13
Ta’lim jarayonini loyihalashtirishda yuqorida keltirilgan elementlardan
birortasi e’tibordan chetda qolsa yoki noto’g`ri tanlangan bo’lsa tizim
ishlamaydi, demakki, ta’lim jarayoni oldiga qo’yilgan maqsadga erishilmaydi.
Ta`limni tashkil etish
- ta`lim jarayonida o`qituvchi va o`quvchining
birgalikdagi faoliyat yo`llarining tashqi ko`rinishi. Metod-yo`l bo`lsa, shakl
yo`lning tashqi ko`rinishidir.
Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o’qitishning zamonaviy metodlari keng
qo’llanilmoqda. O’qitishning zamonaviy metodlarini qo’llash o’qitish jarayonida
yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Ta’lim
metodlarini tanlashda har
bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq
sanaladi.
Ta’lim mazmunini o'zlashtirishda o'quvchilarning bilim saviyasi,
o'zlashtirish
qobiliyati, ta'lim manbai, didaktik vazifalariga qarab, munosib
ravishda og'zaki, ko'rgazmali va amaliy kabi uch guruhga bo'linadigan
metodlarning quyidagi variantlari qo'llaniladi:
- o'qitishning ma’ruza (suhbat) metodi;
- o'qitishning
amaliy ishlar metodi;
- laboratoriya ishlari metodi;
- mustaqil ishlar metodi;
- muammoli-evristik
modellashtirish metodi;
Dostları ilə paylaş: