Mustaqil ish Bajardi: Abdusaidov Bekzod



Yüklə 1,4 Mb.
tarix21.10.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#130107
Biznes g\'oya

Mustaqil ish

Bajardi: Abdusaidov Bekzod

Tekshirdi:

Mavzu: Biznes g’oya

Reja: 1. Biznes kontseptsiyasi. 2. Biznes g’oyalarni izlash va tanlash manbalari. 3. Shaxsan o’z o’zini baholash.

1. Biznes kontseptsiyasi Biznes konsepsiyasini rivojlantirish uchun siz quyidagi savollarga javob berishingiz kerak bo‘ladi.


1. Qanday tovar yoki xizmat ko‘rsatishni taklif etasiz. Siz nimani yaxshi bajara olasangiz, bu o‘sha narsa bo‘ladi. Balkim qaysidir sohada ishlash tajribangiz, o‘quv jarayonidagi olgan ko‘nikmalaringiz, qiziqish sohangiz bilan bog‘liq tajribalarnigiz bor bo‘lishi mumkin. 2. Ularni siz kimga taklif etasiz. Sizning iste’molchilaringiz oddiy odamlardan tortib katta kompaniyalargacha bo‘lishi mumkin. Siz o‘z tovarlaringizni kichik biz shaharchada sotishingiz yoki butun mamlakat miqyosida realizatsiya qilishingiz mumkin. Sizning tovar yoki xizmat ko‘rsatishlaringizga kimda ehtiyoj borligini va kim sizning potensial mijozingiz bo‘lishini bilish juda muhim.

3. Tovar va xizmat ko‘rsatishni qanday sotmoqchisiz? Siz ularni bevosita mijozlarga yoki vositachilarga realizatsiya qilasiz. Sizda xizmat ko‘rsatish va boshqalarni taklif etish uchun do‘kon yoki salon bo’ladi.


4. Potensial xaridorlarning qanday ehtiyojlarini siz qondira olasiz? Siz iste’molchilaringizga nima kerakligini aniq bilishingiz kerak. Sizning biznesingizga talabning bo‘lgani juda muhim.

Biznes kontseptsiyasini tuzish


Misol. Nodir Namangan shahrida yashaydi. Bu yili u maishiy xizmat va sеrvis kollеjini tamomladi va u o’z biznеsini boshlamoqchi. Nodir o’z ishini yaxshi biladi, shuning uchun u aholiga maishiy xizmat ko’rsatishni amalga oshirish bo’yicha firma ochmoqchi bo’ldi. O’z biznеsining kontsеptsiyasini tuzar ekan, Nodir quyidagilarni aniqladi:
Biznеsning nomi: Maishiy xizmat ko’rsatish firmasi. Faoliyat turi (tеgishli satrni to’ldiring) • Mahjsulotlarning quyidagi turlarini ishlab chiqarish _________________________ • Quyidagi xizmat turlarini ko’rsatish: maishiy xizmat • Quyidagi turdagi do’konni ochish ____________________________________________ • Ulgurji savdoning quyidagi turi ______________________________________________
Ko’zda tutilgan istе'molchilar: Namangan shahrining aholisi, korxonalar. Sotish usuli: Istе'molchilar qo’ng’iroq qilib ustalar va mutaxassislarni uyga chaqiradilar yoki firmaning ofisiga kеladilar. Quyidagi talab va ehtiyojlarni qondirish: Namangan shahri aholisining elеktrik, santеxnik, farrosh, maishiy tеxnikani ta'mirlash ustasi, binolarni ta'mirlash ustasi va xokazolar xizmatiga bo’lgan ehtiyojlari.
2. Biznes g’oyalarni izlash
va tanlash manbalari
Yaxshi g‘oyalarni izlash tadbirkorning orzulari va ijodiy salohiyatini real gullab-yashnaydigan biznesga tatbiq etish yo‘lidagi dastlabki qadam. Tadbirkorlik g‘oyasining ko‘plab potensial manbalari mavjud. Bunga millionlab tadbirkorlar va ularning gullab yashnayotgan kompaniyalari misol bo‘la oladi.
Masalan: • Shaxsiy qiziqishlar • Shaxsiy ko‘nikma va tajriba • Ommaviy matbuot vositalari
Kerakli biznes g‘oyalarni izlash va ularni tanlash uchun siz quyidagi asosiy to‘rtta savolga javob berishingiz kerak bo‘ladi: • Sizning biznesingiz qanday mahsulotni ishlab chiqaradi yoki qanday xizmat ko‘rsatishni amalga oshiradi?
Biznes g’oyalarni
izlash va tanlash
• Bu mahsulotlar kimga sotiladi yoki bu xizmatlar kimga ko‘rsatiladi? • Bu mahsulotlarni mijozlarga qanday qilib etkazib berasiz yoki ularga qanday qilib xizmat ko‘rsatasiz? • Bu biznes mijozlarning qanday qaysi bir ehtiyojlarini qondiradi?
3. Shaxsan o’z o’zini baholash
Shaxsan o’-o’zini baholash mashqi. 
Birinchidan, sizga biznеs ishini muvaffaqiyatli yuritish uchun kеrakli bilim, ko’nikma va tajribaga egamisiz, shuni bilishga yordam bеradi. 
Ikkinchidan, u xaraktеringizning o’ziga xos xususiyati bilan bog’liq bo’lgan kuchli va kuchsiz tomonlaringizni aniqlash imkonini bеradi.
Ko’nikma, bilim va tajriba. Tеxnik ko’nikmalar Biznеsni boshqarish ko’nikmalari Muloqot qilish va muzokaralarni olib borish ko’nikmalari Motivatsiya (maqsad) Tavakkal qilish qobiliyati va hohish Qaror qabul qilish Oila tomonidan qo’llab-quvvatlash Moliyaviy imkoniyatlar

E’tiboringiz uchun rahmat!!!


Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə