Mavzu: Xalqaro xisob kitoblar tizimi


Milliy valyuta, xalqaro hisob-kitob valyuta birliklari va oltinning xalqaro hisob-kitoblardagi roli



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə3/3
tarix18.03.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#102802
1   2   3
bank ishi G\'aniyev

3. Milliy valyuta, xalqaro hisob-kitob valyuta birliklari va oltinning xalqaro hisob-kitoblardagi roli.

  • 3. Milliy valyuta, xalqaro hisob-kitob valyuta birliklari va oltinning xalqaro hisob-kitoblardagi roli.
  • Yetakchi davlatlarning milliy kredit pullari joriy xalqaro hisob-kitoblarda qadimdan ishlatilgan. Birinchi jahon urushigacha funt sterlinglarda ifodalangan o’tkaziladigan veksellar (tarttalar) Xalqaro hisob-kitoblarning 80 foiziga xizmat ko’rsatgan. Mamlakatlarning notekis rivojlanishi oqibatida funt sterlinglarning xalqaro hisob-kitoblardagi ulushi 1948 yilda 40 foizga va 1990 yillarning boshida 5 foizgacha pasaydi, aksincha AQSh dollarining ulushi esa 1982 yilda deyarli 75 foizgacha ko’tarildi, so’ngra 1990 yillarda 55 foizgacha pasaydi. Chunki nemis markasi, yapon ienasi, Shveysariya franki va boshqa yetakchi valyutalar ham xalqaro hisob-kitob vositalari sifatida ishlatila boshlandi. 1970 yillardan boshlab xalqaro hisob-kitob valyuta birliklari SDR (asosan davlatlar aro hisob-kitoblarda) va EKYUning (rasmiy va xususiy sektorda valyuta bahosi hamda to’lov valyutasi sifatida) ishlatilishi yangilik sifatida namoyon bo’ldi.


Xalqaro hisob-kitoblarda asosan milliy valyutalarning ishlatilishi ulardan foydalanish samaradorligini kurs tebranishlari hamda ushbu valyutalar emitentlari bo’lmish mamlakatlarning iqtisodiy va valyuta siyosatiga bog’liqligini kuchaytiradi. Xalqaro hisob-kitoblarning holati bir qator omillarga bog’liqdir: mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy va siyosiy munosabatlar; valyuta qonunchiligi; Xalqaro savdo qoidalari hamda udumlari; bank amaliyotlari; tashqi savdo shartnomalari va kredit bitimlarining shartlari.

Baho valyutasi bu, tovarga bo’lgan baho ifodalanadigan valyutadir. Tovarning bahosi qat’iy belgilanadigan valyutani tanlashda tovarning turi va yuqorida aytib o’tilgan xalqaro hisob-kitoblarga ta'sir etuvchi omillar, ayniqsa hukumatlararo kelishuvlarning shartlari hamda Xalqaro udumlar katta ahamiyat kasb etadi. Ba'zida shartnomaning bahosi, valyuta xavf-xatarlarini sug’urtalash maqsadida bir nechta (ikki va undan ko’p) valyutada yoki standart (SDR, EKYU- 1999 yilda "Yevro"ga o’zgartirilgan) valyuta savatida ko’rsatiladi.

  • Baho valyutasi bu, tovarga bo’lgan baho ifodalanadigan valyutadir. Tovarning bahosi qat’iy belgilanadigan valyutani tanlashda tovarning turi va yuqorida aytib o’tilgan xalqaro hisob-kitoblarga ta'sir etuvchi omillar, ayniqsa hukumatlararo kelishuvlarning shartlari hamda Xalqaro udumlar katta ahamiyat kasb etadi. Ba'zida shartnomaning bahosi, valyuta xavf-xatarlarini sug’urtalash maqsadida bir nechta (ikki va undan ko’p) valyutada yoki standart (SDR, EKYU- 1999 yilda "Yevro"ga o’zgartirilgan) valyuta savatida ko’rsatiladi.
  • To’lov valyutasi bu, importyor (yoki qarz oluvchi) majburiyatlari so’ndirilishi kerak bo’lgan valyutadir. Valyuta kursining barqarorsizligi sharoitida baholar nisbatan barqaror bo’lgan valyutada, to’lov esa odatda importyor mamlakat valyutasida belgilanadi. Agarda baho valyutasi va to’lov valyutasi o’zaro muvofiq kelmasa, unda shartnomada bir valyutani ikkinchi valyutaga qayta hisoblanish kursi o’zaro kelishiladi

Baho va to’lov valyutalarining o’zaro muvofiq kelmasligi - bu, valyuta tavakkalchiligini sug’urta qilishning eng odiy uslublaridan biridir.
Agarda baho valyutasining kursi (masalan AQSh dollarining) pasaygan bo’lsa, unda to’lov summasi (fransuz franklarida) mutanosib ravishda kamayadi va aksincha. Baho valyutasi kursining pasayishi xavf-xatari eksportyor (kreditor) zimmasiga, uning ko’tarilish xatari esa importyor zimmasiga tushadi.

Bajardi: Eshonjonov Shohruxbek

  • Bajardi: Eshonjonov Shohruxbek
  • Abidov Adhamjon

  • Guruh: 61a-19
  • Qabul qildi: Sultonova M

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə