Media savodxonlik va axborot madaniyati



Yüklə 94,93 Kb.
səhifə1/11
tarix27.12.2023
ölçüsü94,93 Kb.
#163184
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mediasavodxonlik va axborot madaniyati fanining predmeti va jamiyat taraqqiyotida tutgan oʻrn


Mediasavodxonlik va axborot madaniyati fanining predmeti va jamiyat taraqqiyotida tutgan oʻrni
REJA:
1. “Media savodxonlik va axborot madaniyati” fanining ob'ekti, predmeti, maqsadi va vazifalari
2. Media savodxonlik va axborot madaniyati tushunchasi, mazmun va mohiyati
3. Media va axborot savodxonligi talablari va afzalliklari.
4. O‘zbekistonning demokratiya sari taraqqiyotida, fuqarolarning ijtimoiy hayotdagi ishtirokining faollashuvida media va axborotning ahamiyati
5. “Media savodxonlik va axborot madaniyati” fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi
O‘zbekiston jahon axborot makoniga shiddat bilan integratsiyalashmoqda. Mamlakat fuqarolari bugungi kunda jahon hamjamiyati tomonidan to‘plangan ma'lumot va axborotlarni cheksiz ravishda olish imkoniyatiga ega. Biz oladigan va foydalanadigan axborotning sifati bizning hayotiy tanlovimizga, ijtimoiy-siyosiy faoliyatimizga katta ta'sir ko‘rsatadi. Bugun axborot muhitidagi islohotlar, matbuot bilan hamkorlik “munosabatlarining ustuvor jihatlarini to‘g‘ri belgilash”ga va ommaviy axborot vositalari (OAV) “faoliyati ustidan nazorat qilishning iqtisodiy mexanizmlari, axborot manbalarining yopiqligini, shuningdek, tahririyatlarga hokimiyat organlari va ma'muriy tuzilmalar tomonidan bo‘layotgan ma'lum darajadagi bosimlarni bartaraf qilish”ga qaratilgan. Shu o‘rinda parlament tomonidan “ijro hokimiyati organlari faoliyatining, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning, davlatning ichki hamda tashqi siyosatining ochiqligi va oshkoraligi”1ni ta'minlaydigan bir qator qonunlarni qabul qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2014 yil 5 may kuni respublikamizda “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Mazkur qonun milliy axborot makonining yanada shaffof bo‘lishiga, uning kengayishiga hamda global axborot makonida O‘zbekiston imijining, milliy kontent mazmuni, shakli va usullarining boyishiga xizmat qilishi shubhasiz. So‘nggi yigirma yil davomidagi texnika va texnologiyalar taraqqiyoti OAV, axborot manbalari va axborot yetkazib beruvchilari (kutubxonalar, arxivlar, Internet va b.) faoliyatining beqiyos kengayishiga olib kelib, fuqarolarga uning ulkan hajmidan foydalanish va almashinish imkonini yaratdi. Pirovard natijada, fuqarolar ushbu axborotning ishonchli ekanligini baholash, o‘z fikrini erkin aytish borasidagi huquqlarini to‘laqonli amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Shuning uchun ham kun tartibiga fuqarolarning media va axborot savodxonligi(MAS)ni ta'minlashdek dolzarb masalani qo‘ymoqda. Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasining 19-moddasida ko‘rsatilishicha, “Har bir inson e'tiqod erkinligi va uni erkin ifoda etish huquqiga ega; ushbu huquq o‘z e'tiqodiga to‘siqsiz tarzda sodiq bo‘lish hamda axborot va g‘oyalarni har qanday vositalar bilan har qanday davlat chegaralaridan qat'iy nazar izlash, olish va tarqatish erkinligini o‘zida mujassam etadi”. Mazkur huquqning amalga oshishi mediata'lim bo‘yicha 1982-yilda qabul qilingan Gryunvald deklaratsiyasi bilan ham belgilanadi.

Yüklə 94,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə