Mehmonxonada kadrlarni rejalashtirish Reja: Mehmonxona sanoatida inson resurslarining roli



Yüklə 230,2 Kb.
səhifə6/6
tarix11.12.2023
ölçüsü230,2 Kb.
#145331
1   2   3   4   5   6
Mehmonxonada kadrlarni rejalashtirish

Nomzod mehnatini baholash



Sifat mezoni

Mezonning rivojlanish darajasi

A

V

S

D

E

Mehnat miqdori
















Mehnat sifati
















Ishga munosabat
















Ishda puxtalik
















Hamkorlikka tayyorlik
















Eslatma. A- mehnat unumdorligi yetarli emas; V- mehnat unumdorligi talab darajasida; S- mehnat unumdorligi talabga to‘liq javb beradi; D- mehnat unumdorligi talab darajasidan ham yuqori; Ye- mehnat unumdorligi talab darajasidan ancha yuqori.


Mehnat miqdorini baholashda mehnat hajmi, mahsuldorligi, intensivligi, foydalanadigan vaqt aniqlinadi.
Mehnat sifatini baholashda ishda yo‘l qo‘yilgan xatolar ulushi, mehmonxona mahsulining sifati, uning jahon andozalariga muvofiqligi aniqlanadi.
Ishga munosabatni tahlil qilishda xodimning tashabbuskorligi, ishda katta og‘irlikni o‘z zimmasiga olish imkoniyati, turli vaziyatlarga moslashish imkoniyati va b.baholanadi.
Ishda puxtalik ishlab chiqarish vositalariga munosabati, ulardan foydalanishni, xom ashyo va materiallardan oqilona foydalanishni, ish o‘rnida moddiy harajatlarning hisobga olinishi darajasini va b.nazarda tutadi.
Hamkorlikka tayyorlikni bqo‘yilgan vazifalarni birgalikda hal qilishda xodimning ishtiroki, jamoadagi munosabatlar, jamoa ishida qatnashish ko‘nikmalari, chetdan aytilgan fikrga munosabat, boshqa shaxsiy fazilatlar e’tiborga olinadi.
Ushbu mezonlar xodimni baholash negizini tashkil etadi. Ularning har birini miqdoriy ifodalash muhimdir(ballarda).Ballarda baholash mazkur mezonlar muayyan xodimda qay darajada mavjudligini aniqlash imkonini beradi.


4. Ishga qabul qilish

Xodimlarni baholash o‘tkazilgandan keyin, nihoyat, ko‘plab nomzodlar orasidan eng yuqori baho olgan bita talabgor tanlab olinadi. Tarmoq rahbari uni firmaga ishga olishga rozilik berganidan so‘ng yangi xodim Bilan shartnoma tuziladi. Shartnomani muhokama qilish ishga yollash jarayoning tarkibiy qismi ekanligini hisobga olish lozim. Shu sababli suhbatlashish paytida og‘zaki shaklda bo‘lsa ham qilingan takliflar shartnomaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Odatda “shartnoma” atamasi ikki taraf o‘rtasida yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan bitimni anglatadi. Har qanday shartnoma kimdir taklif qilinishi va kimdir bu taklifni qabul qilishini nazarda tutadi.


Ishga olinayotgan xodimga taqdim etilishi lozim bo‘lgan shartnomaning shartlari va muddatlari haqidagi axborotning minimal hajmiga quyidagi ma’lumotlar kiradi:

  • taraflar(ish beruvchi va xodim)nomi;

  • ishning nomi;

  • ishni boshlash sanasi(shartnoma ma’lum muddatda tuzilayotgan bo‘lsa shartnoma muddati tugaydigan sana);

  • mehnat haqining tarif stavkasi yoki hisob-kitob qilish usuli;

  • mehnatga haq to‘lashning davriyligi(haftalik, oylik, b.);

  • bayram kunlari va ularga haq to‘lash;

  • kasallik va baxtsiz tasodif tufayli ta’tillarni rasmiylashtirish va ularga haq to‘lash qoidalari;

  • pensiyani hisob-kitob qilish sxemasi va pensiya sug‘urtasi davlat tizimi xodimga nisbatan amal qilish-qilmasligi haqida ma’lumot;

  • shikoyatlar berish tartibi;

  • shartnoma muddati tugagunga qadar xodim ishni to‘xtatish haqida xabarnoma olishi yoki ariza berishi lozim bo‘lgan muddat.

Mehnat shartnomasida yuqorida zikr etilgan barcha bandlar bo‘lishi lozim.
Adabiyotlar:



  1. Aleksandrova A.Yu. Mejdunarodniy turizm. - M: Aspekt Press, 2004.

  2. Balabanov I.T., Balabanov A.I. Ekonomika turizma. Uchebnoye posobiye M.: Finansi i statistika.2003 g.

  3. Balashova Ye «Gostinichniy biznes» M.2005g.

  4. Bgatov A.P. Turistskiye formalnosti. «Akademiya». M. 2004.

  5. Birjakov M.B. Vvedeniye v turizm. S.Pb.: Izdatelskiy Torgoviy

Dom «Gerda», 2006.

  1. Bogdanov Ye.I. Planirovaniye na predpriyatii turizma SPb.: Izd.d. «Biznes- press» 2005

  2. Gulyayev V.G. Turizm: Ekonomika i sotsialnoye razvitiye. M.: FiS 2003

  3. Kamilova F.K. – «Xalkaro turizm bozori»// o'quv kullanma, Toshkent. TDIU-2001

  4. Kvartalnov V.A. Menedjment turizma: ekonomika turizma. Uchebnik. 2002

  5. Kabushkin.N.N. Menejment turizma. -Mn.: Novoye znaniye 2005 god.

Yüklə 230,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə