Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar


Innovatsion texnologiyalar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/132
tarix04.06.2022
ölçüsü3,74 Mb.
#88839
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   132
kimyo o\'qitish

Innovatsion texnologiyalar
Ма
zmun
Меtodlar, 
shakllar
Vositalar
Innovatsion faoliyat strukturasi 
1.
Faoliyatni kreativlik asosida qayta tiklash
2.
Hamkorlik, hamijodkorlik
3.
Refleksiya 
O’qituvchining innovatsion faoliyati o`quvchilar jamoasini harakatga 
keltiruvchi, olg’a undovchi, bunyodkorlikka rag’batlantiruvchi kuch sifatida 
namoyon bo’lib, ta’lim jarayonining sifatini kafolatlaydi. Shu sababli har bir 
o’qituvchi innovatsiyalarning mohiyatini to’la tushungan holda o’z faoliyatiga 
izchil tatbiq eta olishi zarur. 
O`qituvchining innovatsion faoliyati quyidagilar bilan belgilanadi:
-yangilikni qo’llashga tayyorgarligi
- pedagogik yangiliklarni qabul qilishi; 
- novatorlik darajasi; 


41 
- kommunikativ qobiliyatning rivojlanganligi; 
- ijodkorligi 
Innovatsion faoliyat o`qituvchining ruhiy, aqliy, jismoniy kuchini ma’lum 
maqsadga yo’naltirish asosida BKMni egallash, amaliy faoliyatni nazariy bilimlar 
bilan to’ldirib borish, bilish, loyihalash, kommunikativ nutq va tashkilotchilik 
mahoratini rivojlantirishni talab etadi. 
Zamonaviy 
sharoitda 
o’quvchilarning 
o’quv-bilish 
faolliklarini 
kuchaytirish, o’qitish sifatini oshirish va samaradorligini yaxshilash maqsadida 
innovatsion xarakterga ega ta’lim shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Bugungi kunda amaliy o’yinlar, muammoli o’qitish, interfaol ta’lim, modul-kredit 
tizimi, masofali o’qitish, Blended learning
 
(aralash o’qitish) va mahorat darslari 
ta’limning innovatsion shakllari sifatida e’tirof etilmoqda.
Zamonaviy ta’lim texnologiyalari belgilangan maqsadga muvofiq 
yo'nalish va hajmga ega bo'lgan ta’lim mazmunini davlat ta’lim standartlari, o'quv
rejasi, o'quv dasturi va darsliklar asosida yetkazishga xizmat qiladi. Har qanday 
texnologiya ta’lim maqsadiga mos sabab bilan yaratiladi.
O`qituvchi tomonidan ta’lim jarayonida innovatsion xarakterga ega turli 
faol metodlarning qo’llanilishi o`quvchlarni rivojlantirish, qobiliyatlarini yanada 
o’stirishga xizmat qiladi. Xususan:
- muammoli izlanish; 
- kichik tadqiqotlarni olib borish; 
- debat; 
- bahs-munozara; 
- evristik suhbat; 
- kichik guruhlarda ishlash va b. 
Quyida kimyoni o`qititishda keng qo`llaniladigan ayrim metodlar bilan 
tanishib o`tamiz. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə