Mehmonxonalarda axborot kommunikatsion tizimlar



Yüklə 4,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/109
tarix28.11.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#138230
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109
Mehmonxonalarda axborot kommunikatsion tizimlar

 
 
1-rasm. Multimedia texnologiyalari. 
Multimediali mahsulot yaratishda quyidagi vositalar zarur bo‘ladi: 
Zamonaviy kompyuterdagi multimedia vositalari deganda, unga qo‘shimcha
ravishda ulanadigan quyidagi texnik vositalar tushuniladi:
Multimedianing apparatli va dasturiy 
vositalari 
Tasvirlarni yaratish va qayta 
ishlash vositalari 
Axborot tashuvchilar 
Virtual borliq vositalari 
Manipulyatorlar 
Multimedianing dasturiy
vositalari 
Tovushni yozish va eshittirish
vositalari 


169 
1. Videokarta va videomontaj sistemasi;
2. Tovush kartasi va kompyuter akustika sistemasi;
3. Foto va videokameralar;
4. TV-tyuner;
5. Ko‘zoynak, shlemlar va joystik.
Dasturiy vositalar tasnifi quyidagi chizmada keltirilgan: 
Texnik vositalari 
Dasturiy vositalari 
Virtual ta’lim 
jarayonini 
boshqaruvchi tizimlar 
(LMS – Learning
Management Systems) 
Atutor 
Moodle 
Blackboard 
Chamilo 
Claroline 
eFront 
ILIAS 
Metacoon 
OLAT 
Sakai Project 
WebCT 
SharePointLMS 
JoomlaLMS 
eStudy 
Dokeos 
Elektron o‘quv 
resurslarini yaratish
dasturiy ta’minotlari 
(Authoring tools) 
Articulate 
Storyline 
Adobe Captivate 
CourseLab 
Lectora 
Adobe Presenter 
Ispring 
PowerPoint 
CourseBuilder 
eActivity 
eXe 
Engage 
Learn eXact 
Wondershare 
Dinamik saytlar 
yaratish imkonini
beruvchi tizimlar 
(CMS – Content 
Management Systems, 
kontentni 
boshqaruvchi tizimlar) 
1C-Битрикс 
ABO.CMS 
Amiro.CMS 
DotNetNuke 
Drupal 
Joomla 
Kentico CMS 
NetChat CMS 
Open CMS 
SharePoint 
uCoz 
WordPress 
Zikula 
Zotonic 


170 
Istalgan fayl yoki fayllar to‘plamini bitta muhitga birlashtirish,
qolaversa, CD yoki DVD disklar uchun Autorun-menyusini hosil qilishda
Autoplay Media Studio eng kuchli vizual paket hisoblanadi.
Multimedia texnologiyalariga asoslangan amaliy dasturlarni yaratish uchun
Autoplay Media Studio dasturidan foydalanish foydalanuvchilar uchun juda oson
va qulay interfeysni taqdim etadi. Autoplay Media Studio bilan ishlashda deyarli 
dasturlash ishlari talab qilinmaydi. Foydalanuvchi faqat turli dizaynli dasturiy
muhitni tanlash uchun bir nechta tayyor shakllardagi loyiha shablonlaridan 
foydalanishi mumkin. Bunda amaliy dastur muhitini dizaynga boy holatga tashkil
etish uchun Autoplay dasturiy vositasi tarkibida tayyor obyektlar mavjud bo‘lib, 
ular tarkibiga buyruq tugmasi, tovush kuchaytirgichi, fayllarni printerdan
bosmaga chiqarishni ta’minlovchi vosita, Web-saytllarni ochuvchi va ularga 
murojaatni amalga oshirib beruvchi qator funksional obyektlarni kiritish mumkin. 
Amaliy dasturlarga oid grafik qobiqlarni yaratish va uni avtomatik ishga tushirish 
uchun Autoplay Media Studio barcha kerakli fayllarni o‘zi yaratadi. 
Foydalanuvchilar zimmasiga esa faqat qattiq disk va kompakt disklarni yozish 
uchun tayyor loyihalarni shakllantirish vazifasi qoladi.
2008-yilning 12-martida Indigo Rose Corporation kompaniyasi Autoplay
Media Studio 7.1.1007.0 versiyasini taqdim etdi. Dastur foydalanuvchilarga 
obyektlarni o‘zaro bog‘lashni amalga oshirishga yordam beradigan yuzlab 
vositalarni taqdim eta oladi.
Autoplay Media Studio dasturi muhitida Visual Basic, Visual C++,
Java, Macromedia Flash kabi qator tizimlarda yaratilgan hujjatlarni ham bemalol 
qayta ishlash mumkin. Dastur yordamida animatsiyalanuvchi menyuni, kataloglar 
daraxtini, ma’lumotlar bazasini va shunga o‘xshash obyektlarni nafaqat tez 
yaratish, balki ularni boshqarish ham mumkin. Avtomatik ishga tushuvchi 
oynalarni o‘zining kutubxonasidagi “niqob”lardan foydalangan holda ixtiyoriy
shaklda (formada) yaratish mumkin. Bunday “niqob” sifatida .jpg, .bmp va .png 
kabi formatdagi fayllardan foydalanilsa ham bo‘ladi. Qolaversa, ma’lumotlarni CD 
uchun tayyorlagan holda uni dasturning o‘zidan turib, CD yoki DVDga yoza


171 
olishi Autoplay Media Studio dasturi naqadar keng imkoniyatlarga ega 
ekanligini ko‘rsatadi. Tayyor loyiha bunda .exe kengaytmali fayl sifatida o‘zi
ochiluvchi arxiv ko‘rinishda yoki qattiq diskdagi alohida papkada shakllantirilishi 
mumkin.
Bundan tashqari, dasturga matnni orfografik tekshirish imkoniyati ham kiri- 
tilgan. Dasturning bu xossasi uning “Label”, “Paragraph” va “Button” kabi obyekt- 
lari bilan birga ishlaydi. Agar dastur kompyuterga to‘liq versiya bilan o‘rnatilgan
bo‘lsa, matnni orfografik tekshirish uchun uning kutubxonasida juda katta 
hajmdagi lug‘atlar bo‘lishi mumkin.
Shunday qilib, AutoPlay Media Studio 7.0 ning yangi versiyasi quyidagi im- 
koniyatlarga ega holda iste’molga chiqarilgan:
1. Avtomatik ishga tushuvchi xususiy menyu, interfaol taqdimotlar,
multimedia-ilovalar, sanoqli daqiqalarda dasturiy ta’minotlarni yaratish;
2. Loyihaga turli-tuman fotografiya, musiqa, video, animatsiya, matn va
boshqalarni biriktira olish xususiyati;
3. Web-ilovalarni yaratishga mo‘ljallangan mukammallashgan instrumentlar;
4. XML, SQL va shifrlash mexanizmalari bilan ishlay olishi;
5. RTF-formatli hujjatlar bilan ishlay olishi;
6. Slide-show bilan ishlash imkoniyati;
7. Matn rangini o‘zgartirish uchun “RadioButton” obyektining mavjudligi;
8. Bosmaga chiqarishning kengaytirilgan funksiyasi;
9. Obyektlarni formatlash imkoniyati;
10. Kalit so‘zlar yordamida qidiruv tizimining mavjudligi;
11. CD, DVD kabi kompakt disklarga yozish imkoniyati va h.k.
Multimediani qo‘llash sohasiga esa quyidagilar kiradi: 
-Ta’lim; 
-Ishlab ciqarish; 
-Iqtisod; 
-Tibbiyot; 
-Ommaviy axborot vositalari; 
-Harbiy; 
-Ilm-fan; 
-Madaniyat va san’at; 
-Virtual borliq; 
-Saytlar yaratish va boshqalar. 


172 
-Tijorat; 
Multimedia texnologiyalarini qo‘llashda uning quyidagi imkoniyatlari 
inobatga olinadi: 
-katta hajmdagi ma’lumotlarni bir joyda saqlash; 
-tasvirning kerakli joyini kattalashtirish; 
-tasvirlarni taqqoslash va ularni dasturiy qayta ishlash; 
-matn yoki tasvirda maxsus belgilangan obyektlar orqali giperbog‘lash; 
-maxsus sonlar ketma-ketligini uzluksiz audio o‘girtirish; 
-videotasvirlarni qayta ishlash; 
-Internet tarmog‘iga ulanish; 
-har xil turdagi ilovalar bilan ishlay olishi; 
-xatcho‘plardan foydalanish; 
-barcha ma’lumotlarni uzluksiz namoyish etish; 
-ma’lumotlar bo‘ylab bir-biriga oson o‘tish. 

Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə