Mehmonxonada kadrlarni rejalashtirish Reja: Mehmonxona sanoatida inson resurslarining roli



Yüklə 230,2 Kb.
səhifə5/6
tarix11.12.2023
ölçüsü230,2 Kb.
#145331
1   2   3   4   5   6
Mehmonxonada kadrlarni rejalashtirish

Xulq-atvori(o‘zini tutishi):

  • Tashqi ko‘rinishi;

  • O‘z kuchiga ishonchi;

  • Moslashuvchanlik va kirishimlilik;

  • Bosiqliq.

Maqsadga intiluvchanligi:

  • Xizmat bo‘yicha ko‘tarilish istagi;

  • Tashabbuskorligi;

  • Topshiriqlarni bajarishga tayyorlik;

  • Tirishqoqliq.

  • O‘z bilimlari va ma’lumotini oshirish qobiliyati.

Intellektual qobiliyati:

  • Zehni;

  • Abstrakt fikrlash qobiliyati;

  • Menejerning harakatlariga munosabati;

  • Fikrlash darajasi;

  • Muzokara olib borish qobiliyati.

So‘zlashish uslubi:

  • Topqirliq;

  • Ko‘p so‘zlilik;

  • O‘z fikrini aniq bayon etish.



4. Xodimlarni baholash

Xodimlarni baholash- shaxsning ishbilarmonlik va shaxsiy fazilatlari lavozim yoki ish o‘rni talablariga muvofiqligini aniqlashga yo‘naltirilgan izchil jarayondir.


Xodimlarni baholash metodlarini uch asosiy guruhga birlashtirish mumkin:

  1. prognostik metodlar. So‘rovnoma ma’lumotlaridan, yozma yoki og‘zaki ta’rifnomalardan, rahbar va hamkasabalarning fikr-mulohazalari va tavsiyanomalaridan, shaxsiy suhbatlar va psixologik testlardan foydalaniladi;

  2. amaliy metodlar. Xodimning amaliy ish natijalariga asosan uning xizmat vazifalarini bajarishga yaroqliligi tekshiriladi. Buning uchun xodimni muayyan lavozimda sinash usullari va texnikasidan foydalaniladi;

  3. imitatsion metodlar. Nomzodga muayyan vazifani hal qilish topshiriladi.

Pirovardida shaxsning xususiyatlari va ishchanligi ekspert baholanadi.har bir holatlarda baholash mezonlari to‘plami bo‘lg‘usi ishning mazmuni va sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Bunda nomzodning yo kasbiy yo shaxsiy fazilatlari birinchi o‘ringa qo‘yilishi mumkin. Xodimni muayyan lavozimda sinash usullari va texnikasidan foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu usullar yordamida nomzod mehnatining samaradorlik darajasi aniqlanadi. Ayni holda ekspertlardan ob’ektiv baho olish ayniqsa mushkuldir. Ekspertiza uchun nomzod mehnatini baholashning quyidagi shakli taklif qilinadi(2-jadval). nomzod mehnatini baholash
jadval

Yüklə 230,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə