubining ta’siri seziladi. Uchinchi simfoniyada Betxoven o’zining uslubini to’la namoyish qildi. Bu simfoniyada ko’rsatilgan qahramonlik mavzusi va o’z ozodligi va baxti uchun kurashgan qahramon inson obrazi kompozitorni beshinchi simfoniya, "Egmont", "Koriolan", "Leonora N3" nomli uvertyuralarni yaratishga ilhomlantirdi. To’qqizinchi simfoniya esa bu mavzu va obrazlarning rivojlanish cho’qqisidir. Bu asar simfoniya janrining rivojlanish tarixida o’ziga xos o’rin tutadi. Simfoniya finalida kompozitor birinchi marta katta xor va yakkaxon qo’shiqchilar ijrosini kiritgan. Ozodlik va birodarlik mavzusini ifodalab berish uchun faqat orkestr ijrosi etarli emas, deb hisoblagan kompozitor F. Shillerning "Shodlik" nomli odasi tekstiga ajoyib musiqa yozdi va simfoniyani oratoriya janriga yaqinlashtirdi.
Simfonik asarlarida Betxoven boshqa mavzularni ham ifodalagan. To’rtinchi simfoniyasida bahor va yoshlik, hayotga muhabbat mavzularini tarannum etdi. Oltinchi simfoniyasini esa tabiat mavzusiga bag’ishladi. Lekin Uchinchi simfoniyada yoritilgan kurash mavzusi kompozitorning yetuk asarlarining asosiy mavzusi bo’lib qoldi.
1804 yilda yozib tugatilgan uchinchi simfoniya Betxoven ijodida keskin burilish asagan asardir. Shuningdek bu asar XIX asr simfonik musiqasining rivojlanishida yangi davrni boshlab berdi. Uchinchi simfoniya cholg’u musiqasi tarixida ozodlik uchun olib borilgan qahramonona kurash g’oyasi tasvirlangan birinchi asardir. Boshida kompozitor uni Napoleonga bag’ishladi. Kompozitor uni revolyutsiya qahramoni sifatida hurmat qilar edi. Lekin Napoleon o’zini imperator deb ehlon qilgach, qattiq g’azablandi va uning nomini o’chirib tashlab "Qahramonlik simfoniyasi" deb yozib qo’ydi. Uchinchi simfoniyada Betxoven o’zidan avvalgi kompozitorlar uslubiga taqlid qilish va tobelikdan halos bo’ldi, o’zining uslubini topdi va uni namoyish qildi. Bu asar avval yozilgan barcha simfoniyalardan juda kattaligi, musiqiy mavzular va bir-biriga qarama-qarshi epizodlarning ko’pligi va eng muhimi-ifodalangan g’oyalarning buyukligi bilan ajralib turadi. Simfoniyada ko’rsatilgan obrazlar dunyosi, ifodalangan fikrlar va his - tuyg’ular nihoyatda boy va xilma-xildir.
Simfoniya mi bemol major tonalligida yozilgan va an’anaga ko’ra to’rt qismdan iborat. To’rt qismning har biri bitta dramaning rivojlanishiday qabul qilinadi va asarga yaxlitlik xususiyatini beradi. Birinchi qism Allegroda Betxoven keskin, uzoq davom etgan qahramonona kurashni tasvirlaydi. "Motam marshi" deb atalgan ikkinchi qism musiqasi kurashda halok bo’lgan qahramonlarga atalgan marsiyadir. Uchinchi qism-Skerco, - quvonchli final qismiga o’tuvchi yorqin epizoddir. Tantanali xarakterdagi final kurashning g’alaba bilan yakunlanganligini ko’rsatadi.
Simfoniya ikki kuchli akkord ijrosi bilan boshlanadi. Bosh mavzu tonika uch tovushligi tovushlaridan tuzilgan. Bu mavzuni qahramonona kurashga chaqiriq deb tahriflash mumkin. Yordamchi mavzu juda chiroyli, lirik xarakterda. Uni bo’laklarga bo’lib turli cholg’ular ijro etadi.
Rivojlov bo’limi juda katta bo’lib 600 taktdan ortiq. Musiqa avjiga chiqqan kurashni ifodalaydi. Shuningdek ifodali mavzularning ko’pligi bilan kompozitor qahramonning ruhiy olamini tasvirlagan.
Simfoniyaning ikkinchi qismini kompozitor "Motam marshi" deb nomlagan. Musiqa kurashda halok bo’lgan qahramonni dafn etish marosimini tasvirlaydi. Fojiali xarakterdagi musiqada yangi kurashga chaqiruvchi mavzular eshitilib turadi.
Uchinchi qism - Skerco. Boshida musiqa juda past eshitiladi, keyin rivojlanib kuchayadi va tantanali finalga etib keladi.
To’rtinchi qism - Final butun asarning avjidir. Rivojlanish bu qismda eng yuqori cho’qqiga etadi. Kompozitor bu qismda 1795 yilda yozgan kontrdans raqsining mavzusini asosiy mavzu sifatida qo’lladi. Bu mavzuni rivojlantirdi va shu orqali quvonch va katta tantanani ifodalab berdi.
Uchinchi simfoniyani Betxoven o’zining eng sevimli asari deb hisoblar edi. Barcha to’qqizta simfoniyalari yozib bo’linganda ham ular orasida "Qahramonlik simfoniyasi" ni eng yetuk asar deb ta’riflagan.

Yüklə 267 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə