7 Sog„liqni saqlash
Boshqa
manbalardan
kelganlar (qamoq-
dan ozod etilgan-lar
va shu kabilar)
Talab Taklif
va boshqa
muassasalar
1-chizma. Mehnat bozori ishtirokchilarining tarkibi
Aholi bandligini ta‟minlashda Respublika Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 6 maydagi “Aholi bandligini ta‟minlash bo„yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi va samaradorligini oshirishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarining shaxsiy mas‟uliyatini oshirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi qarori muhim ahamiyatga ega. Ushbu qarorga ko„ra aholi bandligi o„sishining prognoz ko„rsatkichlarini qanday bajarganligiga qarab, mahalliy ijro hokimiyati rahbarlari (lavozim maoshining 15 foizi miqdorida), hokimlarning birinchi o„rinbosarlari hamda iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlariga (lavozim maoshining 20 foizi miqdorida) rag„batlantirish (mukofotlash) yoki jarima solish choralari qo„llanadi.
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasida ta‟kidlanganidek, faqat 2017 yilda 336 mingdan ziyod yangi ish o„rinlari tashkil etilgan. Xodimlarni ishga joylashtirishda Respublika Mehnat munosabatlari vazirligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan bo„sh ish o„rinlari
yarmarkasi, televideniye, radio va OAVda beriladigan reklamalarning o„rni kattadir.
Demak, xodimlarning ishga joylashishi faoliyat yurituvchi subyektlarning ishchi-mutaxas-sislarga bo‟lgan talabi va ishchi- mutaxassis kadrlar tayyorlab beruvchi oliy va o‟rta maxsus o‟quv yurtlari tomonidan bo‟lgan taklif asosida mehnat bozorida shakllanadi.
Lekin
talab har bir hudud iqtisodiy
rivojlanishdan kelib chiqib, turli xil mutaxassisliklarga bo„ladi. Ishchi kuchiga
taklif bozor talabdan kelib,
kerakli va sifatli mutaxassislar yetkazib berishi lozim. Shuning uchun ham hozir mamlakatimizda kadrlar tayyorlash bo„yicha islohotlar ketmoqda.
Mehnat resurslari (MR) mehnat yoshidagi mehnatga layoqatli kishilar, hamda ishlayotgan yoshlar (IYO) va nafaqachilar (IN)dan iboratdir.
Mehnat resurslari sonini quyidagicha hisoblash mumkin:
Dostları ilə paylaş: