Media va axboriy savodxonlik bo'yicha myammoli/tarbiyasi ogir yoshlar toifasi bilan ishlash uchun



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/115
tarix29.11.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#143279
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   115
Media va axboriy savodxonlik bo\'yicha myammoli tarbiyasi ogir yo

Vazifa: 
aniqligi shubhali bo’lgan yangiliklarni aniqlash, ularning qaysi 
birida nomuvofiqlik mavjud ekanligi ko’rsatish (vazirlikka 
yuboriladigan 
tavsiya xati uchun).
Xabarlar trener tomonidan shunday tanlanadiki, ishtirokchilar ularga 
nisbatan noto’g’ri ma’lumotni aniqlashning barcha markerlarini qo’llay 
oladilar.
Vazifani bajarish uchun sarflanadigan vaqt 

10 daqiqa.


39
Bugungi kunda deyarli har qanday yangiliklar fotosurat bilan tasvirlanadi. Bu 
bizni ko'proq xabardor qilish, xabarga e'tiborni jalb qilish, nashrga yanada 
nufuz berish uchun amalga oshiriladi (agar fotosurat asl nusxada bo'lsa). 
Ammo ko'pincha yo'ldan ozdirish uchun ham. Masalan, voqea bilan bog'liq 
bo'lmagan fotosurat yangiliklar uchun tanlangan yoki uning ma'nosi 
boshqacha talqin qilinishi mumkin bo'lgan fragmentar fotosurat. 
Fotosuratdan foydalanishning ishonchliligini, uning muallifligini, foydaliligini 
tekshirish, shuningdek ushbu illyustratsiyadan foydalanish bo'yicha 
ma'lumotlarni olish uchun Siz eng oddiy usuldan foydalanishingiz mumkin - 
qidiruv tizimida fotosuratni qidirish. Ushbu oddiy algoritm ko'pincha 
e'tibordan chetda qoladi, garchi u juda katta miqdordagi tasdiqlash 
ma'lumotlarini beradi.
U oson ravishda ishlaydi (slayd quyida taqdim etilgan).
Fotosurat bo’yicha qidirish orqali tekshirish vositasidan 
foydalangan holda, 
biz quyidagilarni aniqlashimiz mumkin:
-
bunday fotosurat umuman mavjudmi?
-
u bu xabarda butunlay yoki qisman qo’llanilganmi
?
-
boshqa manbalarda o’xhash fotosuratlar bormi
?
-
bu yagona miqdordagi suratmi yoki seriyaning bir qismimi?
FOTOSURAT BO’YICHA 
TEKSHIRISH / QIDIRISH
 


40
-
bu fotosurat qachon va qaysi OAV bilan foydalanilgan?
-
fotosuratdan foydalanish kontenti: bu qanday hodisa, unda kim yoki 
nima tasvirlangan?
Fotosuratlarni va fotosuratlar bo'yicha tekshirishning ushbu usullaridan 
tashqari, detektivlar tomonidan ishlatiladigan usuldan boshqa, undan ham 
qiziqarli narsalar mavjud. Bu fotosurat tafsilotlarini tahlil qilish. Tafsilotlar - 
quyidagi sirlarni ochib beradigan kichik ma'lumotlar:

fotosurat qaysi yilda suratga olingan?

yilning va kunning qaysi paytida?

qaysi mamlakatda, qaysi shaharda?

fotosuratda tasvirlangan hodisalarning ishtirokchisi kim bo’lgan
?

hodisa qancha vaqt davom etgan?

Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə