Interfaol metodlar deganda – ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga
undovchi, ta’lim jarayonining markazida o`quvchi bo’lgan metodlar
tushuniladi.
Bu metodlar qo’llanilganda o`qituvchi o`quvchini faol ishtirok etishga
chorlaydi. O`qituvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. O`quvchi markazda
bo’lgan yondashuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo’ladi:
o
ta’lim samarasi yuqoriroq bo’lgan o’qish-o’rganish;
o
o`quvchining yuqori darajada rag’batlantirilishi;
o
ilgari orttirilgan bilimlarning ham e’tiborga olinishi;
o
ta’lim jarayoni o`quvchining maqsad va ehtiyojlariga muvofiqlashtirilishi;
o
o`quvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo’llab-quvvatlanishi;
o
amalda bajarish orqali o’rganilishi;
o
ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.
Shunday qilib, kimyo fanini o’qitish jarayonida interfaol metodlardan
foydalanish o’ziga xos xususiyatga ega. Ta’lim amaliyotida foydalanilayotgan har
bir interfaol metodni sinchiklab o’rganish va amalda qo’llash o’quvchilarning
fikrlashini kengaytiradi hamda muammoning to’g’ri yechimini topishlariga ijobiy
ta’sir ko’rsatadi. O’quvchilarning ijodkorligini va faolligini oshiradi. Turli xil
nazariy va amaliy muammolar interfaol metodlar orqali tahlil etilganda
o’quvchilarning bilim, ko’nikma, malakalari kengayishi va chuqurlashishiga
erishiladi.
Bu metodlarni tasniflashda ularni interfaol metodlar, interfaol ta’lim
strategiyalari, interfaol grafik organayzerlarga ajratish mumkin.
69
Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta’lim metodlari quyidagilar sanaladi:
1.
Interfaol metodlar: “Keys-stadi” (yoki “O’quv keyslari”), “Blist-so’rov”,
“Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Muammoli ta’lim” va b.
2.