Mavzu: Yangi O’zbekistonda manaviyatga yangicha munosabat Tekshirdi: D. O’rinboyev Bajardi: S. Rustamova reja



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə3/5
tarix22.03.2024
ölçüsü0,55 Mb.
#180758
1   2   3   4   5
Yangi O’zbekistonda manaviyatga yangicha munosabat

Yangi o’zbekiston ma’naviyati



Ma‘lumki, biron-bir jamiyat ma‘naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma‘naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib, o’z istiqbolini tasavvur eta olmaydi. Ashaddiy shovinist, Farg’ona general gubernatori Skobelev millatni yo’q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san‘atini, tilini yo’q qilsang bas, tez orada o’zi tanazzulga uchraydi, deb aytgan edi. Sobiq ittifoq davrida milliy ma‘naviy madaniyatni yo’q qilish borasida tizimli tadbirlar amalga oshirildi. Mustaqillik, avvalo, inson ma‘naviyatini qayta tikladi. Yozuvchi Abduqahhor Ibrohimov o’zining ―Bizkim, o’zbeklar kitobida 1967 yilda AQSHning Chikago shahrida 200 ming nusxada nashr etilgan, biroq O’zbekistonga yetib kelmagan, sobiq ittifoqda kamyob hisoblangan ikki jildli, bir yuz sakson ming so’zga izoh berilgan. O’zbek atamasiga berilgan ta‘rifni keltirib o’tadi: O’zbek jahon xalqlari orasida birinchilardan bo’lib, turkiy xalqlar orasida birinchi bo’lib o’troqlashgan, madaniy turmush kechiruvchi, jahon sivilizatsiyasiga hissa qo’shgan millat. Ta‘kidlash joizki, sobiq ittifoq davrida millatimiz haqidagi bu ta‘rifni oshkor qilish, foydalanish va ommalashtirishda imkoniyat va sharoit ham bo’lmadi, kommunistik mafkura bunga yo’l qo’ymas edi. Vaholanki, jahonda bizning millatga, tariximizga ana shunday yuksak ta‘rif allaqachon berilgan edi.
Ma‘lumki, Turon zamini azal-azaldan fan va madaniyat markazi, olimu fozillar makoni bo’lib kelgan. Fanlar tarixiga nazar tashlasak, dunyoviy ilmlar, avvalambor, Sharqdan G’arbga tarqalganligining guvohi bo’lamiz. Musulmon olamida ilm-fan markaziga aylangan shaharlar sanoqlidir. Ulardan Marv, Urganch, Buxoro, Samarqand O’rta Osiyoda bo’lganligi bizlar uchun faxrlanadigan holdir.
Ta‘kidlash joizki, istiqlolga erishgunga qadar, O’zbekiston tarixi biryoqlamalik bilan talqin etildi, ko’plab faktlar buzib ko’rsatildi yoki ular haqida sukut saqlandi. Davr taqozosiga ko’ra, mustabid tuzum davrida vijdon azobini ko’p tortgan, insonning qadr-qimmati, el-yurt taqdiri haqida qayg’urib yashaydigan insonlar va ularning oldingi qatorida ijod ahli bo’lgan. Mana shunday insonlardan Akademik olim Ibrohim Mo’minovning Vatanimiz, xalqimiz oldidagi eng katta xizmatlaridan biri millatimiz faxri-g’ururi bo’lgan Amir Temur va temuriylar davrini chuqur o’rganib, ilmiy tahlil etganidir. Holbuki, bu mavzu sobiq SHo’ro tuzumi davrida ta‘qiqlab qo’yilgan, buyuk davlat arbobi Amir Temur «bosqinchi», «qonxo’r» deya talqin etilardi. Ibrohim Mo’minov birinchi bo’lib, Amir Temurning tarixdagi o’rnini haqqoniy va ilmiy asoslab berdi. Yuksak ma‘naviy jasorat sohibi Ibrohim Mo’minov tarixiy manbalar va dalillarga suyangan holda, Sohibqironning buyuk xizmatlari, iste‘dodi, insonparvarligini tarixiy dalillar bilan isbotlab berishga jazm etdi. Millat taqdirini, ma‘naviyatini haqqoniy tasvir etishdan qo’rqmagan olim sovet tuzumining tazyiqiga qaramasdan, o’zining mo’’jaz risolasida ulug’ zot siymosini ob‘ektiv tarzda tasvirladi.
Ta‘kidlash joizki, mustaqillik, avvalo, tilimizni qaytarib berdi. Mustaqillikka erishish arafasida o’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. SHu o’rinda ma‘rifatparvar adib Abdulla Avloniyning ―Har bir millatning dunyoda borlig’ini ko’rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo’qotmak – millatning ruhini yo’qotmakdur degan hikmatli so’zlarini eslash joizdir. 21 oktyabr sanasi «O’zbek tili bayrami kuni» deb e‘lon qilindi. Ushbu muhim tashabbus davlatimiz rahbarining 2019 yil 21 oktyabr kuni qabul qilingan ―O’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi farmonida o’z ifodasini topdi. Davlat tili to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta‘minlash masalalari bo’yicha maslahatchi lavozimi tashkil qilindi. So’z mulkining sultoni Alisher Navoiyning «Xazoyin ul-maoniy», ―Xamsa, ―Muhokamat ul- lug’atayn, «Mahbub ul-qulub» kabi shoh asarlari ona tilimizdan mohirona foydalanishda o’ziga xos mahorat maktabi vazifasini o’taydi.

_______________________


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida‖gi 26 mart 2021 yil PQ-5040-sonli Qarori.
Tarixiy xotira bor ekan, xalq o’zining buyuk kechmishi, betakror madaniy merosi, qadriyat va an‘analarini doimo yodda saqlab keladi. Xotira ajdodlarga yuksak ehtirom va hurmat ifodasidir. Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug’dir.
Mustaqillik ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan tarixiy obidalarni qaytarib berdi. O’zbekiston SSR Markaziy Ijroiya komitetining 1939 yilning 19 martida qabul qilgan 340-qarori bilan Buxoroi SHarifning darvozalari, tarixiy obidalari davlat muhofazasidan chiqarilgan edi. Mustaqillik sharofati ila ―Qubbat-ul islom nomiga sazovor bo’lgan, tarixi uzoq ming yilliklarga tutash qadimiy shahar Buxoroyi Sharifda bugungi kunda 660 ta moddiy-madaniy meros ob‘ektlari ro’yxatga olingan bo’lib, 231 tasi arxeologiya ob‘ektlari, 364 tasi arxitektura yodgorliklari, 19 tasi monumental san‘at asarlari, 22 tasi arxitektura ansamblari va 24 tasi diqqatga sazovor joylardir. Shulardan 331 tasi Respublika ahamiyatidagi moddiy-madaniy meros ob‘ektlari hisoblanadi. Bundan tashqari, Buxoro shahrining tarixiy-eski shahar qismi alohida ob‘ekt sifatida 1993 yilda YUNESKO tomonidan «Ochiq osmon ostidagi muzey shahar» deb e‘lon qilinib, Butun Jahon madaniy merosi sifatida ro’yxatga olindi.
Mustaqillik yillarida buyuk allomalarimiz xotirasiga bag’ishlab barpo etilgan yodgorlik majmualari jamiyatimiz ma‘naviyatini yuksalti- rish va yoshlar ongida ajdodlar merosiga hurmat ruhini kuchaytirish va ularning ota-bobolarimizga munosib avlod bo’lib kamol topishida muhim tarbiyaviy omil bo’lib xizmat qilmoqda.
1991 yilning 28 sentyabrida O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi tantanali ravishda e‘lon qilinganiga endigina to’rt hafta bo’lganida, qolaversa, respublikamizni hali biror bir xalqaro tashkilot, xorij mamlakati xalqaro huquqning sub‘ekti sifatida tan olmagan bir paytda O’zbekiston Milliy bog’ida ulug’ shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning 550 yillik yubileyi nishonlandi. 1994 yilda Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 yilligi xalqaro miqyosda nishonlandi. 1996 yil mamlakatimizda Amir Temur yili deb e‘lon qilindi.
Mustaqillikni qo’lga kiritgach, ajdodlarimiz merosini o’rganishda ham yangi davr boshlandi. CHunki bu davrda milliy istiqlol g’oyasi talablari asosida xalq va mamlakat tarixi, qadriyatlari, boy ilmiy-adabiy merosiga xolisona, ilmiy asosda baho berish, uni ishonchli manbalarga tayangan holda o’rganish, tadqiq qilishga keng yo’l ochildi. Jumladan, Alisher Navoiyning ilgari nashr qilinmagan «Munojot», «Siroj ul muslimin», «Badoe‘ ul-bidoya», «Navodir un-nihoya» asarlari bosilib chiqdi. Shu yillarda Alisher Navoiy merosining kam o’rganilgan qirralari, jumladan, tasavvufiy qarashlari tadqiq qilinib, bu sohada anchagina ilmiy va ilmiy-ommabop asarlar yaratildi. Bunda, albatta, adabiyotshunos olimlardan N.Komilov, I.Haqqulov, R.Vohidov, S.Olimov, N.Jumayev, S.G’aniyeva, M.Muhiddinov, SH.Sirojiddinov, D.Salohiy va boshqalarning munosib hissalarini ta‘kidlash joiz. Yangi O’zbekiston sharoitida Alisher Navoiyning ko’pqirrali merosini o’rganish, ijtimoiy falsafiy qarashlarini keng kitobxonlarga tushunarli tarzda sharh va talqin qilish, shuningdek istiqlol ma‘naviyatini shakllantirishdagi ahamiyatini tadqiq qilishning ahamiyati beqiyosdir.
Mustaqillik dinimizni qaytarib berdi. O’zbekiston mustaqillikka erishgan ilk yillardan diniy sohaga o’zbek xalqining milliy ma‘naviyatining ajralmas qismi sifatida alohida e‘tibor qaratildi. Dinning huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatida tutadigan o’rni va mavqei aniq belgilanib, bu sohada mustahkam qonunchilik yaratildi. Yurtimizda haj va umra safarlarini tashkil qilish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Bugungi kunda fuqarolarning vijdon erkinligini ta‘minlash, milliy- qadriyatlarini saqlash va rivojlantirish orqali o’zligini namoyon etishga barcha huquq va imkoniyatlar to’la ta‘minlangan. Fuqarolarning diniy ta‘lim olishlari va adabiyotlar nashr etishlari uchun hamma sharoitlar yaratildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev tashabbuslari bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom madaniyati markazi, Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Termiz shahrida,
______________________
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev raisligida 19 yanvar 2021 yilda ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishga bag’ishlab o’tkazilgan videoselektordagi ma‘ruzasi
Toshkent shahrida O’zbekistondagi islom madaniyati markazi faoliyatini tashkil etilish ma‘naviyatimizni yanada yuksaltirish, jamiyatimizda tinchlik va osoyishtalik, ijtimoiy barqarorlik, o’zaro ahillik va totuvlikning kuchayishiga xizmat qilishi tabiiy.
Mustaqillik yoshlarimizga Vatanimiz tarixida o’chmas iz qoldirgan milliy ozodlik kurashchilari faoliyati bilan yanada tanishish va faxrlanish tuyg’usini berdi. Jadidlar Turkiston o’lkasini qoloqlikdan olib chiqish, mustamlaka zulmidan ozod bo’lishini milliy uyg’oqlikda deb bilgan edilar. Milliy uyg’oqlikni esa, aholini ilmli-ma‘rifatli qilish orqali amalga oshirish, yangi usuldagi maktablarni ochib, milliy uyg’onishning asosini ta‘limni, o’quv dasturlarini isloh qilishda deb ta‘kidlagan edilar.
Jadidchilik g’oyalarining yorqin vakillaridan Behbudiy, Fitrat, Cho’lpon, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Usmon Nosir, So’fizoda, Tavallo, Ishoqxon Ibrat kabilar g’oyat og’ir sharoitlarda ma‘rifatni targ’ib etishga harakat qilganlar. Ular millatning kamolotini yuksaltirish, uning qadr-qimmatini erga urishga yo’l qo’ymaslik borasida o’zlarining qimmatli fikrlarini bildirganlar, o’z faoliyatlarini amalga oshirganlar. Munavvarqori ta‘lim- tarbiya ishlarini isloh qilmay, xalqning ongini oshirmay, madaniy saviyasini ko’tarmay turib, jamiyatda katta o’zgarishlar qilish aslo mumkin emasligini ta‘kidlab o’tgan. Abdulla Avloniyning «Ilm insonlarning madori, hayoti, rahbari, najotidir» degan g’oyasi ma‘rifatparvarlik, jadidchilik harakatining dasturini tashkil etgan. U ma‘rifatparvar safdoshlari singari mazlum Turkiston ahlini ilm-ma‘rifat ziyosidan bahramand qilishda unutilmas xizmatlar ko’rsatgan.
Millatni ma‘rifat tarbiyalaydi. ―Yaxshi tarbiyalangan qalb va vijdon hech qachon egasini sharmanda qilib qo’ymaydi, deb ta‘kidlagan edi ―Turkiston jadidlarining otasi sifatida tarixda nom olgan Mahmudxo’ja Behbudiy. Mana shu fikrga tayanib, hozirgi kunda yoshlarimiz ma‘naviy olami daxlsizligini saqlash borasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.
Mustaqillik mamlakatimizda yashayotgan har bir insonning o’z imkoniyati va iqtidorini namoyon etish uchun keng yo’l ochib berdi. Shaxs o’zining moddiy va ma‘naviy ehtiyojlarini erkin qondirish imkoniyatiga ega bo’ldi. Xalqning milliy qadriyatlari qayta tiklanib, shaxs ma‘naviy taraqqiyotiga xizmat qila boshladi.
Hozirgi kunda xorijda ham, o’zimizning yurtimizda ham mustaqil O’zbekistonimizga Yoshlar mamlakati deya ta‘rif berilmoqda.
Haqiqatan ham, bugun O’zbekistonda yashayotgan 35 million xalqning 60 foizini 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar tashkil qiladi. Shuni e‘tirof etish kerakki, davlatimiz tomonidan yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar natijasida yoshlarimiz ingliz tilida erkin so’zlashish, axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan to’liq xabardor bo’lish, chet mamlakatlardagi tengdoshlari bilan sport, ilm-fan, madaniyat sohalarida bellashish imkoniyatiga ega bo’ldi. Yangi O’zbekiston sharoitida yoshlar ma‘naviyatini yanada yuksaltirish masalasi davlatimiz va hukumatimizning diqqat e‘tiboridadir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev raisligida 19 yanvar 2021 yilda ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishga bag’ishlab o’tkazilgan videoselektorda «Biz yaratayotgan yangi O’zbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm g’oyasi bo’ladi. Biz mafkura deganda, avvalo, fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz. Ular xalqimizning necha ming yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslangan», deb ta‘kidladi.
O’zbekistonning boyliklari ko’p, lekin bizning eng katta boyligimiz, eng yuksak qadriyatimiz – jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik, millatlararo do’stlik va hamjihatlikdir. Bularning zamirini, eng avvalo, o’zbek xalqining ma‘naviyati tashkil qiladi.
O’tmishi sharafli, buguni saodatli, kelajagi abadiy bo’lgan O’zbekiston mustaqilligining asosiy tayanchi bo’lgan ma‘naviyatiga hech qachon ko’z tegmasin!
Abduqahhor Ibrohimov ―Bizkim, o’zbeklar...‖. – Toshkent: SHarq, 1999. – 400 b.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə