176
texnologiyasini paydo bo‘lishi tufayli turli-tuman
axborotlarni zamonaviy AKT
vositalaridan foydalanib taqdim etish imkoniyati yaratildi.
Giperbog‘lanish (ingl.
hyperlink
) – gipermatnli hujjatning bir qismi bo‘lib,
ushbu yoki boshqa bir hujjatning elementiga (masalan, fayl, matn, sarlavha, rasm
va b.) o‘tishni bajaradi.
Bu yerda uchraydigan tushunchalar bitta ma’noga ega, bular: Giperbog‘lanish;
Giperaloqa; Gipermurojaat; Giperhavola.
Giperbog‘lanish html-hujjatning istalgan elementi orqali amalga oshirilishi
mumkin va odatda uni brauzer boshqa elemendan
farqliroq qilib tasvirlaydi
(masalan, rangi bilan ajratadi). Ushbu element faolligi bilan boshqalaridan ajralib
turadi, ya’ni kursor unda o‘z shaklini o‘zgartiradi.
Agar giperbog‘lanish orqali foydalanuvchi oldinroq o‘tgan bo‘lsa, unda uning
ham rangi boshqacha tasvirlanadi.
Agar giperbog‘lanish Internetda joylashgan obyektga o‘tishini belgilash kerak
bo‘lsa, unda giperbog‘lanishda uning to‘liq URL manzili ko‘rsatilgan bo‘lishi
kerak.
Agar ko‘rsatilgan manzilda obyekt mavjud bo‘lmasa, u holda brauzer xatolik
borligini ma’lum qiladi.
Misol sifatida, html-hujjatdan namunalar keltiramiz.
1)
1-Matn
- hujjatning o‘zida ”#manzil” joyiga o‘tishni
bajaradi, faqatgina ushbu manzil
hujjatda quyiudagicha ko‘rsatilishi lozim:
2-Matn
2)
- hujjatning o‘zida ”#1-bob” joyiga o‘tishni rasm orqali bajaradi.
3)
O
‘
zbekiston Milliy axborot agentligi
- hujjatdan
http://uza.uz/
veb-saytiga o‘tishni bajaradi.