Mehmonxonalarda axborot kommunikatsion tizimlar



Yüklə 4,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/109
tarix28.11.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#138230
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109
Mehmonxonalarda axborot kommunikatsion tizimlar

6. Gipermatn texnologiyasi 
1965 yil Nelson gipermatn so‘zini qo‘lladi. Van Dam va boshqalar 1967 
yilda gipermatn tahrirlovchisini tuzib chiqdi. Nelson 1987 yil ma’lumotlarning 
gipermatn tahrirlovchisini tuzib chiqdi. 
Jeneva SERN (CERN) da ishlovchi fizik Tim Bernes Li 1990 yil 
gipermatnli loyihani taklif etdi. Bu loyiha fizik olimlarga Internet orqali tadqiqot 
natijalarini o‘zaro almashish imkonini berar edi. Shunday qilib, Xalqaro axborot 
tarmog‘i – 
World Wide Web
(WWW) ga poydevor bo‘ldi.
Veb-brauzer – (yana boshqacha nomi “
Vеb-sharhlovchi
”) gipermatnni 
o‘qish, veb-resurslarda navigatsiyalash va ko‘rib chiqish dasturi hisoblanadi. 
Gipermatn
(ingl.: 
hypertext
) - matnni kompyuterda ifodalash shakli. Unda 
ajratilgan tushunchalar, obyektlar va bo‘limlar orasidagi ma’noli bog‘lanishlar 
avtomatik tarzda qo‘llab-quvvatlanadi. 
Hozirgi paytda axborotlarni tasvirlashning turli uslublarini o‘z ichiga olgan 
va Internetdan foydalaniladigan telekommunikatsion tizimga asoslanayotgan 
gipermatnli texnologiyalar va u bilan aloqador multi va gipermedia texnologiyalari 
paydo bo‘lmoqda. 
Axborotlarni gipermatnli tasvirlash
asosida, ajratilgan matnli lavhalar 
orasida bir-birini kesib o‘tadigan aloqalar o‘rnatiladigan va matnning bir 
lavhasidan boshqasiga o‘tish qoidalari aniqlanadigan chiziqsiz matn tushunchasini 
kiritish yo‘li bilan an’anaviy matn tushunchasini kengaytirish g‘oyasi yotadi. 
Telekommunikatsiya va axborot texnologiyalarining ta’limda qo‘llanilishi yanada 
rivojlangan axborot vositalarini – 
gipermedia tizimlarini
yaratishga olib keldi. 
Gipermuhit yoki gipermedia
deb, tarkibiga axborot turlari (matn, rasm, ovoz, 
video) kirgan gipermatnga aytiladi. Hozirgi paytda juda ko‘p elektron axborotli 
multimedia ensiklopediyalari, ma’lumotnomalar, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar 
yaratilyapti. Ularning har biri o‘zaro mantiqan bog‘langan, rasm, videolavhalarni 
birlashtiruvchi gipermedia-tizimdan iboratdir. Ularning bir qismlari sayt 
ko‘rinishida Internetda joylashtirilmoqda. Maxsuslashtirilgan multimedia 


176 
texnologiyasini paydo bo‘lishi tufayli turli-tuman axborotlarni zamonaviy AKT
vositalaridan foydalanib taqdim etish imkoniyati yaratildi. 
Giperbog‘lanish (ingl. 
hyperlink
) – gipermatnli hujjatning bir qismi bo‘lib, 
ushbu yoki boshqa bir hujjatning elementiga (masalan, fayl, matn, sarlavha, rasm 
va b.) o‘tishni bajaradi.
Bu yerda uchraydigan tushunchalar bitta ma’noga ega, bular: Giperbog‘lanish; 
Giperaloqa; Gipermurojaat; Giperhavola. 
Giperbog‘lanish html-hujjatning istalgan elementi orqali amalga oshirilishi 
mumkin va odatda uni brauzer boshqa elemendan farqliroq qilib tasvirlaydi 
(masalan, rangi bilan ajratadi). Ushbu element faolligi bilan boshqalaridan ajralib 
turadi, ya’ni kursor unda o‘z shaklini o‘zgartiradi.
Agar giperbog‘lanish orqali foydalanuvchi oldinroq o‘tgan bo‘lsa, unda uning 
ham rangi boshqacha tasvirlanadi.
Agar giperbog‘lanish Internetda joylashgan obyektga o‘tishini belgilash kerak 
bo‘lsa, unda giperbog‘lanishda uning to‘liq URL manzili ko‘rsatilgan bo‘lishi 
kerak.
Agar ko‘rsatilgan manzilda obyekt mavjud bo‘lmasa, u holda brauzer xatolik 
borligini ma’lum qiladi.
Misol sifatida, html-hujjatdan namunalar keltiramiz. 
1) 
 1-Matn  
- hujjatning o‘zida ”#manzil” joyiga o‘tishni bajaradi, faqatgina ushbu manzil 
hujjatda quyiudagicha ko‘rsatilishi lozim:
 2-Matn  
2) 
 
- hujjatning o‘zida ”#1-bob” joyiga o‘tishni rasm orqali bajaradi.
3) 
O

zbekiston Milliy axborot agentligi  
- hujjatdan 
http://uza.uz/
veb-saytiga o‘tishni bajaradi.


177 

Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə