Mavzu: Yangi O’zbekistonda manaviyatga yangicha munosabat Tekshirdi: D. O’rinboyev Bajardi: S. Rustamova reja


Yangi O‘zbekiston rivojining hozirgi bosqichida yangi ma’naviy qadriyatlar tizimining shakllanishi



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə2/5
tarix22.03.2024
ölçüsü0,55 Mb.
#180758
1   2   3   4   5
Yangi O’zbekistonda manaviyatga yangicha munosabat

Yangi O‘zbekiston rivojining hozirgi bosqichida yangi ma’naviy qadriyatlar tizimining shakllanishi

Jamiyat taraqqiyotidagi burilish, tub islohotlar rivoji qadriyatlarning o’zgarishiga ta‘sir korsatadi va qadriyatlarning yangilanish sur‘atlari ham tezlashadi. Masalan, O’zbekiston mustaqillikni qo’lga kiritgandan keyin unutilib ketayozgan qadriyatlarni tiklash, ularni yoshlar, aholi ongiga singdirishga katta e‘tibor berila boshlandi. Bu xalqning ongi, turmush tarzi, jamiyatdagi voqea-hodisalarga munosabatining o’zgarishi va zamonaviy dunyoqarash shakllanishiga kuchli ta‘sir o’tkazdi. Jamiyatni yangilash sohasida olib borilayotgan har tomonlama chuqur o’ylangan siyosat mamlakatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta‘minlashning muhim omillaridan biri bo’ldi.


Qadriyatlarni asrab-avaylash, takomillashtirish va yuksaltirish, yangilarini yaratish har bir davr va jamiyat uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada muayyan davlat va millat oldida qadriyatlarni shakllantiradigan va unga ta‘sir o’tkazadigan barcha omil va mezonlarni chuqur tahlil qilinishi, ularning ushbu yo’nalishda qanday o’rin tutishini yaxshi anglab olinishi kutilgan natijalarni berishi mumkin.
Qadriyatlarni shakllantiradigan asoslar inson ongiga ta‘sir ma‘naviy, madaniy va moddiy mezonlar, an‘analar, meros, turmush tarzi, g’oyalar va qarashlardan iborat turli omillar bilan uzviy bog’liqdir.
Yangi O’zbekistonning milliy taraqqiyotiga asoslanadigan yangi qadriyatlar tizimi shakllanish jarayonlari ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma‘naviy sohalardagi o’zgarishlar, respublikamizda qadriyatlar omili samaradorligini oshirish borasidagi faoliyatning asosiy yo’nalishlari ham ilmiy o’rganishni talab qiladi. Ushbu masalani oydinlashtirish uchun tarixga murojaat qilish, undan tanbehlar izlash mumkin. Holbuki dunyodagi eng qadimiy sivilizatsiyalardan biriga mansub bo’lgan, o’z ildizlari bilan asrlar qa‘riga borib taqaladigan va uch ming yildan ko’proq davrni qamrab oladigan xalqimiz tarixi, mustaqil Yangi O’zbekistonda shakllanayotgan yangi qadriyat tizimi va unga munosabatimizning tamal toshlarini qo’yadigan ma‘naviy asosdir.
Har qanday tadrijiy o’zgarish asosi ijtimoiy barqarorlikdir, bunday barqarorlik asosi esa jamiyatdagi asosiy sub‘ektlar, guruhlar, qatlamlar, sinflar va boshqalar o’rtasidagi muayyan qadriyatlarga asosidagi hamjihatlik va hamkorlikdir. Bunday sharoitda davlatning zimmasida eng muhim vazifalar qoladi: davlat ijtimoiy barqarorlikni saqlab turishi, bu barqarorlik doirasida o’zgarishlarni amalga oshirish, xalq farovonligini ta‘minlashi, eskilik o’rniga yangilikni vujudga kelishi bilan bog’liq bo’lgan muammolarni bartaraf qiladi, o’zgarashlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishni ta‘minalab turishi zarur.
Yangi O’zbekistonda yangi qadriyatlar tizimini vujudga kelish jarayoni:
a) yangilikning vujudga kelishi va takomillashishi keygayib borgani sari, eskilikning amal qilish imkoniyatlari kamayib boradi;
b) eski jihatlarga qarama-qarshi bo’lsa-da zohiriylikka aylanayotgan yangining amal qilish uchun shart-sharoitlar yetilib borgani sari eski jihatlar inkor etila boradi;
v) ularning miqyosi o’zgaradi, ta‘sir doirasi kamayadi, avval xususiy jihatlar, so’ngra esa umumiy sifatiy o’zgarish ro’y beradi;
g) eski qadriyatlar tizimi amal qilishdan to’xtashi bilan yangi tizim uni inkor etishni tugallash jarayoniga kiradi;
d) shu bilan birga yangi tizimning to’liq shakllanishi, eskidan qolgan jihatlarni sarhisob qilish jarayoni boshlanadi;
ye) tug’ilib kelayotgan yangi tizim jamiyatdagi yangiliklarni o’zlashtirishi bilan birga yangi ehtiyojlar, maqsadlar va qiziqishlarni ham
vujudga keltiradi;
i) yangi tizimning barqaror xolga kelishi uchun muayyan yo’l, usullarni tanlash, chora-tadbirlarni amalga oshirishni zaruriyatga aylantiradi.
____________________
Nazarov Q., To’xtayev H. Aksiologoya: qadriyatlar falsafasi./ Darslik. – Toshkent: Universitet, 2022. - B. 230
Yuqoridagi (d,ye,i) holatlar bilan bog’liq ijtimoiy faoliyat yangi qadriyatlar tizimida umuminsoniy, milliy va shaxsiy qadriyatlar qanday mavqeni egallashi, ularni amaliyotidagi munosabatlar, aloqalar qay tariqa borishini ko’p jihatdan belgilaydi.
Hozirgi davrda, Yangi O’zbekistonda yangi qadriyatlar tizimini mustahkamlash imkoniyatlari qo’yidagi ijtimoiy-siyosiy asoslarga tayanadi:
- mustaqil taraqqiyot yo’lidan borilishi, respublikaning jahondagi xalqaro aloqalarning teng huquqli sub‘ektiga aylanishi, Yangi O’zbekistonning suveren davlat sifatida BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning a‘zosi ekanligi;
- ijtimoiy-siyosiy hayotda jahon sivilizatsiyasi va demokratik davlat tamoyillarining ustivor bo’lishiga e‘tibor qilinayotganligi, demokratik saylovlar, ko’ppartiyaviylik prinsipiga amal qilinishi, davlat hokimiyati organlarining huquqiy asosida shakllantirilgani;
- jamiyat hayotining barcha sohalarida qonun ustivorligiga rioya qilinishining belgilab qo’yilganligi, kuchli ijtimoiy siyosat o’tkazish, huquqiy davlat qurish tomon borilayotganligi, kishilarning yoshi, jinsi, millati, dini va boshqa ijtimoiy belgilaridan qat‘iy nazar teng huquqli ekanligi va qonun oldida barobarligi;
- ijtimoiy-siyosiy hayotda barqarorlik va jamiyat a‘zolari o’rtasidagi hamjihatlikka asosiy e‘tibor berilayotganligi, islohot va o’zgarishlarning bosqichma- bosqich tarzda amalga oshirilayotganligi, barcha jabhalarda qadriyatlar tiklanib, mustahkamlanayotgan mazkur jarayonda tadrijiy taraqqiyot tamoyiliga asoslangan yo’ldan borilayotgani va boshqalar.
Yangi O’zbekistonga asoslanadigan yangi qadriyatlar tizimini takomillashtirish jarayonining ijtimoiy-siyosiy sohadagi asoslari inson huquqlari va erkinliklarini to’la-to’kis barqaror qilinishi nazarda tutilayotgan huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish, qonunlar, Prezident qarorlari va farmonlarini amaliyotga tadbiq etilish va bajarish samarasini oshirish, bu boradagi vazifalar yanada mas‘uliyatli yondashish bilan ham uzviy bog’liqdir.
Yangi O’zbekiston aholisi ko’p millatliligi va asosiy tarkibini yosh avlod tashkil etishi, ularda umuminsoniy, milliy qadriyatlar uyg’unligini ta‘minlash va shaxs qadrini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini hisobga olib, o’zaro hamjihatlikini ta‘minlaydigan tamoyillarga alohida e‘tibor berish muhim ahamiyatga ega.
Tizimlarining moddiy asosi iqtisodiy jarayonlar, ularda ro’y berayotgan o’zgarishlar bilan bog’liqdir. Iqtisod, mehnat va ishlab chiqarish sohasidagi o’zgarishlarni ilmiy- aksiologik jihatdan tadqiq qilish iqtisodiy islohotlarni qaysi qadriyatlarga qaratilganligi, ularni istiqboli qanday qadriyatlarni barqaror qilishi va kelajakda qay tarzdagi qadriyatlar tizimini vujudga keltirishi mumkinligini o’rganish imkonini beradi.
Iqtisodiy islohotlar va tub o’zgarishlarni amalga oshirish orqali erkin bozor munosabatlariga o’tish ob‘ektiv jarayon bo’lib, u muayyan vaqt jarayonida nihoyatda xilma-xil vazifalarni hal qilishni, bunda mavjud shart-sharoitlarni hisobga olgan holda bosqichma-bosqich harakatni talab qilishidan dalolat beradi. Bu jarayonda qadriyatlar omili ta‘sirini oshirish, kishilar yangi mezonlarga moslashishi, o’z ehtiyojlarini, qadriyatva intilishlarini zamon talablariga mos ravishda o’zgartirishlari uchun ham muayyan vaqt zarurligini ko’rsatdi.
Yangi qadriyatlarni shakllantirish vositasi bo’lgan bozor munosabatlari o’ziga xos xususiyatlari va jihatlariga ega bo’lib, bunda bozor sharoiti:
- mehnat taqsimoti ishlab chiqarishni tashkil qilish va iqtisodiy jarayonlarni boshqarishni zamonoviy usullarini samarali qo’llash imkonini berdi;
- ishlab chiqarishga omilkorlik, faollik, ijodiylik va ochiq raqobat paydo bo’lishiga olib keldi, tashabbuskorlikni rivojlantiradi va boqimandalik kayfiyatiga barham berdi, shaxsning iqtisodiy sohadagi imkoniyatlarni kengaytirdi;
- mulkchilikda hoqimlikni tugatdi mulkni xilma-xil shakllarni tengligini ta‘minladi va mulkdorlarni haq-huquklarini himoya qilishni zamonaviy asosga ko’chirdi;
- mahsulotni ishlab chiqaruvchilarning narx-navo belgilashdagi monopoliyasini yo’qotdi, ishlab chiqarishni zamonaviy jarayonlar va iste‘molchilar talabiga mos ravishda tez o’zgarishi va hozirjavobligini ta‘minladi;
- iqtisodiy jarayonlarga fan va texnik yutuqlarini, yangi texnologiyalarni qo’llashni tezlashtirdi, mehnat bilan mashg’ul kishilarni bu yangiliklar talabiga mos ravishda o’z iqtidor lari, ko’nikmalarni takomillashtirishga undadi;
- ishlab chiqarishda tejamkorlikka asoslangan usullarni qo’llashni zaruriyatga aylantirdi, moddiy boyliklarni tejab-tergab sarflaydigan, mulkni talon-taroj qilishga yo’l qo’ymaydigan iqtisodiy mexanizmlarni vujudga keltirdi.
Yangi O’zbekistonda haqiqiy bozor munosabatlarini shakllanishida mehnatni tashkil qilish va mulkchilikni yangi shakllari, fermerlik, o’zgartira oladi, o’zgarib turadigan bozor sharoitlariga tez moslashishi imkoniga ega, mablag’lardan foydalanishni tezlashtira oladi, ishlab chiqarish talabiga moslashuvi oson. Bu boradagi jarayonlarni boshqarishda mulkchilikni hususiylashtirish, tadbirkorlik, fermerlik, ijara, bank tizimi, chet el investitsiyasi to’g’risidagi qonunlar, muhim ahamiyat kasb etdi. O’zbekiston Prezidentining farmonlari va respublika hukumati qarorlari bilan mustahkamlangan qonunlar qadriyatlarning iqtisodiyotga asoslanadigan huquqiy negizlarini belgilaydi, ishlab chiqarishdagi ko’p ukladlilik, xilma xil mulkchilik asoslarining teng huquqligini kafolatlaydi.
Respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta‘kidlab o’tganlaridek, ―Yangi O’zbekiston modernizasiyalashgan iqtisodga tayanadi. Bunday iqtisodiyotni shakllantirish uchun undagi davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqlarinin himoya qilish va uning rolini kuchytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish zarur.
Har qanday iqtisodiy islohotlarning samarasi, mulk yoki tashkiliy sohalarnigina emas, balki kishilarning unga munosabati, mehnatkash inson qadr- qimmati va o’z mehnatini samaralaridan bahramand bo’lishi bilan bog’liq jihatlarni qamrab olgandagina to’la-to’kis bo’lishi mumkin. Negaki aynan mehnat – inson qadri va kamolotining mezoni, tarbiyaning umuminsoniy omillaridan biridir. Har bir kishi uchun mehnat hayotning asosini tashkil qiladi.
________________________
Mirziyoyev Sh. Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi. To’ldirilgan ikkinchi nashri. – Toshkent: O’zbekiston, 2022.
Iqtisodiy islohotlarni shu soha bilan bog’liq samarali tomoni shundaki, ular fermer, dehqon, tadbirkorlar ijodiy faolligini va omilkorligini oshirish, ular o’rtasida o’zaro yordamlashishi, hamkorlik va hamjihatlik tuyg’ularini uyg’otishga, xalqimizga xos azaliy qadriyatlarni mustahkamlashga yordam ham beradi. Hozirgi davrda iqtisodiy sohada dunyoga kelayotgan yangicha tafakkur markazida inson va uni ehtiyojlarini qondirish yotadi, bu o’zgarishlar kishilarning qobiliyati va iste‘dodini namoyon qilish imkonini bermog’i lozim, degan tamoyilga asoslanadi.
Iqtisodiy sohadagi o’zgarishlar tufayli mehnatni tashkil qilish, haq to’lash borasida ham yangiliklar vujudga kelmoqda, tadbirkorlik, fermerlik sharoitida ishlash va faoliyat yuritish imkoniyatlari tobora kengayib bormoqda. Shu bilan birga bu sohada ham kishilarni iqtisodiy islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish, ularni amalga oshayotgan o’zgarishlarning istiqbollariga yanada ko’proq ishontirish, odamlarning ruhiyatida, qarashlarida, iqtisodiy tafakkurida tub burilish qilish eng asosiy vazifa bo’lib qolmoqda.
Darhaqiqat, jahon miqyosidagi murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib o’tgan taraqqiyot natijalarini chuqur tahlil qilgan holda keyingi yillarda ―inson qadri uchun tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so’zsiz ta‘minlash, hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustivor yo’nalishlari belgilab olindi. Chunonchi, ―Harakatlar strategiyasidan, taraqqiyot strategiyasi tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan quyidagi yettita ustivor yo’nalishidan iborat 2022 – 2026 yillarga mo’ljallangan ―Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasidagi, ―milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o’sish suratlarini taminlashga qaratilgan uchinchi ustivor yo’nalishida o’n beshta maqsad va vazifalar belgilab olingan.
Ma‘naviy sohadagi islohotlar - qadriyatlar tizimini mustahkamlash omilidir. Hozirgi davrda qadriyatlar tizimining o’zgarish jarayoni, ko’p jihatdan, yuksak ma‘naviyatni shakllantirish, kishilarning o’z hayoti, turmushi va faoliyatiga munosabatini tubdan o’zgartirishni, ularda yangicha tafakkur va dunyoqarashni vujudga keltirishni talab etmoqda. Gap istiqlol va islohotlar davrida insonni har tomonlama kamol toptirish, qadriyatlar omili mavqeini oshirish, shaxs ma‘naviy- ahloqiy qiyofasini, unga ta‘sir qiladigan tarbiyaviy mezonlarni sifat jihatidan yaxshilash haqida bormoqda.
―2022 – 2026 yillarga mo’ljallangan ―Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasining, ―Ma‘naviy taraqqiyotni ta‘minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish, beshinchi ustivor yonalishida sakkizta maqsad belgilangan bolib, jamiyatda soglom duyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish, beyuk ajdodlarimizning boy ilmiy merosini chuqur organish va keng targib etishga qaratilgan.
Sirasini aytganda, yangi qadriyatlar tizimining ma‘naviy asoslari ham mustahkam bo’lishi lozim. Jamiyatni yangi sifatiy holatga o’tkazish vazifalarini amalga oshirish siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma‘naviy sohalarda tub burilishlarni taqozo qiladi. Bu vazifalarni hal etish har jihatdan inson faoliyati, uning ijodiy aktivligi va tashabbuskorligi, o’z burchi, vijdoni, topshirilgan ishga ongli munosabati, sadoqati, ma‘naviy yetukligiga ham bog’liq.
Har qanday jamiyat o’ziga monand ijtimoiy, siyosiy, mafkuraviy mezonlarning rang-barangligi asosida kamol topadi. Shunday sharoitda jamiyat a‘zolarini ma‘naviy tarbiyalash, ularning hamjihatligini ta‘minlashda ma‘naviyat, milliy g’oya va mafkuraning ahamiyati ortdi.
Yangi O’zbekistonning milliy mafkurasi fikrlar va g’oyalar, qarashlar, pozitsiyalar, ehtiyojlar, talablar, qiziqish va intilishlarning turli tumanligi va rang-barangligiga asoslanadi. U jamiyatda istiqomat qiladigan fuqarolarning manfaatlariga, huquqlariga monand keladi, ularning turmush tarzini, hatti-harakatini belgilaydi yurtimizni umumbashariy qadriyatlar va chinakkam demokratiya asosida rivoj topishini aks ettiradigan qarashlar majmui bo’lib hisoblanadi.
______________________

  1. https://lex.uz/uz/docs/5841063// ЎзР ПФ – 60 сон «2022 — 2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиѐт стратегияси тўғрисида», 28.01.2022 yil.

Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish g’oyasi asosida, Yangi O’zbekistonning milliy mafkurasi fikrlar va g’oyalar, qarashlar, pozitsiyalar, ehtiyojlar, talablar, qiziqish va intilishlarning turli tumanligi va rang-barangligiga asoslanadi. U jamiyatda istiqomat qiladigan fuqarolarning manfaatlariga, huquqlariga monand keladi, ularning turmush tarzini, hatti-harakatini belgilaydi yurtimizni umumbashariy qadriyatlar va chinakkam demokratiya asosida rivoj topishini aks ettiradigan qarashlar majmui bo’lib hisoblanadi.
Milliy mafkurasi ilmiy asoslangan, aholining turli qatlamlari, barcha millatlarni ulug’ maqsadlar yo’lida birlashtiradigan, mamlakatimizdagi g’oyalar rang- barangligini ifodalaydigan, davlatimizni istiqbolga eltadigan ma‘naviy omildir. U yangi qadriyatlar tizimini mustahkamlash uchun qo’llanma, istiqlol esa kelajakka tomon ilgarilanma harakat, istiqbolga tomon boradigan ijtimoiy jarayondir. Bu g’oya xalqning madaniy-ma‘naviy kamoloti hamma ijtimoiy guruh, avlod, toifalarni, tabaqa va partiyalarni manfaatini ko’zda tutadi. Uning maqsadi har bir shaxsga g’oyaviy ta‘sir ko’rsatish, inson qadr-qimmati, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan.
Jamiyatimizni yuksak intellektual va axloqiy qadriyatlar asosida yangilashda madaniyat yutuqlaridan foydalanish va ularni yangi dalillar bilan boyitish hozirgi kundagi muhim vazifadir. Bu o’z navbatida kishilarni ijtimoiy taraqqiyot qonunlaridan voqif etadi, shu asosda birdamlik, hamjihatlikni mustahkamlaydi, ijodiy faollikni oshiradi. Umuminsoniy madaniyatga va ma‘naviyatga xos bilimlar xalqaro voqealarni tushunishga asos bo’libgina qolmasdan, kishilarda hozirgi talablarni to’g’ri tushunish va bu borada ongli, faol harakat qilish tuyg’usini ham uyg’otishga xizmat qiladi. Hozirgi sharoitda madaniy, ma‘naviy, mafkuraviy va siyosiy vazifalar doirasi ancha kengaymoqda. Nazariy faoliyat, targ’ibot va tashviqotni har tomonlama kuchaytirishga alohida ahamiyat berish zaruriyatga aylanmoqda. Ma‘naviy turmushni yuksaltirishga ijodiy yondoshish va pok ma‘naviy muhitni vujudga keltirish borasidagi vazifalarni bajarish salmog’i yanada ortib bormoqda.
Bugungi kunda ma‘naviy tarbiya va mafkuraviy ta‘sir uchun eng muhimi kechayotgan jarayonlarning g’oyat murakkabligini, hal etilishi lozim vazifalarning dolzarbligini har bir kishi anglab olishiga erishishdir. Chunki bunday tub o’zgartirishlarni kishilarning ijtimoiy ongini, ruhiyatini, tafakkurini, ehtiyoj va talablarini tubdan o’zgartirmay turib amalga oshirib bo’lmaydi. Ularning madaniy va g’oyaviy kamoloti islohotlarning hozirgi davridagi o’zgarishlarning ma‘naviy o’zagini tashkil etib, dunyoqarashni o’zgartirishda, ba‘zida uchraydigan loqaydlik va boqimandalikni bartaraf etishda hal qiluvchi vosita rolini o’taydi.
Tabiiyki, bunday sharoitda ma‘naviy qadriyatlarni shakllantirish omillari ham davrga muvofiqlashib boradi. Bu jarayon keng ma‘noda o’quv muassasalari, ta‘lim- tarbiya maskanlari, klublar, axborot-resurs markazlari, madaniyat va istirohat bog’lar faoliyatini qamrab oladi. Bunda muzey, kinoteatr, teatr va boshqa madaniy-ma‘rifiy muassasalar, shuningdek, OAV (gazeta, jurnallar, Internet, radio, TV) muhim o’rin tutadi. Inson dunyoqarashini shakllantirish, ma‘naviy-axloqiy tarbiya, g’oyalar targ’iboti, iqtisodiy bilimlarning ilmiy-texnikaviy targ’ibot-tashviqoti, estetik va jismoniy tarbiya, badiiy havaskorlik, madaniy dam olishni tashkil etish, yosh iste‘dodlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash mazkur jarayonning turli yo’nalishlaridir. Ezgulik va mehr-oqibat, ulug’vorlik va go’zallik, vijdoniylik va mehr-shafqat, boshqalarga hurmat hamda tabiat bilan uyg’unlikni saqlash kabi ma‘naviy xislatlar har bir kishiga asta-sekin, tadrijiy ravishda singdirib boriladi.
Ma‘naviy kamolot va uning g’oyaviy asoslari xususida gap yuritganimizda yuksak vatanparvarlik tuyg’usi har bir madaniyatli kishi uchun zaruriy fazilat ekanligini, bu tuyg’uni shakllantirish zaruriyati doimiyligini alohida ta‘kidlash lozim.
Yangi O’zbekiston sivilizatsion qadriyatlar tizimining mamlakat taraqqiyotidagi o’rni. Mamlakatimiz taqdiri har qachongidan ko’ra bugun o’zining tarixiy ma‘naviy – ma‘rifiy qadriyatlariga bog’liq bo’lib qoldi. Buyuk mutafakkirimiz ta‘limotiga, boy milliy – umuminsoniy, ma‘naviy – ma‘rifiy qadriyatlarga asoslangan holda Yangi O’zbekiston dunyoviy davlati o’z kamolotining yangi bosqichiga qadam qo’ydi. Bu bosqich milliy tiklanishdan milliy yuksalish g’oyasiga asosan yuqori bosqich bo’lib, iom ma‘nodagi odamni - odam, millatni – millat, yurtni – yurt qiladigan, uning buyuk kelajagini ta‘min etadigan, uni yangi sivilizatsiya sari boshlaydigan milliy ongni yangicha mazmun bilan boyitib, zamonaviy jahoniy tafakkur darajasiga ko’taradigan ma‘naviy tiklanish mohiyatidir.
Milliy tiklanish, ma‘naviy qadriyatlar, milliy o’zlikni anglashning tiklanishi hisoblanadi. Qadriyatlar va ma‘naviyat bilan jiddiy shug’ullanish, uni yuksaltirish va boyitish, milliy – ma‘naviy ma‘rifiy qadriyatlarni umuminsoniy qadriyatlar mezoniga aylantirish orqali komil avlodni tarbiyalash, yurtni barkamollashtirish azaliy – tarixiy kuch – qudrat va shuhratni tiklash, ravnaq toptirish, ozod va obod vatan ma‘naviyatini sv‘rifatini shakllantirish tabiiy bosh maqsad bo’lib qolmoqda.
Qadriyatshunoslik masalalari hozirgi davrda ham nazariy va amaliy kasb etmoqda. Mustaqillik yo’lida borayotgan Yangi O’zbekistonda yangi qadriyatlarning jamiyat hayotidagi ahamiyatini atroflicha o’rganish, hayotimizda
umuminsoniy tamoyillarning ustivorligini ta‘minlash nuqtai nazaridan bu masalalarning ahamiyati yanada oshib bormoqda.
Avvalo yurtimiz sivilizatsiyasiga xos yangi qadriyatlar rivojini, bu sivilizatsiya tarixida o’chmas nom qoldirgan olim, mutafakkir va allomalarimizning merosini o’rganish, bu boradagi xayrli ishlardan biridir. Ana shu yo’nalishdagi ishlar sivilizatsiyamizning umuminsoniy qadriyatlar taraqqiyotiga juda katta hissa qo’shganligi, boshqa sivilizatsiyalar va xalqaro madaniyatiga omilkor ta‘sir o’tkazganligini, yurtimiz jahon madaniyatining o’choqlaridan biri bo’lganligini yanada zamonaviy dalillar bilan boyitadi. Shu bilan birga bu dalillar biz tavsiflayotgan qadriyatlar sohasiga oid tarixiy asoslarni zamonaviy aksiologiyaning Sharqona ildizlarini, uning hozirgi zamondagi yo’nalishlarini aniqlash imkonini beradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida‖gi 2019 yil 21 oktyabr PF-5850-sonli Farmoni.


  1. Yüklə 0,55 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə