Mehmonxonalarda axborot kommunikatsion tizimlar


 – BOB. ZAMONAVIY TAQDIMOTLAR YARATISH TEXNOLOGIYASI



Yüklə 4,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/109
tarix28.11.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#138230
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   109
Mehmonxonalarda axborot kommunikatsion tizimlar

5 – BOB. ZAMONAVIY TAQDIMOTLAR YARATISH TEXNOLOGIYASI
Mamlakatimizda sayyohlar oqimning asosiy qismi turistik markazlar — 
Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlariga to‘g‘ri kelmoqda. Vaholanki, 
yurtimizning bir qator boshqa mintaqalarida ham turizmni rivojlantirish 
imkoniyatlari katta. Buning uchun mavjud turistik obyektlarning milliy turizm 
mahsulotlarini elektron shakllarini yaratish talab etiladi.
Mazkur bobda turizm sohasida qo‘llaniladigan zamonaviy multimedia 
texnologiyalari, masalan, taqdimot, elektron katalog kabi ma’lumotlar berilgan 
bo‘lib, unda quyidagi bo‘limlar yoritilgan: 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
5-bob

Taqdimotlar yaratish dasturiy vositalari.

Multimedia texnologiyasi.

Virtual sayohat, muzey, mehmonxona.

Axborotiy ma’lumotnomalar tizimi.

Elektron katalog.

Gipermatn texnologiyasi.

HTML tili haqida.

Veb-sahifa yaratish asoslari.

Veb-sahifani Internetda joylashtirish texnologiyasi. 

Tayanch so‘z va iboralar 

Nazorat savollari 

Test savollari 

Foydalanilgan adabiyotlar 


162 
 
 
1. Taqdimotlar yaratish dasturiy vositalari 
 
Biz har kuni odamlar bilan muloqot qilamiz, ma’lumotlar almashamiz. 
Ma’lumotlar almashganda, masalan ovoz, sxemalar, rasmlar, chizmalar yordamida 
bo‘lishi mumkin. 
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, taqdim etilayotgan ma’lumotlar majmuasi 
matn, rasm, sxema, grafiklar, ovozli, videofayllar ko‘rinishida bo‘lsa, eshituvchi 
yoki kuzatuvchi uchun tushunarli, qulay va oson bo‘ladi. 
Bir obyektni qisman, faqat matn ko‘rinishida tushuntirib bo‘lmaydi. Shu 
sababli, ma’lum bir obyekt haqida umumiy ma’lumotlarni taqdim etish uchun har 
xil uslubdagi namoyishlarni qulay hamda osonlashtirish maqsadida elektron 
taqdimot yaratilgan. 
Hozirgi kunda ta’lim sohasida, rasmiy uchrashuvlarda, reklamalar va har xil 
turdagi yig‘ilishdagi taqdimotlar keng qamrovli va amaliy jihatdan hammabopdir. 
Yaratilayotgan taqdimot mazmunli, tushunarli bo‘lishi uchun unda grafik-
lardan, sxemalardan, audiofayllardan va videofayllardan foydalanilgan holda 
chiroyli so‘zlar bilan va unga qo‘shimcha namoyish effekti sifatida musiqani 
tashkil qilib, namoyishni o‘tkazish mumkin. 
Taqdimot uchun yuqorida aytilgan barcha jihatlarni birlashtirib, yagona 
elektron faylga aylantirsak, faylni ekranga berish yoki proyektor yordamida katta 
auditoriyalarda taqdimotni ko‘rish mumkin. 
Bu bilan taqdimotni bir kishini boshqarib o‘tkazish uchun emas, balki katta 
hajmdagi ishlar, shu jumladan qog‘ozga bosma ishlari, suratga olish, diskka yoki 
kassetaga yozish ishlariga barham berildi. Taqdimot jarayoni faylga jamlangan 
bo‘lib, ekranga uzatilganda ma’lumotlarni sezilarli darajada tushunish osonlashadi. 
Microsoft PowerPoint dasturi juda ixcham va shu bilan birgalikda oddiy 
dastur bo‘lib, yaratilayotgan elektron taqdimotning asosidir.


163 
Microsoft PowerPoint yangi turlari vujudga kelishi bilan foydalanuvchilarga 
yanada ko‘proq imkoniyatlarni yaratadi. 
Microsoft PowerPointning boshqa dasturlar bilan interfeysi maksimal 
darajada bo‘lib, bu dasturning funksionaliga biriktirilgan. 
Foydalanuvchi bu dasturni tez o‘zlashtiradi va samarali elektron taqdimotni 
yaratadi. Dasturning katta yutuqlaridan biri katta ko‘lamdagi fayllar majmuasini 
yagona faylga keltirib, taqdimotga tayyorlaydi. Buning natijasida bu dastur ixcham 
va tezkor taqdimot darajasiga ko‘tariladi. 
Microsoft 
PowerPoint 
mavjud 
uskunalar 
yordamida 
ma’lumotlar 
qo‘shimcha bejirim ko‘rk berish mumkin. Bu holat kuzatuvchilarda katta taassurot 
hosil qilib, berilayotgan ma’lumotlarning asosiy maqsadini va mazmunini oson 
tushunish imkonini beradi. 
Microsoft PowerPoint dasturida yaratilgan taqdimotni bevosita internet 
tarmog‘i orqali ham ko‘rish imkoniyati bor. 
Taqdimot – bu slaydlar deb atalmish bir - biri bilan almashib kelayotgan 
kadrlardan (slaydlardan) tashkil topgan. 

Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə