Mehnat unumdorligi, uni oshirish omillari va ko’rsatkichlari


Rezervlar foydalanish vaqtiga qarab



Yüklə 12,49 Kb.
səhifə3/5
tarix28.11.2023
ölçüsü12,49 Kb.
#135110
1   2   3   4   5
Mehnat unumdorligi, uni oshirish omillari va ko’rsatkichlari-fayllar.org

Rezervlar foydalanish vaqtiga qarab joriy va istiqbol rezervlariga bo’linadi. Joriy rezervlar texnologiya jarayoni muhim darajada o’zgartirilmay va qo’shimcha kapital mablag’lar sarflanmay amalga oshiriladi, istiqbol rezervlari ishlab chiqarishni qayta tashkil etishni ancha mukammal asbob-uskunalar o’rnatilishi, tayyorgarlik ishlariga kapital mablag’lar va ko’proq vaqt sarflashni talab qiladi.
Rezervlar aniqlash va foydalanish joyiga qarab xalq xo’jalik, tarmoq va ichki ishlab chiqarish rezervlariga bo’linadi. Xalq xo’jalik rezervlariga, avvalo, boy tabiiy resurslar, ulardan har tomonlama foydalanish va shu kabilar kiradi. Tarmoq rezervlariga shunday rezervlar kiradiki, ulardan foydalanish, umuman tarmoqda gi xodimlar mehnatunumdorligini oshiradi (korxonalarning ixtisoslash-tirilishi, ishlab chiqarishning bir joyga to’planishi va kombinatsiyalanishi, texnika va texnologiyaning takomillashtirilishi va hokazo). Ichki ishlab chiqarish rezervlari mehnat unumdorligini oshirishda muhim ahamiyatga egadir, chunki pirovard natijada ularning hammasi aniqlanadi va bevosita korxonalarda amalga oshiriladi.
Mehnat unumdorligining ko’rsatkichlari va uni oshirish yo’llari.
Mehnat unumdorligi darajasiga baho berish uchun umumlashtiruvchi, xususiy va yordamchi ko’rsatkichlar tizimi qo’llanadi. Umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarga bitta ishlovchining ishlab chiqargan o’rtacha yillik, o’rtacha oylik, o’rtacha kunlik va o’rtacha soatlik mahsuloti qiymatining ifodasi kiradi. Xususiy ko’rsatkichlar-bu muayyan turdagi mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun vaqt sarfi yoki bir kishi kunida yohud bir kishi soatda muayyan turdagi natural ifodada mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan vaqtni bildiradi. Yordamchi ko’rsatkichlar  muayyan ish turining birligiga yoki vaqt birligi ichida bajarilgan ishlar hajmiga sarflangan vaqtni tavsiflab beradi.
Mehnat unumdorligini oshirishga quyidagi yo’llar bilan erishish mumkin:
a)korxonaning ishlab chiqarish quvvatidan to’laroq foydalanish hisobiga mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish, chunki ishlab chiqarish hajmi oshganda, ish vaqti sarflanishining, faqat o’zgaruvchan qismi ko’payadi, doimiy esa o’zgarmasdan qoladi. Natijada, mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan vaqt kamayadi;
b)mahsulot ishlab chiqarishni intensivlashtirish, uning sifatini oshirish, ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni joriy etish, takomillashgan texnika va ishlab chiqarish texnologiyasini qo’llash, ishlab chiqarishni tashkil etish, moddiy texnika ta’minotini va tashkiliy-texnikaviy tadbirlar rejasiga muvofiq, boshqa omillarni yaxshilash hisobiga i shvaqtining bekor sarf bo’lishini qisqartirish yo’li bilan mahsulot ishlab chiqarishga mehnat sarflarini qisqartirish.

Yüklə 12,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə