Mehnat faoliyati motivlari Mundajera



Yüklə 46,59 Kb.
səhifə2/6
tarix15.05.2023
ölçüsü46,59 Kb.
#110480
1   2   3   4   5   6
Mehnat faoliyati motivlari Mundajera

Asosiy qism.
Mehnat faoliyatining umumiy motivlari yuqorida aytib o’tilganidek, aniq kasblar doirasida amalga oshadi. Kasb tanlash anchagina qiyin va motivatsion jarayondir. Axir shaxsning to’g’ri kasb tanlashi ko’pincha insonning xayotdan qoniqishga ham sabab bo’ladi.
Insonning qaysi faoliyatini tanlashi ko’proq tashqi omillar haqidagi qarorning qabul qilinishi jarayoni haqida to’xtalishi muhimdir. Bu asosan tashqi holat baholariga, o’zining imkoniyat va qobiliyatlariga, kasb tanlashdagi qiziqish va moyilliklariga bog’liqdir. Tashqi holatini baholash, ijobiy ta’sir ko’satadigan omillar, o’zida ishlab topiladigan pul miqdori, imtiyoz, taklif etilayotgan korxona, muassasaning yashash joyiga yaqin bo’lishi, transpot aloqalarining qulayligi, ish joyi estetikasi va ishlab chiqarishning zararli tomonlari, jamoadagi psixologik iqlim, maqtov va tartibga chaqirish kabilarni qamrab oladi.
O’z imkoniyatlarini baholash sog’lomligi, ishga yaroqliligi, kasbi bo’yicha muhim sifatlarga egaligi, bilim darajasi, stresslarsiz ishga moyilligi, yuqori shovqinli ishda talab etilgan temp va xotirjam ritm bilan ishlay olish imkoniyati kabilarni o’z ichiga oladi.
Qiziqishlarga mos ravishda tanlangan ish joyini baholash, ayni vaqtda ishlayotgan muassasasi, korxonadagi imkoniyat tusiqlari, ishni boshkarish, kasbiy usish, tashabbusning paydo bulishi muxim axamiyatga ega. Ba’zan qiziqish buyicha ish joyini tanlash muxim axamiyat kasb etadi.
Ish joyini va kasbni tanlash motivlari E.S.Chuchunay tomonidan klassifikatsiya kilingan. U kasb motivlarini quyidagilarga ajratadi:

    1. Dominant (kasbga qiziqishning ustun turishi);

  1. Vaziyat bilan bogliq (har doim insonni qiziqtirib kelgan shart sharoitlarni ruyobga chikarish).




  1. Komformist.




  1. Kasbiymotivatsiyalar (o’zigayaqinijtimoiyolamningya’niyaqinlarini, do’stvatanishlariningmaslahdalaribilan).

L. I. Bamburovamusiqaijrochilikkasbinitanlashgasababbo’luvchiomillarsifatidaquyidagilarniajratibko’rsatadi:
Ijod va musiqa ijro etishga bo’lgan qiziqish. Musiqadan zavqlanishga bo’lgan ehtiyoj.
Musiqa asarlarini ijro etishda o’zi tashabbus ko’satishga intilish. Tinglovchilarning kafiyatini ko’tarish, ularga rohat baxsh etish xoxishi. Albatta yuqoridagilar musiqa ijrochilik faoliyatining tuliq motivlari emas. Ular faqatgina musiqachilik faoliyatini boshlashga olib keladi.
A.P.Vasilev tibbiyot xodimi kasbini tanlashning quyidagi asosiy motivlarini keltirib o’tadi:
- Insonlarni davolash istagi;

- Ogir kasalliklar, qariya, yosh bolalarni og’riqlardan xalos etish istagi;


- O’z yaqinlarining sogligi haqida qayg’urish imkoniyati;


- Ilmiy tibbiyot muammolarini hal etish;


- O’z sogligi haqida qayg’urish;


- Moddiy qiziqishlar.


Motivlarning mustaрkamlanishi mеhnat faoliyatida ishlovchilarning ko’pgina omillarini qondirilishiga bogliq bo’ladi. Garb psixologlaridan V.Vrum va E.Disi mеhnat faoliyati motivatsiyasini tarkibiy qismlarini ajratadilar. Unga ko’ra insonlar qanchalik o’z ishidan qoniqsa, shunchalik ular uz ishlarini bajarishga kuchlirok harakat qiladilar. Ularni faoliyat jarayonida rag’batlantirib borilsa, shunchalik qattiqrok ishlaydilar. Bunday yondashuvda amalga oshiriladigan ragbatlantirish ishchilar faoliyatining maxsuldorligiga bogliq. Bunda ular faoliyat ko’rsatadigan firma, kompaniya va tashkilotlardan kuch oladilar. Bu turli ko’shimcha imtiyozlar nafakat ta’lim olish uchun intilish, dam olish, korxona tomonidan tashkillashtiriladi.
Surovnoma natijalariga muvofiq ishdan bushashning turi - ob’ektiv, ob’ektiv - sub’ektiv va sub’ektiv ko’rinishlarga ajratiladi. Ob’ektiv sabablarga soglikning yomonligi va jismoniy holati, turar joyini o’zgarishi, ta’lim olishni davom ettirish, tugish va bolani parvarishlash kabilar kiradi. Ob’ektiv - sub’ektiv sabablarga mеhnat shartnomasining shartlari, kasbiy o’sish, yuksalish imkonining yo’qligi va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Sub’ektiv sabablarga jamoadagi psixologik iqlim, shaxslararo munosabatlar va boshqalar kiradi.
Ishsizlarning ish qidirish motivatsiyalari haligacha ham o’rganilmayotgan muammo bo’lib qolmoqda. Shu bilan birga ishsizlarning axloqi, yangi ish joyini topish bo’yicha faoliyati ko’p jihatdan uning motivatsion jabhalariga, ularning tuzilishiga kam hollarda hayot mazmunining shart sharoitlariga bogliq. M.V. Dmitriy ta’kidlaganidek, ishsizlarning motivatsion jabhalarini o’ziga xos xususiyatlari ish izlashdagi faoliyatlari motivatsion tuzilishlarining hamma ko’rsatkichlariga bogliq xolda namoyon bo’ladi. Ular ijtimoiy o’zgarishlardan mustaqil bo’lish uchun qayta harakat qilishda o’z imkoniyatlaridan foydalanishga turtki beradi. Passiv ishsizlarning motivatsion imkoniyatlarini tuzilish xususiyati alohida motivlarning ham harakatlanuvchanligi bilan tavsiflanadi.

Yüklə 46,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə