Media savodxonlik va axborot madaniyati



Yüklə 94,93 Kb.
səhifə7/11
tarix27.12.2023
ölçüsü94,93 Kb.
#163184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mediasavodxonlik va axborot madaniyati fanining predmeti va jamiyat taraqqiyotida tutgan oʻrn

«Media» atamasi (lotincha - medium, ya'ni vosita, vositachi, usul) turli ko‘rinishdagi kommunikatsiya va axborot vositasini anglatadi. Media tushunchasi mazmuniga axborotni yaratish, nusxalashtirish, tarqatish vositasi hamda mualliflar va ommaviy auditoriya o‘rtasida axborot almashinuvining texnik vositalari kiradi. Bugungi kunda media atamasidan OAV yoki mass-media tushunchalarining sinonimi sifatida foydalaniladi. Hozirgi zamon jamiyati taraqqiyotiga medialarning ta'siri yil sayin oshib borib, ular vositasida insonlar atrof-voqelikni ijtimoiy va ruhiy jihatdan anglamoqda va baholamoqda. Zamonaviy medialarning asosiy jihatlari sirasiga tadqiqotchilar kreativlik (yaratuvchanlik, ijodkorlik) va innovatsiyalarni kiritmoqda. Mazkur atamaga aynan shunday tavsif www.edu.jobsmarket.ru saytida keltirilgan. Shu bilan birga boshqa manbalarda ham media istilohiga shu tarzdagi tavsiflar berilganini ko‘ramiz.
«Media - ommaviy axborot vositalari, ham keng, ham maxsus auditoriyaga mo‘ljallangan ko‘ngilochar takliflarni tavsiya etuvchi, yangilik, axborot va reklama axborotini tarqatishga yo‘naltirilgan ko‘p sonli va serqirra funktsiyalarni amalga oshiruvchi kommunikatsiya kanallaridir». Aksariyat hollarda mutaxassislar media atamasi o‘zagida aynan ushbu tavsifni ko‘radi. Shunga qaramasdan, mazkur istilohning tor mazmuni ham mavjud. Ayrim tadqiqotchilar mazkur media atamasi mazmunida alohida axborot muhiti sifatida aynan OAVni, boshqalari esa – aniq axborot tashuvchini nazarda tutadi. Kommunikatsiya kanali sifatida medialar sirasiga mutaxassislar bosma nashrlar, elektron OAV, shu jumladan Internet, reklamaning tashqi vositalari va, hatto, pochta tarqatmasini, ya'ni, tovar yoki xizmatlar sotuvchisi va iste'molchi o‘rtasidagi hayot mamot zvenosi funktsiyasini bajaruvchi barcha omillarni kiritadi”
2. Axborot savodxonligi – axborotni tanlash, baholash, qayta ishlash va uzatish borasidagi ko‘nikmalar va malakalar majmuini bildiradi. Ushbu majmuani 1jadvalda ko‘rish mumkin. Axborot savodxonligi axborotga egalik, uni baholash va axloqiy qoidalarga rioya qilgan holda foydalanishning muhimligini e'tirof etadi. Axborot savodxonligi quyidagi jihatlarni qamrab oladi:

  • Axborot ehtiyojlarini aniqlash va shakllantirish;

  • Axborotni izlash va unga egalik qilish;

  • Axborotni baholash;

  • Axborotni tizimlashtirish;

  • Axborotdan axloqiy qoidalarga rioya qilgan holda foydalanish;

  • Axborotni uzatish;

  • Axborotni qayta ishlash uchun AKT bilan ishlash ko‘nikmalaridan foydalanish.


Yüklə 94,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə