|
Media va axboriy savodxonlik bo'yicha myammoli/tarbiyasi ogir yoshlar toifasi bilan ishlash uchun88c7e5b9646148fab716c26a7d76524cTrenerning 1-varianti:
«Temur skeytbordda uchishga qiziqishni boshladi va o'zi uchun
professional skeytbord sotib olishga qaror qildi. U bir oz ayyorlik qilishga
qaror qildi: ota-onasiga cho'ntak puli yetmayotganligini aytdi. Ota-onasi
unga bir oz ko'proq pul berishni boshladi. Ammo kerakli miqdorni tezroq
yig'ish uchun uning o'zi ham pul ishlab topishni boshladi: eski narsalarni
Internet orqali sotib olishni va qayta sotishni boshladi. To'plash uchun
ozgina miqdor qolganda, savdo ham bir oz sekinlashdi. Kunlarning birida
Temur do'konda xaridorlardan birining hamyoni qanday tushib qolganini
ko'rdi. Buni odamning o'zi ham, boshqa xaridorlar ham payqamadilar.
Temur hamyonni oldi - ichida katta mablag' bor edi. Gumonga tushmaslik
uchun yigit bir nechta kupyuralarni chiqarib, hamyonini tashlab yubordi.
Olingan mablag' skeytbord sotib olish uchun yetmagan miqdorni qopladi.
Temur skeyt sotib oldi.
Trenerning 2-varianti:
«Temur skeytbordga qiziqishni boshladi va o'zining professional
skeytbordini sotib olishga qaror qildi. Ammo buning uchun ancha mablag'
kerak bo'ldi. Ota-onasi unga cho'ntak pulini berishdi, lekin u ularni tejashni
istamadi va uni saqlamadi. U boshqa yo'l bilan mablag' yig'ishga qaror
qildi. Temur bog'dagi qo'shnilarning mevalarini o'g'irlash va uzoq bozorda
sotish uchun bir nechta tengdoshlarini yig'di. Ammo tez orada ular shubha
ostiga tushdilar va bolalar bu ishlarini to'xtatdilar. Keyin Temur
sheriklariga metallolom qidirishni maslahat berdi. Ba'zan yigitlar
hovlilaridan yoki kirish joylaridan hanuzgacha foydalanadigan narsalarni
sudrab ketishardi. Ammo bu maqsadga muvofiq edi. Temur metal
buyumlarni sotish bilan shug'ullanar edi, shuning uchun u daromadning
katta qismini o'ziga qoldirar edi. Tez orada kerakli miqdor yig'ildi. Ammo
Temur o'sha vaqtga kelib unga skeyt kerak emasligiga qaror qildi. Bir
necha kun ichida u barcha pullarini onlayn o'yinlarga sarfladi».
Ikkala variantni ham o'qib chiqqandan so'ng, trener tinglovchilarni
Temurning hikoyasini har bir talqinidagi muhim ma'lumotlarni navbat
bilan nomlashga taklif qiladi. Javoblar ikki xil ustunda flipchartga yozib
qo'yiladi.
Keyingi bosqich, o'z navbatida, ikkita hikoyaning asosiy fikrlarini
umumlashtirish.
Dostları ilə paylaş: |
|
|