Mavzu:”Men va mening sog’lig’im “



Yüklə 13,81 Kb.
tarix18.03.2022
ölçüsü13,81 Kb.
#84564
Bayonnoma Matkasimova


N7. Bayonnoma.

272-KTIDMTT ning 3-katta guruhi o’tkazgan ochiq mashg’ulot taxlili

Bayonnomasi. 18.02.2022YIL

272-KTIDMTT direktori F.N.Yuldasheva

-nafar tarbiyachilar

-nafar defektologlar

-jismoniy tarbiya yoriqchisi

Metodist.



Mavzu:”Men va mening sog’lig’im “

Yakka mashg’ulot.

Defektolog:

Matkasimova Zebiniso Rashidovna

Maqsad:

-“Men va mening sog’lig’im” mavzusida lug’at boyligini oshirish.



Korreksion rivojlantiruvchi vazifa:

-Diqqatni to’plash, takdil idrok, ko’ruv idroki, xotira va tafakkurini shakllantirish;

-Lug’at boyligini boyitish;

-Bog’langan nutqini rivojlantirish;

-Xarakat va nutq koordinatsiyasini rivojlantirish;

-Mayda matorikani rivojlantirish;

-Nutqiy nafasni rivojlantirish;

Tarbiyaviy korreksion vazifa:

-O’ziga va atrofdagilarga xurmat bilan munosabatda bo’lishni o’rgatish;

-Shaxsning iroda sifatlarini tarbiyalash.

So’zga chiqdi:defektolog Rahmonberdiyeva D.A.

Mashg’ulotga juda yaxshi tayyorgarlik ko’rilgan ,bolalar uchun juda qiziq bo’ldi,hamma markazlar qamrab olingan.Tashkiliy qisim juda o’zgacha va qiziqarli bo’ldi.

So’zga chiqdi:tarbiyachi Rasuleva D.Ya.

Mashg’ulot qiziqarli,bolalarning yoshi uchun mos tanlangan,pedagoglar bolalarga individual yondoshishdi.Mashgulotga juda yaxshi tayyorgarlik ko’rishgan ,mashgulot konspekt asosida olib borildi.Pedagoglarni ovoz tembri yaxshi,bolalarni diqqatini o’zi jalb qila oldi,bolalar uchun juda qiziqarli bo’ldi.

So’zga chiqdi:defektolog Umarova N.M.

Mashg’ulot menga juda yoqdi,bolalarni har biriga individual yondoshildi.Tovushlarni tafsiflash juda yaxshi bo’ldi.Markazlarda juda yaxshi ishlashdi ,bolalar uchun qiziqarli bo’ldi.Markazlarda o’yin tariqasida bolalar uchun tushunarli va qiziq bo’ldi.Pedagoglarni nutqi ravon ,ohista,tushunarli,o’ziga qarata oldi.

So’zga chiqdi:defektolog Yusupova D.G.

Pedagoglar mashg’ulotga juda yaxshi tayyorgarlik ko’rishgan,bolalar uchun juda qiziqarli bo’ldi ,tarqatma materiallar mashg’ulotga juda mos tayyorlangan pedagoglar mashg’ulotga yaxshi tayyorgarlik ko’rishgan.Alohida parvarishga muhtoj bolalarga individual yondoshildi.AKT dan foydalanildi,tashkiliy qisim juda yashi bo’ldi.Pedagoglarni nutqi ravon ,tushunarli,ovoz tembri yaxshi,bolalar uchun tushunarli va qiziqarli bo’ldi.

So’zga chiqdi:Metodist Xujamova Z.M

Xonada gigiyenik muhit yaratilgan, honaning harorati normada, hona mashg’ulotga did bilan bezatilgan, honaning yorug’ligi meyorida, kerakli jihozlar tayyorlab qo’yilgan. Mashg’ulotga juda yaxshi tayyorgarlik ko’rilgan, mashg’ulot ishlanmasi mavjud.

Xulosa:Mashg’ulotda hamma markazlar qamrab olingan,mashg’ulotning tashkiliy qismi juda qiziq va o’zgacha usulda bo’ldi.Alohida e’tiborga muhtoj bo’lgan bolalarga individual yondoshildi.

Taklif va tafsiyalar :

1.Mashg’ulot ko’proq hamkorlikda olib borilishi kerak.

2.Mashg’ulot davomida bolalarga halaqit bermaslik uchun videoga olib taxlil qilish kerak.

3.Mashg’ulotda psixolog ham qatnashishi kerak.Bolalarni mashg’ulot davomida tinchlantirish uchun kerak.



Kotiba: Ismoilova B.R
Yüklə 13,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə