Mavzu: Yangi O’zbekistonda manaviyatga yangicha munosabat Tekshirdi: D. O’rinboyev Bajardi: S. Rustamova reja


O'zbekistonda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlashda ma'naviyat- ma'rifat targ'ibotchilarining roli



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə4/5
tarix22.03.2024
ölçüsü0,55 Mb.
#180758
1   2   3   4   5
Yangi O’zbekistonda manaviyatga yangicha munosabat

3. O'zbekistonda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlashda ma'naviyat- ma'rifat targ'ibotchilarining roli



"Bugungi kunda jamiyatimizning yuzini qora qiluvchi pastkashlar, yomonlar, beboshlar, o'g'rilar, giyohvandlar va nashavandlar... kecha tarbiyalariga e'tibor berilmagan bolalardir". Abdulla Avloniy bu fikrlarni aytgan paytda naqadar haq edi. Darhaqiqat, bir nihol ko'kka bo'y cho'zib daraxt bo'lgunga qadar unga bir qancha omillar ta'siri juda muhim. Unumdor tuproq, suv, havo, o'g'it va hokazo. Bola ham bamisoli bir nihol. U voyaga yetish mobaynida, avvalo, oilasi, qo'ni-qo'shni, mahalla, atrof-muhit ta'siri ostida shakllanib boradi. Shunday ekan, oila, mahalla, maktab birgalikda hamjihatlikda ish olib borilsa, muammolar osonroq bartaraf etiladi.
Har bir bola Olloh tomonidan in'om etilgan iste'dod va qobiliyatga ega bo'ladi. Ammo bu xususiyatlar hammada ham yaqqol namoyon bo'lavermaydi. Hech bir ekin parvarishsiz hosil bermaganidek, har qanday qobiliyat, iste'dod ham e'tibor hamda e'tirofsiz yuzaga chiqa olmaydi. Mana shu qobiliyatlarni yuzaga chiqarish uchun esa maktab juda muhim rol o'ynaydi, chunki har bir o'quvchi darslar jarayonida o'zidagi qaysidir ijobiy tomoni yoki aqlining teranligi, fikr doirasining kengligi, hisob-kitob borasida tezkorligi, mantiqiy fikrlay olishi, xotirasining kuchliligi, izlanuvchanligi bilan o'zini namoyon qila oladi. Bu xususiyatlar, albatta, sinfning a'lochi, eng oldi o'quvchilariga xos bo'lgan xususiyatlar hisoblanadi, hamda barcha e'tibor mana shu o'quvchilarga qaratiladi.Tanlovlarga ham, bellashuvlarga ham, tadbirlarga ham ko'pincha sinfning eng oldi a'lochi o'quvchilari jalb qilinadi. Mana shu bizning eng katta muammomiz. Bir sinfda 30 nafar o'quvchi o'qiydigan bo'lsa, shundan 10 tasini iqtidorli deb oladigan bo'lsak, qolganlarichi? Qolgan 20 ta o'quvchining kelajakdagi hayoti nima bo'ladi? Ular e'tibordan chetda qolib o'zini sinfga, maktabga keyinchalik esa jamiyatga keraksiz ekanligini his qilgach, yot g'oyalar oqimiga kirib ketishi juda oson bo'ladi. Mana shuning uchun ham biz asosiy e'tiborni mana shu qo'shtirnoq ichidagi "qobilyatsiz, iste'dodsiz" o'quvchilarga qaratishimiz lozim. Maktabda ma'naviy tadbirlarni ko'proq o'tkazishni yo'lga qo'yishimiz kerak, chunki fanga qiziqishi bo'lmagan o'quvchini boshqa sohalardagi, yashirin iste'dod va iqtidorini izlab topishimiz juda muhim. O'ta sinchkovlik bilan yondashsakgina, o'z oldimizga qo'ygan maqsadlarimizga erisha olamiz. Biz kelajak avlodni maktab partasidanoq katta hayotga tayyorlab borishimiz darkor. Asosiy vazifamiz ma'naviyati yuksak, dunyoqarashi keng, o'zbek millatiga xos urf-odatlarni, an'analarni hurmat qiladigan, o'zbek yigitlariga xos or- nomusli, o'zbek qizlariga xos ibo-xayoli, hech bir davlatda uchramaydigan ma'naviy qadriyatlarimiz davomchilarini shakllantirmoqdir. Buning uchun esa birinchi navbatda kitobga, kitobxonlikka bo'lgan qiziqishini kuchaytirish, musiqaga, san'atga, sportga, hunarmandchilikka e'tiborini orttirish, shu orqali o'quvchi kelajakda qaysi yo'ldan ketishi muhimligini anglab olmog'i lozim. Biz targ'ibotchilar esa buning uchun maktabda turli xil ma'naviy tadbirlar bilan bir qatorda sinflar kesimida turli sohada , besh tashabbus doirasida ko'rik- tanlovlar o'tkazishni yo'lga qo'ysak, nur ustiga a'lo nur bo'lar edi. Bundan asosiy maqsad har bir o'quvchi o'z qobiliyatidan, iste'dodidan kelib chiqqan holda yondashadi, hamda qaysidir sohaga bevosita qiziqishi uyg'onadi. Bu qiziqishga esa takror va takror izlanishlari, o'z ustida ishlashi va rag'batlantirish natijasida o'z mahsulini namoyon qiladi. Masalan, ko'rik-tanlovlarni quyidagicha tashkil qilish mumkin.
Men bu tanlovlar natijasini quyidagicha izohlamoqchiman. Shu asnoda o'quvchi avvalo, o'z sha'nini, keyinchalik sinfi sha'nini, maktabi sha'nini, tuman sha'nini, viloyat sha'nini hamda bular natijasi o'laroq Vatan sha'nini himoya qilishni o'rganib oladi. Yaratilgan imkoniyatlar, qulay sharoitlar, Prezidentimizning otalarcha g'amxo'rligi o'quvchilar qalbiga g'urur-iftixor tuyg'usini shakllantiradi. Qalbida shunday iftixor tuyg'usi bor kishidan esa ,albatta, yangi O'zbekistonning zamonaviy, kreativ, yangicha fikrlovchi bunyodkorlari yuzaga keladi.
_____________________
M.Jakbarov, SH.Abbasova «Milliy va milliy manfaatlar», Toshkent 2014.
Vatan tuyg'usini his qila oladigan, uning har bir qarich tuprog'ini qadrlay oladigan, har qanday yot g'oyalardan mardlarcha asray oladigan yurt kelajagi, ravnaqi uchun har jabhada o'z hissasini qo'sha oladigan iste'dodli, iqtidorli o'quvchilarni izlab topish, yuzaga chiqarish, ularni har qanday vaziyatda qo'llab-quvvatlash, ularga motivatsiya berish biz targ'ibotchilarning asosiy vazifamizdir. Bizga berilgan bunday imkoniyatlardan unumli foydalangan holda yurt ertasi hisoblanmish yosh avlodning birortasini ham nazardan chetda qoldirmasligimiz lozim. Zero, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek: "Yangi O'zbekistonni yangicha iste'dod, yangi kashfiyotlar bilan birgalikda quramiz va bu qurilishni maktab ostonasidan boshlaymiz" .
Dunyo tarixiga nazar tashlasak, har bir xalq avvalo, ma‘naviy birlashuvi, milliy g’oyasi bilan yuksalgan. Bugun yangi hayot qurish, rivojlangan davlatlar qatoriga chiqish yo’lidan borayotgan mamlakatimizda ham milliy g’oya masalasi juda muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi zamonning muxim xususiyatlari insonlarning ong-u tafakkurini, qalbini egallash uchun kurashning kuchayganligidir. Turli mamlakatlarning o’zaro to’qnashuvlari, harbiy yurishlar, iqtisodiy siquvga olishlar o’rniga endi ko’proq mafkuraviy vositalar ma‘naviy qurollar ishlatilmoqda. Inson - yaratuvchi olim. Texnika texnalogiya soxasi shiddatli rivojlanishda davom etmoqda. Internet tarmog’i foydalanuchilari soni kuniga milliondan oshib borayapti. Shunday ekan, milliy urf-odatlarimiz, ming yillik qadriyatlarimiz o’rnini ―Ommaviy madaniyatning turlicha ko’rinishlari insonlar ongini zaxarlamoqda.
Yolg’on ma‘lumotlar tarqalib ketmoqda. Internet tarmog’ida turli parnografik suratlar, axloqsizlikni targ’ib qiluvchi videolar keng tarqalgan. Bulardan ko’zlangan maqsad: insonlarni psixologik jihatdan itoat qildirish, zaiflashtirish, holi qilish va inson ongini egallash. Ruhiyatga salbiy tasir oqibatida xulq atvor buzulishi, asabiylik, ruxiyatni aynitish, maqsadidan chalg’itish, shaxsni mutaassiblashtirish kabi oqibatlarga sabab bo’ladi. Natijada ruxiy zaiflikka uchragan insondan turli maqsadlarda foylanish imkoni kelib chiqadi. Qo’l ostida tarbiyalanayotgan shaxslarning hayot yo’llari ham, manaviyati ham boshqariladi. Mamlakatda ijtimoiy barqarorlik buziladi. Mana shunday holatlarni oldini olish, yagona maqsad yo’lida birlashtirish, jamiyat barqarorligi va farovon istiqbolga erishish, o’z manfaatlarini himoya qilishni o’rganish, ichki va tashki mafkuraviy dushmanlarga qarshi kurashda uyushuvchanlikka erishish, vatanparvarlik ruxiyatini kuchaytirish maqsadida ma‘naviyat va ma‘rifat soxasiga e‘tibor yanada kuchaytirildi. So’nggi yillarda bu borada qator qarorlar qabul qilindi. Respublika ma‘naviyat va ma‘rifat kengashi raisi Prezident ekani belgilab qo’yildi. Kengashning hududiy bo’limlariga mas‘ullik hokimlar zimmasiga yuklatildi. Bu o’zgarish ma‘naviy-ma‘rifiy ishlarni davlatimiz siyosatida yanada yuksak o’ringa ko’tardi.
Bunday tahlikali vaziyatda hushyor va ogoh bo’lib, xalqimizning tinchligi, mamlakatimiz manfaatlarini o’ylab yashash zarur. Davlatimiz rahbari loqaydlik va beparvolik eng katta xavf ekanini, bugun uchrayotgan ijtimoiy muammolarni kamaytirish uchun nuroniylar tarbiyasi, jamoatchilik nazorati etishmayotganini ta‘kidladi. Ijtimoiy- ma‘naviy muhitni ilmiy asosda tahlil qilishni davrning o’zi talab etmoqda. Jamiyatimizda ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar shunday asosda yo’lga qo’yilmagani uchun ham kutilgan natijani bermayapti. Shuning uchun Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi ishini tanqidiy o’rganib chiqib, faoliyatini tubdan takomillashtirish zarurligi belgilandi.
Prezidentimiz ushbu markazning ―Ma‘naviyat targ’ibotchisi o’quv muassasasi negizida, Ijtimoiy-ma‘naviy tadqiqotlar institutini tashkil etish taklifini bildirdi.
Prezident tomonidan 2021-yil 26-mart kuni «Ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qaror imzolandi. Ushbu qarorga muvofiq har bir umumta‘lim muassasasida joriy etilgan ijtimoiy-madaniy masalalar bo’yicha targ’ibotchi lavozimi joriy etildi.
_________________
Ibrohim Mo’minov ―Amir Temurning O’rta Osiyo tarixida tutgan o’rni va roli‖ yozma manbalar ma‘lumoti asosida /I.Mo’minov; muharrir N.Qosimova. – Toshkent: Fan, 1993. – 57
Ijodiy-madaniy masalalar bo’yicha targ’ibotchi ta‘lim muassasida adabiyot va sana‘tga qiziqadigan o’quvchilarni o’z atrofida birlashtiradi. Ijodkor yoshlarni saralab ularni turli xil to’garaklarga jalb qiladi. Taniqli yozuvchi va shoirlarni jalb qilib, maktablarda ijodiy-badiiy kechalarni tashkil qiladi. Bu orqali ijodkorlikka qiziqish uyg’otadi. Faol yoshlarni tele ko’rsatuv va radio eshittirishlarga jalb kiladi. O’zining iqtidori, salohiyati faolligi bilan turli tadbirlarni jamoatchilikka namoyish etishda yordam beradi.
Respublikamizda ma‘naviyat targ’iboti soxasida amalga oshiriliyotgan ishlar albatta o’z samarasini berib kelmoqda. Xulosa qilib aytganda, yoshlarni ma‘nan boy, aqlan yetuk, jamiyat tayanchi, kelajak bunyodkorlari qilib tarbiyalash bizning ulkan vazifamiz hisoblanadi. Ma‘naviy-ma‘rifiy ishlarni birgalikda, hamkorlikda, jamoa bo’lib amalga oshirsak, ko’zlangan maqsadga erishamiz.
Inson tug’ilganidan so’nggi nafasigacha an‘analar, urf-odatlar, bayramlar qurshovida yashaydi. Ular esa kechagi avlodlardan bugungi, bugungi avlodlardan ertangi avlodlarga ma‘naviy meros bo’lib o’tib, ma‘naviy kamolot sari eltadi. Urf-odat, an‘analar bugungi avlodni ajdodlar tajribasi bilan tanishtiradi, ularda o’z burchi, vazifalariga ma‘suliyat bilan qarash fazilatlarini shakillantiradi. G’.N.Najimov yozganidek:―An‘analarni kishilarga majburlab singdirib bo’lmaydi, ular xalq ijtimoiy ahvoli, turmush tarzi, maishiy hayoti va moddiy ishlab chiqarishining tarixiy ifodasidir. An‘analar ijtimoiy borliq tomonidan qabul qilingan, o’tmish tajribasidan o’tgan, hayotni davom ettirish uchun avloddan avlodga etkaziladi. An‘analar – olg’a siljish uchun tayanch, saboq, pog’onadir. Shu bilan birga bugun xalq an‘analari, marosimlari va ayniqsa, bayramlarida tarixiy-madaniy o’ziga xosliklarni saqlab qolish muammoga aylanib bormoqda. Magnitafon, sintezator vositasida ortiq darajada shovqin, qiy-chuv, soxta ―ommaviylik avj olmoqda. Xalq madaniyatining asrlik an‘analariga xos ichki mazmundorlik, mohiyat, xalqning faol harakatlari, ishtiroki soxta tashkilotchilik bilan almashtirilayotgani kuzatiladi. Bizning fikrimizcha, xalq an‘analari, marosimlari va bayramlaridagi hatto konservativlik, ibtidoiylik ta‘siri bo’lsa-da, ichki o’ziga xoslikni, arxaizmni saqlab qolish zarur.
Bugun oldimizga qo’yilgan maqsad, ma‘naviyatli yoshlarni tarbiyalash ekan, bunda mahallaning o’rni beqiyosdir. Dono xalkimiz:
―Bir farzandga etti qòshni ota-ona, - deb be‘jiz aytmagan. Keksalarning pand-u nasihati, kattalarning shaxsiy ibrati, jamoaning hamjihatligi orqali insonlar ongiga ezgulik g’oyalari singdirib boriladi. Hozirgi kunda yoshlar ma‘naviy dunqarashini shakllantirishda mahallaning o’rniga katta e‘tibor berilmoqda. Shu sababli mahallaning huquq va vakolatlari kengaytirilmoqda, ular bugun o’zini o’zi boshqarish idorasi sifatida faoliyat olib bormoqda.
Diniy qadriyatlarimiz ham yoshlar ma‘naviy kamolotining muhim omillaridan biridir. Asrlar mobaynida xalqimizning ma‘naviyati, insonparvarlik, adolatparvarlik, ma‘rifatparvarlik kabi ezgu fazilatlari Sharq falsafasi va islom diniy ta‘limoti bilan uzviy ravishda rivojlanib kelgan. Ma‘naviy qadriyatlarimizni qayta tiklash, o’zligimizni anglash jarayoni kechayotgan hozirgi paytda umuman dinga – islomga munosabat tubdan o’zgardi.
Har qanday jamiyatda komil insonni tarbiyalash uchun asosan uning ruhiy-ma‘naviy olamini boyitish, ongiga ezgu fazilatlar va yuksak ahloq ruhini singdirish alohida ahamiyatga ega. Diniy qadriyatlar yurtimizda pok axloqiy va umuminsoniy qadriyatlar, sharqona odob- axloq qaror topishida muhim o’rin egallaydi. Yoshlarda diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlik, qadriyatlarga hurmat bilan qarash tuyg’usini tarbiyalash dolzarb muammolardan biri. Xalq hayotida, madaniyatida din, e‘tiqod, diniy qadriyatlar etakchi o’rinda turgan. Din, - A. Men ta‘kidiga ko’ra, – madaniyatlar, sivilizatsiyalarning mohiyatini, insonga esa butun borliqdagi o’rnini anglashga yordam beradi. G’arb sivilizatsiyasining taraqqiyoti tarsolik, Shrq madaniyatining shakllanishi konfutsiylik, daosizm, buddaviylik va islom bilan bog’liqdir. Demak, dinni anglash, xalq madaniyatini, sivilizatsiyani anglash, diniy qadriyatlarni inkor etish esa xalq madaniyatini, sivilizatsiyani rad qilishga intilishdir.
_______________
Nadjimov G.N. Narodnыe traditsii i kultura. –Toshkent:
Ma‘lumki, e‘tiqod kishiga ma‘naviy quvvat, kuch, o’ziga ishonch, g’oyalariga sobitlik beradi. Diniy e‘tiqodi barqaror kishi boshqaga dushmanlik qilmaydi, uning moliga ko’z olaytirmaydi, nafsga, takabburlikka berilmaydi. Islomiy ma‘naviy qadriyatlar negizida soddalik, beg’arazlik, ezgulik yotadi. Zero haqiqiy e‘tiqodli kishi o’zi yashayotgan uy, mahalla, mamlakat va davlat uchun mehr ko’zi bilan boqib uning kelajagi uchun qayg’uradi.
Ma‘naviy barkamol avlodni tarbiyalashda adabiyot va san‘atning ham ahamiyati katta. San‘atning qudratli kuchi shundaki, u nafaqat insonga ma‘naviy ozuqa beradi, balki butun bir jarayonlarning, taraqqiyotning qudratli quroli bo’la oladi. Adabiyot va san‘at asarlarining kuchi uning xalqchil va tushunarliligida, kishilar ichki ruhiy dunyosiga emotsional ta‘sir ko’rsata olishidadur. Yoshlar tarbiyasida adabiyot va san‘atning ana shu xususiyatini hisobga olish muhimdir. Ma‘naviy tarbiyada o’zbek xalqining boy ma‘naviy merosidan, jumladan, Yusuf Hos Hojib, Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Mashrab, Muqimiy, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Usmon Nosir, Abdulla Avloniy kabi klassik shoir va yozuvchilarimiz asarlaridan foydalanish, yoshlar qalbini, ruhiy dunyosini ma‘naviy boyitishda katta ahamiyatga egadir.
Demak, biz – ota-onalar, o’qituvchilar, jurnalistlar, adabiyot va san‘at ahli yoshlar ongiga ajdodlarimizning pokiza va o’tli muhabbatini chuqur singdira olishimiz, shuningdek, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, iste‘dod va mahoratlarini namoyon qilishga qaratilgan shart-sharoitlardan unumli foydalanish, ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish bo’yicha amaliy takliflar bilan chiqish, hamda yot g’oyalardan asrash uchun mafkuraviy immunitetni shakllantirish lozim.

_______________________


«Ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida»O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son qarori
XULOSA
O’zbek xalqi o’z madaniyati va ma‘naviyatida yoshlar tarbiyasiga alohida e‘tibor bergan va bunday komillik darg’alarini etishtirish har bir zamonda muhim sanalgan. Hazrat Navoiy bobomiz ham: ―Olamdan g’amsiz o’tay desang, ilm-u hunar o’rgan. Dunyodan kamolotga etmay o’tish – hammomdan toza bo’lmay chiqishning xudi o’zi, - deya ta‘riflaganlar. Demak, dunyoga kelmoqdan murod komillikka, yaxshilikka intilmoqlikdir.
Har bir millat o’z kelajak avlodida komillikni ko’rishni orzu qiladi. Bunday insoniy fazilatlar esa oilada shakllanadi. Jamiyatdagi ma‘naviy-axloqiy muhitning sog’lomligi, komil inson tarbiyasi ko’p jihatdan oilaviy madaniyatga, tarbiyaga bog’liqdir. Oila qanday bo’lsa, jamiyat ham shunday bo’ladi.
Inson umrining tòrtdan uch qismi turar joyida, uyida, xo’jalik hayoti kechadigan makonda o’tadi. U shu makonda tug’iladi, parvarish oladi, yurishni, gapirishni, ijtimoiy borliqqa o’z munosabatini bildirishni o’rganadi. Xalqimizning: "Qush uyasida ko’rganini qiladi,"- degan maqoli nafaqat farzandlarga, barcha insonlarga taalluqlidir. Shuning uchun ham «oila – kichik davlat», «oila – kichik jamiyat» deyishadiki, bu xo’jalik hayoti bilan bog’lik muhitning insonning shakllanishida qanchalik muhim rol o’ynashini ta‘kidlaydi.
Axloqiy munosabatlar dastavval oilada shakllanadi. So’ng oiladagi munosabatlar yasli va bolalar bog’chalarida, maktab va oliy o’quv yurtlarida, jamoa joylarida takomillashadi. "... tarbiyani, - deydi Abdulla Avloniy - tug’ilgan kundan boshlasak, vujudimizni quvvatlandurmak, fikrimizni nurlandurmak, axloqimizni go’zallandurmak, zehnimizni ravshandurmak lozim ekan. Tarbiyani kimlar qilur? Qanday qilinur? Bu savolga "birinchi uy tarbiyasi" deb javob bermak lozim". Demak, adib ham oila tarbiyasiga ahamiyat beryapti.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, Yusuf Hos Hojib farzand tarbiyasida ko’proq ma‘suliyatni otalar zimmasiga yuklaydi. Bugungi kunda farzand tarbiyasi faqatgina onalar zimmasiga qolib ketmayaptimi, degan haqli savol tug’iladi. Haqiqatdan ham shunday. Natijada yoshlar orasida qonunbuzarliklar ko’payib ketyapti. Oilada otaning roli, ma‘suliyati pasayib bormoqda.
Bolalar ma‘naviy dunyosining o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri, kattalarni namuna deb bilishlari hisoblanadi. Hech qanday narsa bolalarga namuna kuchidek ta‘sir ko’rsata olmaydi. Namuna taqlid uchun asosiy manba rolini o’ynaydi.
Hozirgi vaqtda terrorizmning tajovuzidan o’zini xoli his qiladigan birorta qit‘a yoki davlatning o’zi yo’q. Yurtimizga qarshi tajovuz va qo’poruvchilik xurujlarini tashkil qilish niyati bilan yurgan kuchlarning tuzog’iga tushganlarning aksariyati birinchi navbatda oilada jiddiy ta‘lim-tarbiya olmagan yoshlardir. Ular ijobiy ma‘nodagi vorislik, ya‘ni avloddan avlodga o’tib boradigan ibratli an‘analardan yiroq, muhiti nosog’lom bo’lgan oilalarda o’sgan, omadi yurishmagan, hayotda o’z o’rnini topmagan, jamiyat e‘tiboridan chetda qolgan o’smirlardir. Agar o’smir yoki o’spirinda yoshlikdan kitobga, bilimga mehr shakllanmagan bo’lsa, uning bilimi sayoz, tushunchalari tor bo’lsa, u sog’lom g’oyani zararli g’oyadan, dunyoviylikni dahriylikdan, ziyoni jaholatdan farqlay olmaydi.
Har bir oilaviy an‘ana va udum mafkuraviy tarbiyaning muhim yo’nalishi hisoblanadi. Bolalarda yoshlikdan xalq va yurt taqdiri uchun fidoiylik tuyg’usini shakllantirish mafkuraviy tarbiyada muhim o’rin tutadi. Buning uchun bola hayotining dastlabki yillaridan boshlab, uni narsalar olami bilan tanishtirishning milliy an‘analarimizga xos shakllarini qo’llash lozim. Bu jarayonda milliy turmush tarzimizga yot bo’lgan «jangari» o’yinchoqlar, multfilmlar, kinofilmlardan imkon qadar foydalanmaslik. Sharqona odob va bashariyatning ezgu intilishlarini aks ettiruvchi o’yinlar, o’yinchoqlar, rasmli kitobchalar, milliy ertaklar asosida yaratilgan multfilmlar bolalardagi ilk yoshlikdan mafkuraviy qarashlarning to’g’ri shakllanishida qo’l keladi.


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə