Mehmonxonalarda axborot kommunikatsion tizimlar



Yüklə 4,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/109
tarix28.11.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#138230
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   109
Mehmonxonalarda axborot kommunikatsion tizimlar

 
Multimedia 
- bu kompyuter texnologiyasining
 
turli xil fizik ko‘rinishga ega 
bo‘lgan (matn, grafika, rasm, tovush, animatsiya (xayvonlar tasviri), video va 
sh.o‘.) va/yoki turli xil tashuvchilarda mavjud bo‘lgan (magnit va optik disklar, 
audio va videolentalar va h.k.) axborotdan foydalanish bilan bog‘liq sohasidir. 
 
Multimedia 
(multimedia — ko‘p muhitlilik) 
vositalari 
bu apparat va 
dasturlar to‘plami bo‘lib, u insonga o‘zi uchun tabiiy bo‘lgan juda turli-tuman 
muhitlarni: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va b. ishlatgan holda 
kompyuter bilan muloqat qilish imkonini beradi. 
Multimedia – turli axborotlarni: matnlar, rasmlar, sxemalar, jadvallar, 
diagrammalar, fotografiyalar, video va audio lavhalar va shu kabilarni 
raqamlashtirilgan ko‘rinishda yaratish, saqlash, qayta ishlash va ishlab 
chiqarishdan iborat. 
Hozirgi kunda multimedia atamasi turli xil ma’noda qo‘llanilmoqda, 
masalan: 


166 
-turli xil axborotlarga ishlov berish tartibini yorituvchi; 
-ishlov berish vositalarini qo‘llovchi va amalga oshiruvchi moslama 
texnologiyasi; 
-qo‘llanish vositalari; 
-multimedia texnologiyasiga asoslangan mahsulot; 
-multimedia dasturi; 
-kompyuterning apparat ta’minoti (kompakt disklarni o‘qish uchun 
mo‘ljallangan maxsus qurilmalar); 
-axborotni umumlashtirilgan turi statik (matn, grafika) va dinamik (nutq, 
musiqa, video, animatsiya)larning umumlashtirilgan maxsus turi. 
Multimedia foydalanuvchiga fantastik dunyoni (virtual haqiqiy) yaratishda 
juda ajoyib imkoniyatlarni yaratib beradi, bunda foydalanuvchi chekkadagi sust 
kuzatuvchi rolini bajarmasdan, balki u erda avj olayotgan hodisalarda faol ishtirok 
etadi; shu bilan birga muloqat foydalanuvchi uchun odatlangan tilda — birinchi 
navbatda tovushli va videoobrazlar tilida bo‘lib o‘tadi. 
Multimedia vositalariga quyidagilar kiradi: ma’lumotlarni audio — (nutqli) 
va videokiritish va chiqarish qurilmalari; yuqori sifatli tovushli (sound) va video — 
(video) platalar, videoqamrash platalari (video grabber), ular videomagnitofondan 
yoki videokameradan tasvirni oladi va uni kompyuterga kiritadi; yuqori sifatli 
kuchaytirgichli, tovush kolonkali, katta videoekranli akustik va videoqabul 
qiladigan tizimlar, skanerlar (chunki ular kompyuterga bosma matnlarni va 
rasmlarni avtomatik kiritish imkonini beradi); yuqori sifatli printerlar va plotterlar. 
Multimedia vositalariga yuqori ishonch bilan ko‘pincha tovushli va 
videoma’lumotlarni yozish uchun ishlatiladigan optik va raqamli videodisklardagi 
katta sig‘imli tashqi eslab qolish qurilmalarini ham kiritish mumkin. 
Multimedia – bu interaktiv dasturiy ta’minot boshqaruvida ishlaydigan
vizual va audioeffektli obyektlar jamlanmasi bo‘lib, uni tatbiq etilish sohalariga
ko‘ra bir nechta kategoriyaga ajratish mumkin.
Multimedia tizimidan foydalanish turli maqsadlarni o‘z ichiga oladi. Jumla- 


167 
dan, o‘rgatuvchi dasturlar, ma’lumotnoma-hujjatlar, elektron ensiklopediya 
dasturiy mahsulotlarini tayyorlashda multimedia vositalaridan foydalanish ta’lim 
sifati va samaradorligini oshirish maqsadiga qaratilgan asosiy kategoriyalardan biri 
bo‘lsa, multimedia-mahsulotlarning yana boshqa bir kategoriyasi – bu biznes-
ilovalar tayyorlashga mo‘ljallangan.
Bunda, birinchi kategoriya bo‘yicha multimedia texnologiyalari tegishli soha
vakillarining (ya’ni, asosan dasturchilarining) algoritmli vositalarini
kengaytirish uchun xizmat qilsa, keyingi kategoriyaga tegishli multimedia 
mahsulotlari esa turli prezentatsiyalar tayyorlash, biznes mahsulotlarini reklama
qilishda video-konferensiyalar tashkil etish, ovozli elektron pochta xizmatini
yo‘lga qo‘yish, kompyuter grafikasi animatsiyasi va video-effektlarini ishlab 
chiqish uchun xizmat qiladi.
Multimedia deganda kompyuter uchun mo‘ljallangan tovush, video va turli 
animatsiya effektlari jamlanmasidan iborat texnik yoki dasturiy majmua 
tushuniladi.
Bu majmuani bir to‘plam sifatida olib qaraydigan bo‘lsak, uning
elementlarini tovush, video va animatsiya effektlari tashkil etadi.
Ularni bir so‘z bilan “multimedia elementlari” deb atash mumkin. Shunday 
qilib, multimedia vositalari quyidagi uch guruhga bo‘linadi:
1) texnik multimedia vositalari;
2) dasturiy multimedia vositalati;
3) mavjud multimedia hujjati ta’minoti.
Demak, multimedia vositalari va ularni tatbiq etish bo‘yicha uslublar jam- 
lanmasi birgalikda “multimedia texnologiyalari”ni tashkil etadi (1-rasm).
Multimedia texnologiyalari axborotning ko‘pgina turlarini o‘zida integrat- 
siyalaydi. Masalan:
1)
skanerdan olingan tasvirlar;
2)
yozib olingan ovoz, musiqaviy effektlar va musiqa;
3)
murakkab videoeffektli videolar;


168 
4)
turli animatsiyalar. 

Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə