Mehmonxonalarda axborot kommunikatsion tizimlar



Yüklə 4,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/109
tarix28.11.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#138230
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   109
Mehmonxonalarda axborot kommunikatsion tizimlar

Taqdimot
— bu slaydlar va maxsus effektlar (animatsiya, audio va video 
tasmalar, interfaol elementlar ) to‘plamidir. 
Slayd – Microsoft PowerPoint dasturining asosiy ishchi sohasi bo‘lib, bu har 
xil tipdagi ma’lumotlar (matnli, rasmli, grafikli, audio, video va h.k.) bilan 
ishlashga mo‘ljallangan. 
Slaydlararo jarayonlarda turli xil yo‘nalishlar, holatlar mavjud bo‘lib, ular 
avtomatik yoki foydalanuvchi tomonidan belgilanadi. 
Slaydlar mantiqiy bog‘langan va yagona mavzu doirasida tuziladi va 
umumiy shablon asosida yaratiladi. 
Taqdimot yaratishda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur.
1)Taqdimotning tarkibi aniq belgilangan bo‘lishi shart: 

Titul (mavzu, muallif ); 

Slaydlarning yagona formati ( stil, ranglar);

Kolontitulni shakllantirish (sana, slayd nomeri); 


164 

Xulosa; 

Adabiyotlar; 

Mustaqil ish topshiriqlari.
2)
Taqdimotdagi matnga qo‘yiladigan talablar yagona bo‘lishi kerak: 

Slayd sarlavhalari diqqatni jalb qilishi kerak; 

Ma’lumotlarni gorizontal joylashtirish

Fon va matn ranglari o

zaro farq qilishi shart; 

Sarlavha shriftlari kamida 24 pt o‘lchamda bo‘lishi kerak; 

Axborotlar uchun shriftlar kamida 18 pt o‘lchamda bo‘lishi kerak. 
3) Axborotlarni qabul qilish darajasini inobatga olish zarur:
2. Multimedia texnologiyasi 
Multimedia tushunchasi kеng ma’nоli bo‘lib, turli sоha mutaхassislari
uni qo‘llanish mazmuniga qarab turlicha talqin etishga harakat qiladilar. 
Elеktrоnika bilan shug

ullanuvchi mutaхassislar ushbu atamani har хil fоrmatdagi 
matn, grafika, animatsiya, tovush, vidео ko‘rinishdagi ma`lumоtlar bilan ishlash


165 
imkоniyatini ta`minlоvchi apparat vоsitalari sifatida tushunadilar. Dizaynеrlar,
animatоrlar, dasturchilar ushbu tushuncha оrqali birinchi navbatda fоydalanuvchi-
ga bir nеcha yo‘l bilan ta`sir ko‘rsatish imkоniyatini bеruvchi tayyor matеrial 
- matn, tovush, animatsiya kabilarni tushunadilar.
Bugungi kunda multimedia tехnоlоgiyalari iqtisodiyotning turli
sоhalarida, jumladan tiurizm industriyasida qo‘llanilishini ko‘rish mumkin.
Multimedia vositalari apparat va dasturlar to‘plami bo‘lib, u insonga o‘zi 
uchun tabiiy bo‘lgan juda turli-tuman muhitlarni: tovush, video, grafika,
matnlar, animatsiyalarni ishlatgan holda kompyuter bilan muloqot qilish imkonini 
beradi. Multimediali tехnоlоgiya bir vaqtning o‘zida ma`lumоt taqdim etishning
bir nеcha usullaridan fоydalanishga imkоn bеradi.
Multimedia sohasida 3D texnologiyalarining kirib kelishi bu sohada yangi 
davrni boshlab berdi. “D” atamasi inglizcha “dimensions” so‘zidan olingan bo‘lib,
“o‘lchamlar” ma’nosini beradi. Ta’kidlash joizki, 3D texnologiyasi tasvirni vizual
va tovushli uzatib berishning dunyodagi eng ilg‘or usulidir. 3D printerlar - uch 
o‘lchamli chizmalar asosida narsa-buyumlar "chop etuvchi" printerlardir. 

Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə