Mehnat faoliyati motivlari Mundajera


Mehnat faoliyati motivlari



Yüklə 46,59 Kb.
səhifə3/6
tarix15.05.2023
ölçüsü46,59 Kb.
#110480
1   2   3   4   5   6
Mehnat faoliyati motivlari Mundajera

Mehnat faoliyati motivlari
Kasbiy faoliyat motivlari tuzilishining tavsifnomasi uchun B.N. Dadanov taklif qilgan usullarni qo’llash mumkin. U istalgan faoliyatning sabablari sifatida quyidagi omillarni o’zida aks ettiradi, deb ko’rsatadi:
1 . Ayni faoliyat jarayonidan rohatlanish.
2. Faoliyatning to’g’ri natijalari (yaratiladigan maxsulot o’zlashtirilayotgan bilim va hokazo).
3. Faoliyatni rag’batlatirish (maosh, mansabni oshirish, so’z vositasida va hokazo).
4. Bosh tortish hollarida yoki faoliyat yaxshi bajarilmaganda beriladigan jazodan o’zini olib kochishga intilish.
Bu sabablar salbiy “valentlikka” ham ega bo’lishi mumkin. Masalan, faoliyatdan uzoqlashib, qiziqishlarini so’ndirishi mumkin. Salbiy valentlikni maxsus belgi bilan izohlab, ularni quyidagicha ifodalash mumkin: T-insonga ish jarayonining mashaqqatli, yoqimsiz bo’lishi; R-erishishi kerak bo’lgan natijaga intilishdan uzoqlashish; V-ishdan bosh tortish uchun ragbatlantirish taklif etish; G-ayni ish faoliyati uchun jazo belgilashi.
Ongli ravishda kasb tanlash insonning ijtimoiy mavqei bilan bogliq ravishda amalga oshadi. Agar inson uchun asosiysi ijtimoiy nufuz hisoblansa, unda kasb hozirda mavjud bo’lgan qoidalar, shuningdek, jamiyatdagi nufuzli kasblardan kelib chikib tanlanadi. Ko’pchilik kasb tanlayotganda bu kasb ularga qanchalik moddiy ragbat keltiryshga tayanadi;
Insonlar orasida qiziqishlari tufayli kasb tanlovchilar ham bo’ladi va bu qiziqish kamdan-kam hollarda romantik xarakter kasb etadi. Kasb mansabga intilish asosida, haqiqiy tashki taassurotlar zamirida, ota-ona, do’stlarining maslahatlari orqali yoki omadga bogliq holda tanlashi mumkin. Lekin kasbdagi romantika odatda tezda yo’qoladi va uning o’rnida inson hali na hissiy, na jismoniy va na psixik jihatdan tayyor bo’lmagan “ogir ish kunlari” qoladi. Tanlagan kasbi o’zi uchun qiyin bo’lib, ko’p hollarda turli to’siqlarni yuzaga keltiradi va ayrim hollarda o’z kasbini o’zgartirishiga tug’ri keladi.
Bunday hollarda kasb tanlash ko’pgina sharoitlarga bogliq bo’lib qoladi. Lekin hammasidan oldin kasb tanlashga e’tiborni tortish kerak. Ko’pgina, tanlangan faoliyatlar insonning qobiliyat va moyiligiga muvofiq bo’ladi.
A.K.Baymetov pedagogik faoliyat motivlarini o’rganib, ulardan 3 ta asosiylarini birlashtiradi:
a) muqarrarlik motivi (burchli);
b) o’qitilayotgan predmetlarning qiziqarliligi va e’tiborni tortish;
v) bolalar bilan muloqatga kirishish.

Bu motivlarning ustunlik qilish xarakteriga ko’ra mualliflar 4 guruhga mansub o’qituvchilarni ajratadilar:



  • Burch xissining ustunligi bilan (43 %);




  • o’qitilayotgan fanlarga qiziqishning ustunligi (39 %);




  • bolalar bilan muloqotga kirishish ehtiyojining ustunligi (11 %);




  • o’zi xoxishlarini ruyobga chiqarish motivi.

O’rganilgan manbalarga ko’ra motivatsiya tiplari o’qituvchilarning o’quvchilarga bo’lgan pedagogik talablarining yunalishi va xarakteriga ta’sir ko’rsatadi. O’qituvchining turli tomonli motivatsiyasi o’quvchilarning axloqiga va ularning uquv materialini o’zlashtirishga talabning uyg’unligi bilan tavsiflanadi. O’qituvchilardagi majburiyat motivlarining ustunligi o’quvchilarga fakatgina katta talablar qo’yib qolmasdan, balki, qatiy intizomni ham talab qiladi. O’quv faniga bo’lgan qiziqish motivlari ustun turuvchi o’qituvchilarda o’quv materialini o’zlashtirishga bo’lgan talab ko’zga tashlanadi, chunki bunda eng ko’p talab o’quvchi shaxsiga qaratilgan bo’ladi.
A.K.Baymetov ta’kidlab utganidek, avtoritarlikka moyillik motivining ustunligi avtoritar ukituvchilarda mulokat motivining ustunligi liberal ukituvchilar u yoki bu motivlardan xech birining ustun bulmasligi demokratik uslubli xos ukituvchilarga xos jixat xisoblanadi.
Pedagog kasbini o’zlashtirishda kasbiy bilimlarga bo’lgan ehtiyoj oshadi. V.N. Nikitenko va B. Fidlerlarning ma’lumotiga ko’ra 25-30 yoshli o’qituvchilarda oliy o’quv yurtida o’qiyotgan chogida unchalik ahamiyat bermagan pedagogik va psixologik bilimlarni egallashga bo’lgan ehtiyoj uygonar ekan N.V.Jurinim o’qqituvchilarning pedagogik faoliyatidagi turli xil omillarga munosabatini bildigan. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, o’qituvchilarning o’z kasbi va ish joyidan qoniqishi ba’zilarda birinchi navbatda maktabning moddiy bazasiga bogliq bo’ladi, boshqalarida esa pedagogik faoliyatda yaxshi natijalarga erishishga, uchinchi xilida ma’muriyat bilan o’zaro aloqa o’rnatishga, to’rtinchi kishida oylik olish bilan bogliq bo’ladi. Uquv faoliyati motivatsiyasining xususiyatlarini o’rganishda 2 jihatni farqlab olish lozim:
Birinchi jihat – o’quv faoliyatini tanlash motivatsiyasi. Ikkinchisi nima uchun olim aynan shu mavzuni o’rganib chiqishga qo’l urgani sababini aniqlash. Fan bilan shugullanish bir necha sabablarga bogliqligi bilan belgilanadi. Ularga yangilikka intilish va ularni yaratish, aniq fanlarga qiziqish va qandaydir aniq masalalarga qiziqish, o’z kashfiyotlari bilan insoniyatga foyda keltirish, istagan yoki qandaydir xalq xujaligiga doyr masalalarni hal etish yoki shunchaki o’z ishi bilan o’zidan tarixda nom-nishon qoldirish; aniq bir ijtimoiy statusga intilish (ilmiy darajalariga ega bulish) mashhurlikka intilish kabilar bilan belgilanadi.
Pedagogik faoliyatning muxim kismlari bulib, uning motivatsiyasida kurinadi. Pedagogik faoliyat ukuv faoliyatidagi kabi motivatsion oriyentatsiyalarga ajratiladi.


Ular tashki motivlar bulib, bunga uz faoliyati natijasi va jarayonini oriyentatsiya kilishni misol kilish mumkin. Anik ta’lim muassasasidagi ish nufo’zining tashki motivlari, mеhnatga xak tulashdagi adekvatlik motivlari, kupincha kasbiy va shaxsning usish motivlari bilan mos uzaro boglik.
G.A.Myurrey xokimiyatga intilishning asosiy motivlarini ularning faoliyati bilan bog’lagan holda ajratadi. Ehtiyojning belgi yoki samaralari quyidagi istaklarda namoyon bo’ladi:
- O’z ijtimoiy olamini boshqarish;

- Boshqalar xulqiga ta’sir o’tkazish va o’z maslahatlari bilan yo’lga solish, buyurish, o’z so’ziga ishontirish;





  • O’z e’tiqodiga yo’naltirish.

Motivatsiyaning barcha omillarini moddiy va nomoddiy stimullarga ajratish mumkin. “Xayot fakat yeb ichishdan iborat emas”. Boshqa so’z bilan aytganda pul bilan xodimlarni jalb etishning o’zi yetarli emas. Korxonada moddiy ragbatlantirishdan tashqari xodimlar jalb qilinadiganlar motivatsiyasining qushimcha, nomoddiy tizimi ishlab chiqilgan bo’lishi mumkin.
Bu ularni psixologik tashqi iqtisodiy jihatlardan muhim ehtiyojlarni qondirishga mo’ljallangan bo’lishi kerak. Tamoyilni amalga oshishi, yuqori natijalarga erishgan ishchilarning rag’batlantirilishiga qaratilgan ijobiy motivatsiyalarning ishlab chiqilishi bilan belgilanadi. Pastga ega bo’lgan ishchilarga beriladigan jazolar tizimidan joy olgan “Salbiy motivatsiyalarni” aks ettiradi.
Motivlarning qaysi biri ustunlik qilishi ijobiymi yoki salbiymi? degan savolga javobni aniq bir korxonada ishlash va xodimlar bilan munosabatga kirishish jarayoniga bogliq holda hal qilish mumkin.

Shunday ekan, motivatsiya adekvat bo’lishi, korxona xodimining ish natijalariga mos bo’lishi kerak. Agar oldinda xatolarga, hayot, ish natijalariga va tartib buzarliklarga jazo ko’zda tutiladigan bo’lsa, motivatsiya tizimi samarali bo’lmaydi.


Bundan tashqari, motivatsiyaning tashki omillari xodimlarni o’z natijalarini baholashga o’rgatuvchi va korxona xodimlarining ishdagi muvaffaqiyati darajalari bilan bogliq ichki motivatsiya omillarini ham ajratish mumkin.
Agar rahbarning bahosi, rahbarlarning o’z natijalarini baholashni shakllantirsa, bu yaxshi ko’rsatkich hisoblanadi. Bunda rahbarning tashqaridan beradigan bahosi va xodimlarning o’z-o’ziga beradigan bahosi muvofiq keladi.
V.A. Krutetskiy o’spirinlarda uchrashi mumkin bo’lgan motivlardan quyidagilarni alohida ta’kidlab o’tadi:



  • biror o’quv faniga nisbatan o’spirinning qiziqishi;

  • Vatanga foyda keltirish istagi;




  • shaxsiy qobiliyatini r>osach kilib ko’rsatish;




  • oilaviy an’analariga rioya qilishi;




  • do’stlarivao’rtoqlaridano’rnakolganligi;







  • moddiy ta’minlanganlik;




  • o’quv yurti ko’rinishining chiroyliligi yoki unga joylashishining osonligi singari motivlardir.

Yuqoridagi fikrlardan ko’rinadiki, ilk o’spirinlik davrida kasbiy motivlarning shakllanishi bir qator tashqi va ichki omillarga bogliq. Shuningdek, kasb tanlashga bo’lgan intilish ishtiyoqlar negizida kasbiy motiv va motivatsiya shakllanadi. Aynan xorij psixologlari kasbiymotivlar tarkibini ishlab chiqishda kasb tanlashgacha bo’lgan va kasb tanlab bo’lgandan keyingi jihatlarini ko’rsatib o’tadilar.


Insonni xatti-harkati va ma’lum ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq faoliyatga undovchi sababga kasbiy motiv deyiladi. Odamning faoliyat motivlarini o`rganish shaxsning ma’naviy-psixologik mohiyatini tushunishda muhim ahamiyatga ega. Kishilarning xulq-atvoriga qarab, uning xatti-harakatlarini tahlil qilib, ularning motivlarini aniqlashga intilish lozim. Shunda xatti-harakatlarni odam uchun tasodifiy yoki qonuniy ekanligini anglash mumkin bo`ladi. Bunday xatti-harakatlarni yana takrorlanishini oldindan ko`ra olish, shaxsiy holatlarning ayrimlarini yuzaga keltirmaslikning oldini olish, boshqalarning taraqqiy etishini qo`llab-quvvatlash mumkin. Ba’zilar mehnatga o`z ehtiyojlariga ko`ra sidqidildan munosabatda bo`lsalar, ba’zilar o`z burchlarini anlaganliklaridan, yana ba’zilar o`zlarining qobih niyatlariga erishish uchun vaqtincha sun’iy munosabatda bo`ladilar. Kasbiy motivatsiya - odamni faol faoliyatga undovchi sabablar majmui bo`lib, xulq atvorni psixologik va fiziologik boshqarishning dinamik jarayoni hisoblanib unga tashabbus, yo`nalganlik, tashkilotchilik, qo`llab-quvvatlash kiradi. Kasbiy motivatsiya deganda inson xulq atvorini tushuntirish bo`lib, unda «Nima uchun?», «Qanday maqsad bilan?», «Qanday ma’noda?» kabi savollarning mativatsiyaga bog`liqligidir.

Yüklə 46,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə