Mazvu: pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qitivchi mahorati masalalarining o’rni va ahamiyati mundarij a kirish


Yunon va Rim faylasuflarining pedagoglar hamda ularning notiqlik san’ati to’g’risidagi g’oyalari



Yüklə 82,99 Kb.
səhifə5/7
tarix19.12.2023
ölçüsü82,99 Kb.
#152608
1   2   3   4   5   6   7
Bob. Eng qadimgi davr va sharq mutafakkirlarining o’quv amaliyot-fayllar.org

2.1. Yunon va Rim faylasuflarining pedagoglar hamda ularning notiqlik san’ati to’g’risidagi g’oyalari
Antik davrdagi maktablar Sparta, Afina va Rim tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida faoliyat olib borganlar. Qadimgi Yunonistonda bunday joylar akademiya deb nomlangan. «Akademiya» so‘zi afsonaviy qahramon Akadema nomidan kelib chiqqan. Eramizdan avvalgi V asrda Afina yaqinidagi Akadema so‘zi bilan nomlanuvchi joyda Platon o‘z shogirdlariga ma’ruzalar o‘qigan bo‘lib, keyinchalik ta’lim-tarbiya berish uchun tashkil etiluvchi maskanlar ham shunday nom bilan atala boshlangan. Qadimgi Yunonistonda bolalarga ta’lim-tarbiya berish faylasuflar zimmasiga yuklatilgan edi. Ular notiqlik san’atining yetuk namoyondalari bo‘lib, o‘zlarining chiroyli so‘zlari, baland va ta’sirchan ovozlari bilan ta’lim oluvchilarning tafakkuriga, ongiga kirib borganlar, ta’lim va tarbiyada ulkan yutuqlarga erishganlar. Shu sababli, notiqlik san’ati va nutq madaniyatining nazariyasiga, uning cheksiz tarbiyaviy ahamiyatiga ilk marotaba qadimgi Yunonistonda asos solinganligi ilmiy adabiyotlarda bayon etiladi. Yunonistonda epos, lirika, drama, haykaltaroshlik, musiqa va me’morchilik san’ati bilan birga notiqlik san’ati ham murakkab va muhim san’at asari sifatida tan olingan. Notiqlik san’atini davlatning muhim ijtimoiy-siyosiy ishlariga taalluqli faoliyatdagi ahamiyati uchun hamda yosh avlodni tarbiyalashda ular ongi va tafakkuriga qizg‘in ta’sir etuvchi murakkab vosita sifatida rivojlantirganlar.
Eramizdan avvalgi V asr Yunonistonda yoshlarga ta’lim-tarbiya berish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning eng takomillashgan davri bo‘lgan. Shu sababli “Notiqlik san’ati” ham qizg‘in rivojlangan davr hisoblanadi. Bu davrda notiqlikning uchta qonuniyati umumiy shior sifatida e’tirof etilgan:
  • o‘quvchilarga tushuntirish (ma’lum bir mavzuni);


  • o‘quvchilar ongini uyg‘otish (inson tafakkurini, ongini, maqsadini);


  • har bir tinglovchiga huzur-halovat va qoniqish uyg‘otish.


Yunonistonda notiq ushbu qonuniyatlarga amal qilgan holda o‘quvchilarga, ya’ni “tinglovchilarga halovat bag‘ishlash” orqali ularni ezgulikka, adolatparvarlikka, vatan oldidagi burchga sadoqatli bo‘lishga, yaxshi amallarni bajarishga, axloq va odob qoidalariga rioya qilishga chorlar edi. Bu uning jamiyat oldidagi asosiy vazifasi hisoblanardi. Notiqlik san’atini chuqur egallagan, o‘zlarining go‘zal va chiroyli nutqlari bilan jamiyatda hurmat va e’tibor qozongan Dinarx, Giperid, Gorgiy, Sokrat, Isey, Esxil, Demosfen kabi namoyondalar mashhur davlat arboblari bo‘lib etishganlar.


Yunon faylasuflari o‘qituvchilarning ta’lim va tarbiya berishda og‘zaki nutqning shakl va qonuniyatlarini, mulohaza va isbot kabi mantiq ilmi qoidalarini chuqur o‘zlashtirishlari lozimligini qat’iy talab qilganlar. Shuning uchun pedagog o‘qituvchilar o‘z fikrlari va tuyg‘ularini o‘quvchilar hamda tinglovchilar tafakkuri va ongiga chuqur singdira olganlar va keskin ta’sir o‘tkazganlar. Har bir pedagog o‘zlarining notiqlik san’ati ustida tinimsiz mashg‘ulotlar olib borganlar, sehrli ovoz sohibi bo‘lish uchun nutq texnikasining barcha qonuniyatlariga amal qilganlar. Ular o‘z nutqlarini mafkuraviy va siyosiy kurash hamda yosh avlodni tarbiyalash quroli deb hisoblaganlar.
Notiqlik san’ati tarixi haqida so‘z yuritganda qadimgi Yunon notiqligi, Rim hukmronligi davridagi notiqlik, O‘rta Osiyo notiqligi tarixi haqida bir qator ma’lumotlarning mavjudligini aytish mumkin.
Juda ko‘plab ilmlar markazi hisoblangan Yunoniston notiqlik san’ati sohasida ham jahon madaniyati tarixida yorqin sahifalar yaratgan. Qadimgi yunon notiqlik san’ati o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan murakkab voqelikdir.
Notiqlik san’ati haqidagi ilk ma’lumotlarni Gomerning (eramizdan oldin XII asrlar o‘rtasida yashagan) “Iliada” va “Odisseya” dostonlaridan olish mumkin. Gomer dostonlari ma’lumotiga qaraganda, qadimgi Yunoniston tuprog‘ida eramizdan avvalgi shu davrlarda Nestor, Menelay, Odissey, Axill kabi mashhur notiqlar bo‘lgan. Bu to‘rt notiq shu san’atning 4 yo‘nalishiga mansub bo‘lib, ular maxsus notiqlik maktablarida tahsil olganlar.
Bu san’at harbiy mutaxassislik va boshqa zarur ijtimoiy mutaxassisliklar qatori maxsus maktablarga ega bo‘lgan. Shuning uchun e’tiborli oilalar farzandlarini yoshligidan shu san’at bilan qurollantirishga uringanlar.
XIII-XII asrlardagi notiqlik san’ati tarixiy taraqqiyotning madaniy cho‘qqisi bo‘lgan, ana shu ravnaq necha asrlar osha yangidan ko‘tarilgan, keyingi yuksaklikning pishib yetishiga ijobiy ta’sir etgan.
Attika davri yoki Afina notiqligi.
Eramizdan oldingi 499-449- yillar orasida, ya’ni 50 yil davomida Eron-Yunon urushi bo‘ldi. Ellik yillik urushda g‘olib chiqqan yunonlar davlati tez rivojlana boshlaydi va siyosiy-ijtimoiy taraqqiyotning yuqori bosqichiga ko‘tariladi. Shu taraqqiyot bilan birga ilm-fan, madaniyat ham tez gurkirab o‘sa boshlaydi. Bu taraqqiyot jahon tarixida hozirgacha mo‘tabar sahifani egallab turibdi. Taraqqiyotning asosiy markazi Attika viloyati edi - hozirgi Afina. Bu davlat Attika yo Afina davlati, eramizdan avval X-1X asrlarda yashnagan madaniyat Afina yoki Attika madaniyati deb yuritiladi. Notiqlik san’ati jahon madaniyati tarixida yunon notiqligining Attika davri notiqligi deb yuritiladi.
Antik dunyo madaniyati va san’atining gullab-yashnashiga sabab bo‘lgan asosiy omil, ijtimoiy tuzumning demokratik asosda qurilganligidir. Ilm-fan, madaniyat shu demokratiya tufayli ravnaq topdi.
Eramizdan avvalgi V asrga kelib Yunoniston hududi yirik shaharlar doirasida uyushgan kichik davlatlardan iborat edi. Bu shahar-davlatlar polislar deb atalardi. Har bir polis mustaqil davlat sifatida demokratik asosda ish ko‘rardi. Afina davlati shu polislar ichida eng yirigi edi.
Afina davlatida uch organ hal qiluvchi qudratga ega bo‘lgan Ulardan biri xalq majlisi, ikkinchisi Besh yuzlar Kengashi deb ataladi. Sud ham katta ijtimoiy-siyosiy mavqega ega bo‘lgan. Shu uch organ yunon demokratiyasini tashkil etardi.
Besh yuzlar Kengashi, eng yirik arboblar Kengashi bo‘lib, davlat ahamiyatidagi masalalar bo‘yicha kiritiladigan takliflar, qonun-qoidalar loyihasini tuzib, muhokama etardi. Ana shu jarayonda Kengashning har bir a’zosi muhokama etilayotgan masala bo‘yicha o‘z fikrini aytar, har tomonlama asoslab, nutq so‘zlardi. So‘zlovchi o‘z nuqtai nazarini himoya qila olsa, loyiha qabul qilinar, asoslay olmasa qabul qilinmasdi.
Besh yuzlar Kengashi demokratiyasi erkin muhokama etish va erkin qarorga kelishdan iborat edi. Shu muhokama erkinligi, so‘z erkinligi notiqlarning yetishib chiqishiga zamin yaratdi. So‘z erkinligi - demokratiya, notiqlikning taraqqiyotiga sabab bo‘ldi. Kengashdagi muhokama nutqlari majmuasidan notiqlik san’atining yo‘nalishi yuzaga keldi. Yunon notiqligining bu ko‘rinishiga Kengash notiqligi deb nom berildi. Kengash notiqligi davlat miqyosidagi masalalarni hal etishga qaratilgan bo‘lib, siyosiy xarakterga ega edi. Shuning uchun bu toifaga mansub notiqlar siyosiy yoki harbiy notiqlar edi. Besh yuzlar Kengashida ham, xalq majlisida ham muhokama etilayotgan masala bo‘yicha qaror, erkin ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinar va ko‘p ovozga ega bo‘lgan tomon g‘olib kelardi. Ko‘p ovoz olishning birdan-bir yo‘li majlis ahlini ishontirish, ko‘tarilgan masalaning mohiyatini ocha olish edi.
Attika notiqligi 2 davrga bo‘linadi.
1. Eramizdan oldingi 462-yilgacha. Afina davlat tuzumi eng demokratik tusga kirguncha.
2. Eramizdan oldingi 462-332-yillar orasi, Afina davlati Makedoniyaga qaram bo‘lib qolgan vaqtgacha.
Afina davlati jahonga notiqlik san’atining yirik namoyandalarini yetkazib berdi. Ma’rifatparvar kishi sifatida o‘z atrofiga Anaksagor, Suqrot, Gerodot, Sofokl, Fidiy kabi buyuk siymolarni to‘plagan va ularga homiylik qilgan, notiqlik san’atida barkamol Perikl; o‘z notiqlik maktabi bilan mavjud rasmiy notiqlik uslublariga qaqshatqich zarba bergan va o‘z zamondoshlarini ergashtira olgan, muzokara bobida juda kuchli bo‘lgan Kleon; logograflik bilan shug‘ullangan, o‘zidan keyin o‘tgan Isey, Gipenid va Demosfen kabi yirik notiqlar ijodiga katta ta’sir ko‘rsatgan Litsiy; notiqlik, falsafa, yurisprudensiya sohasida o‘z zamonasining eng yirik fan va madaniyat arboblari bo‘igan Suqrot, Tisiy, Gorgiylardan ta’lim olgan va o‘zi Afinada ochgan notiqlik maktabi katta shuhrat qozongan Isokrat; o‘z nutqlariga istagancha rivoyat, afsona, naql va hikmatlarni qo‘shib yuborgan, notiqlik mahorati tufayli qo‘liga tushgan har qanday ishni o‘zi va mijozi foydasiga hal qila olgan Isey; Lisiy kabi notiqlik san’atidan kasb o‘rnida foydalangan, buyuk davlat arbobi sifatida juda ko‘p siyosiy nutqlar so‘zlagan Demosfen; o‘zining yuksak saviyali, ta’sirchan deklamatsiyasi bilan tinglovchilar qalbini rom etgan va shuning uchun bo‘lsa kerak, "Attikalik o‘nta notiq qonuniga kiritilgan Esxin; demokratiya tarafdori bo‘lib, Demosfen bilan birgalikda Afina davlati va yunon xalqining iqboli uchun kurash olib borgan Giperid shular jumlasidandir.
Epideyktik notiqlik.
Afinada notiqlik san’atiga cheksiz qiziqish natijasida, uning yangi ko‘rinishlari yuzaga kela boshladi. Shulardan biri epideyktik notiqlik, ya’ni tantanali notiqlikdir.
Shu davrgacha bo‘lgan notiqlik ko‘rinishlari muayyan amaliy ehtiyoj uchun xizmat qilardi. Tantanali nutq ko‘rinishi notiqlik san’atiga bo‘lgan katta qiziqishning mahsulidir. Undan ko‘zlangan maqsad, o‘z notiqlik mahoratini namoyish etish, notiqlik san’atining barcha imkoniyatlarini ishga solib, tinglovchilarga estetik zavq bag‘ishlashdan iborat edi.
Epideyktik nutqning mavzusi uning maqsadiga ko‘ra turlicha edi. Masalan, xudolar haqidagi afsonalar, xalq qahramonlari (Axill, Gerakl va x.q.) madhiyasi, mashhur kishilar hayotiga oid (Gomer, Aristid va h.q.) sarguzashtlar kabi.
Tantanali nutq matnlari shu qadar go‘zallik, badiiy, lingvistik bezaklarga boy holda tuzilardiki, ularni notiq og‘zidan eshitish emas, hatto o‘qib chiqishning o‘zi katta zavq berardi. Iste’dodli notiq talqinida bu nutqlar badiiy o‘qishga, ajoyib artistona ijrochilikka aylanib ketar va tinglovchilarga chindan ham estetik zavq bag‘ishlardi. Yozma adabiyotning paydo bo‘lishida notiqlik san’atining roli juda katta bo‘lganidek, nafis adabiyotning go‘zal, lirik shakllari yuzaga kelishida epideyktik notiqlikning ta’siri kattadir.
Sud notiqligi Yunoniston polislarida, xususan, Afina davlatida eng mavqe va e’tiborga ega bo‘lgan notiqlik ko‘rinishlaridan biri.
Antik demokratiya qoidalariga ko‘ra, har bir erkin fuqaro xohlagan paytda, xohlagan ish bo‘yicha sudga murojaat etishi va o‘z manfaatini himoya qilishi mumkin edi. Sud jarayonida esa sud hay’ati chinakamiga demokratik, odilona pozitsiyada turib, da’vogar bilan himoyalanuvchi esa har biri o‘z manfaatini himoya qilish uchun kurashardi. Sud hukmining qaysi tomon foydasiga hal bo‘lishi ko‘pincha sudlanuvchi shaxs yoki da’vogarning notiqlik san’atidagi mahoratiga bog‘liq edi. Qaysi tomon o‘zining mantiqiy, faktologik talqini bilan sud hay’atini ishontira olsa, hukm o‘shaning foydasiga chiqarilar edi. Antik sud jarayonining ana shu demokratik xarakteri notiqlik san’atini ommaviy ehtiyojga aylantirdi va bu san’atning rivoji uchun zamin yaratdi. Logograflar va sinegorlar degan kasb egalari paydo bo‘ldi.
Aleksandr Makedonskiy hukmronligi davrida yunon xalqining fan va madaniyat sohasidagi yutuqlari sharq mamlakatlariga yoyila boshladi. Bu madaniyat jahonning Makedonskiy hukmronligi ostidagi juda ko‘p xalqlar madaniyatini birlashtirdi va yagona bir madaniyatni vujudga keltirdiki, tarixda bu davr madaniyati ellinizm davri madaniyati deb yuritiladi. Quldorlik jamiyati rivojlangani, madaniyat va san’at taraqqiyoti kabi notiqlik san’atining rivojlanishi uchun ham sharoit yaratmagani bois ellinizm davrida notiqlik san’ati o‘zining siyosiy-ijtimoiy mavqeini yo‘qota bordi.
Keyinchalik Rim istilochilari zulmidan parokanda bo‘lgan va tanazzulga yo‘l tutgan yunon notiqlik san’ati qayta qaddini tiklay olmadi. Afina davlatining gullab-yashnagan davrida taraqqiy etgan yunon notiqlik san’ati jahon notiqlik san’atining cho‘qqisi bo‘lib qoldi.
Rim notiqligi.
Yunon madaniyati, xususan, Afina notiqlik san’ati tanazzulga yuz tutgan bir paytda Italiyada Rim notiqlik san’ati rivojlana boshladi. U antik notiqlikning yana bir muhim tarmog‘i edi. Bu notiqlik lotin tilida shakllanganligi tufayli lotin notiqligi deb ham yuritiladi.
Rim imperiyasi ijtimoiy mazmuni jihatidan quldorlik tizimiga asoslangan bo‘lib, unda faqat ijtimoiy tuzum taraqqiyoti emas, balki notiqlik san’ati taraqqiyotida ham Yunoniston tarixining, xususan, Afina tarixining ayrim bosqichlarining takrorlanishini ko‘ramiz. Chunki Rim madaniyatiga yunon, xususan Attika madaniyati katta ta’sir o‘tkazgan edi. Negaki, yunon demokratiyasining ravnaqi eramizdan oldingi V asrga to‘g‘ri kelsa, Rim imperiyasining rivojlanish davri eramizdan oldingi IV-III asrlarga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham ilg‘or yunon madaniyati, yunon notiqlik san’atining Rim notiqlik san’atiga ta’sir etishi tabiiy bir hol edi.
Eramizdan oldingi II asrdan boshlab Rim imperiyasining quldorlik siyosati kuchaydi. Bu o‘z navbatida qullarning g‘azab kosasi to‘lishiga sabab bo‘ldi va qullar bilan quldorlar orasida keskin kurash davri boshlandi. Ajoyib satirik Lusiliy (eramizdan oldingi 180-102 yillar) asarlarida bu kurash yorqin aks ettirilgan. Siyosiy-ijtimoiy sharoitda so‘z san’ati yana kuchga kirdi va davlat arboblari shu qudratli qurol – notiqlik san’ati vositasi bilan kurash olib bordilar. Rim imperiyasida Katon, aka-uka Grakxlar, Mark Antoniy, Sitseron kabi yirik notiqlar yetishib chiqdi.
Yirik davlat arbobi va notiqlardan biri Katon qadimgi olimlarning hisobiga ko‘ra 150 taga yaqin nutq meros qoldirgan. Katonning eng sevimli usuli masalani muxtasar, ixcham bayon qilish uslubini qo‘llagan. U masalani g‘oyat keskin tarzda qo‘ygan. Fikrlarni stilistik jihatdan g‘oyat go‘zal konstruksiyada, ifodali va ta’sirchan shaklda bayon etishni xush ko‘rgan. Har bir masala bilan tanishar ekan,uni atroflicha o‘rganib chiqishga e’tibor bergan. Katon notiq sifatida shu qadar kuchli mahorat egasi ediki, bu borada unga Sitseron ham tan berib yozadi: "Hammasini yanada chiroyliroq, yanada nafisroq qilib aytish mumkin, ammo hech narsani undan kuchliroq va jonliroq qilib aytish mumkin emas". His-hayajon bilan so‘zlash borasida Sitseron deyarli hech kimga shu qadar yuksak baho bermaydi.
Sitseron fikricha, "har qanday notiqning asosiy maqsadi – tinglovchining zavqini uyg‘otib, o‘ziga moyil qilishdan iborat". Buning uchun esa, zarur bo‘lgan notiqlik uslublarining barcha imkoniyatlaridan foydalanish mumkin. Sitseron sud notiqligi bo‘yicha shuhrat qozongan. U eramizdan oldingi 63-yilda oliy lavozimga – konsullikka saylanadi. Bu lavozimda turib u aristokratlarni himoya qiladi va demokratik guruhlarning ashaddiy dushmaniga aylanadi.
Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra Sitserondan quyidagi asarlar qolgan:
1. Jami 150 nutq. Shundan 58 tasi bizgacha yetib kelgan.
2. Falsafa mavzularida yozilgan 12 ta asar.
3. Notiqlik tarixi va nazariyasiga oid 7 ta risola.
4. Jami 800 ga yaqin maktub.
Sitseronning notiqlik san’atiga bag‘ishlangan asarlari orasida uch risola – "Notiq haqida", "Brut yoki mashhur notiqlar haqida" va "Notiq" nomli asarlari juda katta tarixiy, nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Chunki bu risolalarda notiqlik san’ati deyarli barcha aspektlarda tahlil etilgan.
Sitseron notiqlik mahorati o‘ziga xos xislatlarga ega. Masalan, u biror fikrni bayon etar ekan, nutqini shu fikr doirasi bilan cheklab qo‘ymagan. Aksincha, uning nutqlarida fikr erkinligi hukmron bo‘lgan va notiqning falsafiy, siyosiy, axloqiy qarashlari har doim uyg‘un tarzda mujassamlashgan. Sitseron notiq sifatida o‘z tinglovchisiga emotsional ta’sir etish masalasiga alohida e’tibor bergan. Shuning uchun ham uning nutqlarida balandparvoz so‘z, ibora va jumlalar ko‘p uchrar, nutqining umumiy yo‘nalishi ulug‘vor uslubga moyil edi. Biroq ana shu ulug‘vorlik orasida u oddiylik, kulgi-mutoyiba, ritorik savollardan ham foydalanardi. Shu jihatdan qaraganda uning nutq uslubi qorishiq, umumiylashgan uslubga ham o‘xshab ketardi.
Sitseron matnning ravonligi, go‘zalligi, ifodaliligi va musiqiyligiga alohida ahamiyat bergan.
Sitseron o‘z nutqiga katta tayyorgarlik ko‘rgan. Shunday bir rivoyat bor, Sitseron bir kuni nutq so‘zlashga tayyorlanib ulgura olmagani uchun nima qilishini bilmay turgan ekan. Xuddi shu paytda bir qul xizmatkor kirib, majlis qoldirilganini xabar qilibdi. Sitseron quvonganidan o‘sha qulni shu zahotiyoq ozod qilib yuborgan ekan. Kishi shoir bo‘lib tug‘iladi, ammo notiq bo‘lib yetishadi, degan hikmatni olg‘a surgan Sitseron chindan ham notiqlik san’atini izlanish va mehnat tashkil etishini yaxshi tushungan va shu haqiqatga ishongan.
Sitseron nutq kompozitsiyasiga alohida e’tibor bergan. Ayniqsa, nutqning kishilar ongiga ta’sir etuvchi qismi - argumentatsiya, mantiqiy isbotlarga va kishilarning hissiyotiga ta’sir etuvchi qismiga alohida e’tibor qilgan.
Sitseron nutq jarayonida uch muhim omilga alohida e’tibor berishni ta’kidlagan. Bu nutqning kirish qismi, xotimasi va repetisiyasidir.
Sitseronning hayoti, ijodi, falsafiy va adabiy qarashlari, notiqlik mahorati va bu sohadagi ta’limoti hozirgi kunda ham amaliy va nazariy ahamiyatga molikdir.
Mashhur faylasuf olim Sokrat (eramizdan avvalgi 469-399) o‘quvchilar bilan savol-javob usuli orqali ta’lim-tarbiya berishning suhbat metodiga asos solgan. Sokratning shogirdi Platon o‘z ustozi g‘oyalarini davom ettirib, o‘quvchilar bilan savol-javob usulini notiqlik san’atining bir shakli sifatidagi ahamiyati cheksiz ekanligini bayon etadi hamda uni inson tafakkuri va ongini, dunyoqarashini og‘zaki nutq bilan boyituvchi noyob uslub sifatida baholaydi.
Yunonistonda yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda notiqlik san’atining ahamiyatini yoritib berish hamda uning rivojlanishi faylasuf olim Demosfen (eramizdan avvalgi 384-322) nomi bilan uzviy bog‘langan. U yoshlik yillaridanoq notiqlik san’atiga qiziqdi. Tug‘ma duduq bo‘lishiga qaramasdan, o‘quvchi va tinglovchilarning istehzolariga bardosh berib, qizg‘in va shiddatli mehnati bilan notiqlik mahoratini namoyish eta olgan. Barcha dunyoviy bilimlarni faqat notiqlik san’atining olijanob qudrati asosida tinglovchilar tafakkuriga etkazish mumkin deb ta’kidlagan edi faylasuf. Faqat Demosfen Yunonistonda notiqlik san’atining yetuk namoyondasi, ya’ni elitasi sifatida mashhur bo‘ldi. U davlat tribunasini siyosiy va mafkuraviy kurash maydoniga aylantirdi.



Yüklə 82,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə