Mavzu: voleyboldan o'quv mashg'ulot guruhlarida o'quv sport mashg'ulotlarini rejalashtirish reja: kirish



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə10/15
tarix14.04.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#105503
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
VOLEYBOLDAN O\'QUV MASHG\'ULOT GURUHLARIDA O\'QUV SPORT MASHG\'ULOTLARINI REJALASHTIRISH

11-rasm.

12-rasm.
To‘pni qabul qilish. Himoyaning bu texnik usuli raqibning hujumidan so‘ng o‘yinda to‘pni to‘xtatish imkonini beradi. Zamonaviy voleybolda to‘pni ikki qo‘llab pastdan qabul qilib olish asosiy usul hisoblanadi. To‘pni bu usulda qabul qilayotganda gavda tik yoki biroz oldinga egilgan, to‘g‘ri qo‘llar oldinga-pastga tushirilgan, tirsaklar o‘zaro yaqinlashtirilgan, kaftlar esa birga bo‘ladi. To‘p bilaklarda qo‘l panjalari yaqinida qabul qilinadi . Biroz tarang, to‘g‘ri qo‘llar tirsak bo‘g‘imlarida to‘pni qabul qiladi, oyoqlar to‘pni qabul qilish paytida to‘g‘rilanadi va gavda ko‘tariladi. To‘pni qabul qilishdan maqsad uni sherikka aniq yetkazib berishdan iborat.
To‘pni ikki qo‘llab yuqoridan qabul qilish. Bu usul kuchli zarbadan uchib kelayotgan to‘pga qarshi, shuningdek, to‘pni boshqa usulda qabul qilish samarali bo‘lmaganda qo‘llanadi. O‘yin vaziyati to‘pni qabul qilishga majbur qilganda va maqsadli uzatish zarur bo‘lganda u orqaga yiqilib qabul qilinadi. Boshqa vaziyatlarda esa ikki qo‘llab yuqoridan qabul qilish, bir xil uzatishga o‘xshab bajariladi.

13-rasm.
To‘pni bir qo‘lda pastdan qabul qilish unchalik ishonchli bo‘lmagani uchun bu usul nisbatan kam qo‘llanadi. Mabodo, to‘p o‘yinchidan uzoqda bo‘lsa va uni boshqa usul bilan qabul qilish mumkin bo‘lmasa, voleybolchi bu usuldan foydalanishga majbur. To‘g‘ri qo‘llar mahkam siqilgan barmoqlar bilan to‘pning yo‘lini to‘sadi. Zarba kaft, musht, bilak yoki yelka bilan bajariladi. Odatda, oyoqlar bunday harakatlarda qatnashmaydi.
To‘pni yiqilayotib pastdan bir qo‘lda qabul qilish. Bu usul sakrab va yugurib kelib bajariladi. Bu qabul qilish usulini o‘zlashtirishdan avval, to‘g‘ri polga kelib tushishni o‘rganish lozim. To‘pni qabul qilgandan so‘ng qo‘llar oldinga cho‘ziladi va yelkadan kengroq yon tomonga yoziladi va pol (yer) ga qo‘yiladi va sekin tirsakdan bukiladi, yiqilish kuchi amortizatsiya bilan pasaytiriladi. O‘yinchi yerga ko‘krak bilan, so‘ng qorin hamda son bilan aylanib tushadi. Bu unsurlar gimnastik to‘shak yoki polda o‘zlashtirib bo‘lingach, uni qumli yerda qo‘llab ko‘riladi.
To‘siq qo‘yish. Bu himoyaning texnik usuli bo‘lib, uning yordamida raqib tomondan hujum zarba berilganidan so‘ng to‘p yo‘lini to‘sish bilan himoyachilarning hujum faoliyati ham to‘sib qo‘yiladi.
To‘siq qo‘yishga tayyorgarlik ko‘rayotgan o‘yinchining turishi 82-rasmda ko‘rsatilgan. Himoyachi shu holatdan siljima

14-rasm.
qadam qo‘yib, irg‘ib yoki yugurib to‘siq qo‘yish mo‘ljallanayotgan joyga siljiydi. Oxirgi qadam sakrash oldidan yugurib kelib, oyoqlarni yelka kengligida qo‘yib sakraladi.
Avval harakatni oyoqlar boshlaydi, so‘ngra qo‘llar davom ettiradi. To‘p yaqinlashganda qo‘llar to‘g‘rilanadi va uning harakat yo‘liga qo‘yiladi. Bunda qo‘l barmoqlari yozilgan va taranglashgan panjalar biroz bukilgan, ya’ni to‘pni raqib maydoniga oldinga-pastga yo‘naltirishga qaratilgan bo‘ladi. Bunday to‘siq harakatsiz deb yuritiladi va harakatchan to‘siqdan farqlanadi, qo‘llar to‘r ustida to‘pning uchishiga bog‘liq holda o‘ng yoki chapga suriladi. To‘siq qo‘yuvchiga, eng muhimi, to‘pga to‘siq qo‘ygan paytda kaftlar orasidan, shuningdek, uning qo‘llari va to‘r orasidan o‘tib ketmasligidir. To‘r ustiga (blok) to‘siq qo‘yish paytidagi qo‘lning to‘g‘ri joylashishi ko‘rsatilgan. Kuchli hujumchi o‘yinchiga qarshi guruhli to‘siq qo‘yish qo‘llanadi.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə