Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar


Ayrim interfaol ta’lim metodlarining turli shakllardagi o’quv mashg’ulotlari



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/132
tarix04.06.2022
ölçüsü3,74 Mb.
#88839
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   132
kimyo o\'qitish

Ayrim interfaol ta’lim metodlarining turli shakllardagi o’quv mashg’ulotlari 
texnologiyalari bilan qo’llash uchun qulayligi
O’quv mashg’ulotlari 
texnologiyasi
Interfaol metodlar va 
ta’lim strategiyalari
Grafik 
 organayzerlar
Ma’ruza mashg’ulotlari 
ta’lim texnologiyasi. 
Erkin yozish. 
Asoslangan esse va b. 
Klaster.B-B-B chizmasi 
T-chizma va b. 
Seminar mashg’ulotlari 
ta’lim texnologiyasi. 
Aqliy hujum, FSMU, Blist-
so’rov. Blist-o’yin va b. 
Venn diagrammasi. 
Konsteptual jadval va b. 
Amaliy mashg’ulotlar 
ta’lim texnologiyasi. 
O’qitish bo’yicha 
qo’llanma.Yozma va 
ogzaki davra suhbati va b. 
Insert jadvali.“Nima 
uchun” chizmasi. “Qan-
day?” diagrammasi va b. 
Mustaqil ta’lim 
texnologiyasi. 
Tushunchalarni aniqlash va 
b. 
Tushunchalar tahlili Baliq 
skeleti va b. 
Keys-stadi ta’lim 
texnologiyasi. 
Tushunchalar asosida matn 
tuzish, kichik guruhlarda 
ishlash va b. 
Toifalash jadvali va b. 
Loyihali ta’lim 
texnologiyasi. 
Chalkashtirilgan mantiqiy 
zanjirlar ketma-ketligi va b. 
Nilufar guli va b. 
Quyida kimyoni o`qitishda qo`llaniladigan interfaol metodlar tavsifi va 
ularning qo`llanilishi bilan tanishamiz.
Kichik guruhlarda ishlash. 
O`quvchilarni bir necha guruhga bo’lib, ularga mavzuga oid aniq bir masala 
yoki vazifa ustida ishlash topshiriladi. Ularga ma’lum vaqt beriladi, keyin berilgan 
vaqt tugagach, har bir guruhning ushbu mavzu bo’yicha qarori, fikrlari tinglanadi.
Kichik guruhlar uslubida mashg’ulot olib borilganda quyidagilarga erishiladi:


71 
● har bir o`quvchini faol ishtiroki ta’minlanadi va ularning faoliyatini nazorat 
qilish va baholash imkoniyati ortadi;
● muammoni tez hal etish usuli ta’minlanadi. O`quvchilar qisqa vaqt ichida 
ko’plab yangi g’oyalar ijodkori bo’lishadi;
● mashg’ulotning istalgan vaqtida o`quvchilarning qiziqishini ortdirish va butun 
katta guruh bo’yicha muhokama qilish imkoniyati ta’minlanadi;
● ayrim o`quvchilar o’zlarining mavzuga oid ushbu muammo bo’yicha shaxsiy 
fikrlarini o’qituvchiga aytishdan tortinishadi, kichik guruhlarda esa ular 
guruhdoshlari bilan erkin fikr almashishadi, ya’ni mashg’ulotda faol ishtiok 
etishadi.
Masalan, 
“Oksidlarning toifalanishi” 
mavzusi o’tilgandan so’ng, 
o`quvchilarga oksidlar formulalari yozilgan kartochkalar doskaga ilinadi.
O’quvchilar 4 guruhga bo’linib o’zlariga taalluqli formulalarni yozadilar va 
nomlaydilar. 
Namuna: CuO, CO, CO
2
, Al
2
O
3
, Fe
2
O
3
, Na
2
O, BaO, BeO, SO
3
, PO, SiO, 
SiO
2
, ZnO, N
2
O, CrO
3
, MgO, K
2
O, SO
2
, NO, NO
2
1-guruh: Asosli oksidlar- CuO, Na
2
O, BaO, MgO, K
2

2- guruh: Amfoter oksidlar- Al
2
O
3
, FeO
3
, BeO, ZnO, Cr
2
O
3
3- guruh: Kislotali oksidlar- CO
2
, SO
3
, SiO
2
, SO
2
, NO
2
4- guruh: Befarq oksidlar- CO, PO, SiO, N
2
O, NO 
So`ngra guruhlar ishi taqdimot qilinadi. Bajarilgan topshiriqlar muhokama va 
tahlil qilinadi. Kichik guruhlar baholanadi. 
Buni quyidagi shaklda ham taqdim etish mumkin: 
Asosli oksidlar 
CuO, Na
2
O, BaO, MgO, K
2

Amfoter oksidlar 
Al
2
O
3
, FeO
3
, BeO, ZnO, Cr
2
O
3
Kislotali oksidlar 
CO
2
, SO
3
, SiO
2
, SO
2
, NO
2
Befarq oksidlar 
CO, PO, SiO, N
2
O, NO 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə