Mavzu: Yangi O’zbekistonda manaviyatga yangicha munosabat Tekshirdi: D. O’rinboyev Bajardi: S. Rustamova reja



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə1/5
tarix22.03.2024
ölçüsü0,55 Mb.
#180758
  1   2   3   4   5
Yangi O’zbekistonda manaviyatga yangicha munosabat



Mavzu: Yangi O’zbekistonda manaviyatga yangicha munosabat


Tekshirdi: D.O’rinboyev
Bajardi: S. Rustamova


REJA:
I. Kirish……………………………………………………………………… 3-bet
II. Asosiy qism.

  1. Yangi O‘zbekiston rivojining hozirgi bosqichida yangi ma’naviy qadriyatlar tizimining shakllanishi………………………..…………………………….. 5-bet

  2. Yangi o’zbekiston ma’naviyati …..………………………………………. 13-bet
  3. O'zbekistonda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlashda ma'naviyat- ma'rifat targ'ibotchilarining roli……………………………………….…….. 21-bet


III. Xulosa ………………………………………………………………….. 28-bet
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ……………………………………………… 30-bet


KIRISH
Insoniyat tarixida shunday burilish davrlari bo’ladiki, unda taraqqiyot yo’lidan borayotgan xalqlar taqdiri uchun dorilomon tamoyillar va muayyan rivojlanish bosqichiga xos ustivor yo’nalishlar hamda dolzarb vazifalarni aniqlash nihoyatda muhim hayotiy ehtiyojga aylanmoqda. Jamiyat taraqqiyotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarning samaradorligi, avvalo xalq ma‘naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning chuqur o’rganilishi, an‘ana va urf odatlarimizning saqlanishi, madaniyat va san‘at fan va ta‘lim rivoji, eng muhimi inson tafakkurining o’zgarishi va yuksalishi bilan uzviy bog’liqdir. Zero, o’z haq – huquqini taniydigan o’z kuchi salohiyatiga tayanadigan, tevarak atrofda sodir bo’layotgan voqea hodisalarga mustaqil yondosha oladigan har jihatdan barkamol avlod yoshlarini tarbiyalash bugungi kunning muhim vazifasidir.
Davrlar o’zgarishi, yillar o’tishi, odamzot umri, fikri, tafakkuri tinim bilmaganidek, qadriyatlar ham doimo o’zgarishda va yangilanishda bo’ladi. Bu jarayon moddiy va ma‘naviy hayot hamda ijtimoiy tafakkurning bosqichma-bosqich o’sishi, an‘anaviylik, vorisiylik kasb etishi sifatida vujudga keladi.
Xalqning tarixiy xotirasi, qadriyatlariga hurmati, avvalo, an‘ana va marosimlarda o’z ifodasini topadi. Odamlarning turmush tarzi, moddiy va ma‘naviy hayoti rivojlanish jarayonida muayyan ijtimoiy tartib-qoidalari, axloq me‘yorlari, urf- odatlari, marosimlari an‘ana sifatida tadrijiy tarzda o’zligini namoyon etaveradi.
Qadriyatlarning an‘anaviyligi va tadrijiyligi tushunchasi ajdodlarning asrlar mobaynida to’plagan moddiy va ma‘naviy qadriyatlarini vorisiylik asosida avlodlarga uzatish, bu borada tarixiy mezonlar va ijtimoiy hayot talablariga muvofiq tadrijiy ravishda muntazam boyib yoki yangilanib boradigan jarayonlarning namoyon bo’lishini ifodalaydi. Tarixiy taraqqiyot bilan uyg’un bo’lgan bu holat uzluksiz harakatdagi jarayondir.
Qadriyatlar yoshlar uchun ma‘naviy tarbiya vositasidir. Respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta‘kidlab o’tganlaridek, ―Bolalarni go’dakligidan boshlab yuksak ma‘naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalash bo’yicha eng mqhim yo’nalishlarni belgilash;
Yoshlarda vatanga sadoqat, tadbirkorlik, muctahkam iroda, mafkuraviy immunitet, mehr – oqibat, mas‘uliyat, bag’rikenglik, huquqiy madaniyat, innovasion fikrlash, mehnatsevarlik kabi muhim fazilatlarni bosqichma – bocqich shakllantirish, uchun albatta, bor kuch imkoniyatimizni sarflashimiz darkor.
Har bir davrning o’z qadriyatlar tizimi bo’lib, u vaqt o’tishi bilan o’zgarib, mazmunan boyib boradi, ba‘zi shakllari transformatsiyaga uchraydi, ayrimlari yo’qoladi, yangilari shakllanadi. Qadriyatlar sohasidagi yangilanish ularning o’zgarishi, takomillashuvi va boyib borishi jarayonini ifodalaydi. Kishilar hayotida, umuman jamiyatda yuz berayotgan voqea-hodisalar shaxs ongi va qadriyatlar tizimida muayyan o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Ikkinchi tomondan, qadriyatlar voqelikdagi o’zgarishlarning kelib chiqishi va sodir bo’lishiga katta ta‘sir ko’rsatadi. Yangilanish qadriyatlarning tub mohiyati bilan bog’liq hodisa. Agar qadriyatlar sayqallanib, yangilanib, boyib bor’masa, u tez orada eskirib, taraqqiyotga to’siq bo’ladigan hodisaga aylanib qoladi.



  1. Yüklə 0,55 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə