Mavzu: Xiva xonligida davlat boshqaruv tizimi,kengash faoliyati va ijtimoiy-iqtisodiy hayot Kirish



Yüklə 181,27 Kb.
səhifə8/9
tarix10.05.2022
ölçüsü181,27 Kb.
#86420
1   2   3   4   5   6   7   8   9
oʻzbekiston tarixi kurs ishi

Umumiy xulosa


Mahalliy mualliflar tomonidan yozilgan tarixiy asarlar Xiva xonligida ro‘y bergan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, xalq hayoti va turmush tarzi, madaniyatini chuqurroq anglab yetishga, Rossiyaga qaramlik sharoitida o‘zlikni saqlab qolishga bo‘lgan intilishni aniqlashga xizmat qiladi. Biroq, ushbu tarixnavislar asarlari o‘z davri obyektiv va sub’ektiv sabablariga ko‘ra ayrim kamchiliklardan ham xoli emas. Xususan, ularda Xiva xonlarining qo‘shni xalqlarning yer-suvlarini, mol-mulkini xonlikka tortib olish siyosati qo‘llab- quvvatlanadi, ularning milliy ozodlik va mustaqillik uchun olib borgan harakatlari qoralanadi. Chunki ularning faoliyati xon boshqaruvi siyosati bilan uzviy bog‘liq edi.Shunday bo‘lsada, manbalarni o‘rganish jarayonida mahalliy tarixnavislar ma'lumotlarni imkon qadar haqqoniy yoritishga harakat qilganliklarini ko‘rish mumkin. Bu holatni Ogahiy asarlarida xonlarning davlat boshqaruvidagi faoliyati xususidagi ma’lumotlarida, Bayoniyning Rossiya imperiyasi tomonidan xonlikning mustamlakaga aylantirilgan bir paytda tarixiy jarayonga o‘zining dadil munosabat bildira olganligida ko‘rish mumkin.

Mahalliy mualliflar asarlarida ma'lum bir sohaga oid ma’lumotlar asarning turli qismlarida uchrab, bu tadqiqotchilar uchun noqulaylik keltirib chiqaradi, biroq shuni ta'kidlash lozimki, ushbu xolat ular asarlarini hukmdorlar topshirig‘iga binoan xronologik tartibda yozganliklari bilan izohlanadi. Shu jihati bilan ham ushbu tarixiy asarlar Xiva xonligi tarixini haqqoniy va ilmiy asosda o‘rganishda muhim manba hisoblanib, o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda. Sobiq sovet davrida arxiv hujjatlarini o‘rganish, arxeologik va etnografik tadqiqot va izlanishlar olib borish, qo‘lyozma manbalarni o‘rganish sohasida faoliyat olib borilgan. Garchi, bu davrda tarixiy voqealarga partiyaviylik, sinfiylik nuqtai nazaridan kommunistik mafkura asosida yondashilgan bo‘lsada,

xonlikning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, yer egaligi, dehqonchiligi va irrigatsiyasi, me'moriy yodgorliklari va amaliy san'ati masalalari keng yoritilganini aytish joiz. Biroq, Xiva xonligidagi madaniyat, savdo, shaharsozlik masalalari yetarli darajada tadqiq etilmagan. Xonlikning davlatchilik tarixi siyosiy sabablarga ko‘rao‘rganilmagan. Chunki sobiq Ittifoq hududida davlatchilik yagona bo‘lgan bir sharoitda davlatlarning tarixi, milliy mansubligi mavhum shaklda aks ettirilgan.

XX-asr 50-yillarining boshlarida tarix muammolarini o‘rganishda konyukturaviy munosabat natijasida “chorizmning mustamlakachi bo‘lishiga qaramay, rus bo‘lmagan xalqlarning, xususan O‘rta Osiyoning Rossiyaga qo‘shibolinishi progressiv fakt bo‘lgan edi”, degan soxta fikr qaror topgan va tarixchi olimlar tomonidan “kiritilishi”, “o‘z ixtiyoriga ko‘ra qo‘shib olinishi” kabi atamalar ishlatila boshlangan. 60–80-yillarning birinchi yarmida tadqiqotlarning muammoviy doirasi kengayib, Xiva xonligining ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy hayotining ko‘pgina masalalar qator tadqiqotlarda yoritilgan bo‘lsa, 80- yillarning ikkinchi yarmidan boshlab, “qayta qurish” munosabati bilan ilmiy tadqiqotlarda “ko‘rsatma bilan ishlash” prinsipi o‘rniga tarixiylik prinsipi tiklana borishi bilan qator respublika va xalqaro miqyosda o‘tkazilgan ilmiy anjumanlarda Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoni xususan, Xiva xonligini bosib olish masalasi, davlatchilik tarixi, mustamlaka va sovet hokimiyati boshqaruv tizimining mazmun-mohiyati va xususiyatlarini o‘rganish, ularning o‘ziga xos jihatlarini aniqlash kabi masalalarga e'tibor kuchaygan.

1916 yildagi Xiva qo‘zg‘oloni xususida sovet davrida ham turlicha fikrlar mavjud bo‘lib, ushbu qo‘zg‘olon 1930 yilda yozilgan P. Alekseenkov asarida “Rossiya imperializmiga qarshi milliy ozodlik harakati” sifatida baholangan bo‘lsa, 1950 – 1960 yillarda G‘. Nepesov, O. Sodiqov asarlarida bu qo‘zg‘olon dastlab ijobiy, keyin «reaksion» deb atalgan bosqichlarga ajratilgan.Shu tarzda bir qo‘zg‘olonga bir tuzumning o‘zida bir-biriga zid ikki xil baho berilgan.T.G.To‘xtametov esa ularning fikrini tanqid qilib, 1916 yilgi voqealarni “butunlay ikki feodal guruh o‘rtasidagi hokimiyat uchun kurash edi” deb

ta'riflagan.

XIX asrda xorijlik tadqiqotchilar tomonidan yozilgan asarlarda Xiva xonligining geografik joylashishi, siyosiy ahvoli, harbiy salohiyati masalalariga katta e'tibor qaratilgan, madaniyat, xalqning turmush tarzi masalalari esa nisbatan kam o‘rganilganligini kuzatish mumkin. Shu bilan birga xorij tadqiqotlarining deyarli barchasida Rossiya O‘rta Osiyoni, jumladan Xiva xonligini qurol kuchi bilan zabt etganligi qayd qilingan. Biroq, ushbu tadqiqotlarning o‘zida ham mustamlakachilik kayfiyati tasvirlanganini aytish joiz.



Mustaqillik yillarida Xiva xonligining Qo‘ng‘irotlar sulolasi davri tarixini yoritishda birlamchi manbalarga, arxiv hujjatlari ma'lumotlariga asoslanib, ilmiy adabiyotlar, risola va maqolalar nashr qilindi, nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Tadqiqotlarda xonlikda kechgan siyosiy jarayonlar, mamlakatda olib borilgan islohotlar, madaniyat, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo, Xiva xonligining xorijiy davlatlar bilan olib borgan diplomatik munosabatlari, shaharsozlik va davlatchilik tarixiga oid keng doiradagi ma'lumotlarni qamrab olgan.

Yüklə 181,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə