“Металл қуйиш усуллари” мавзусини



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/36
tarix28.11.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#133143
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36
“Ìåòàëë óéèø óñóëëàðè” ìàâçóñèíè

Qobiq qoliplarga quyish.
Yirik seriyalab va ko‟plab ishlab chiqarishda yuqori 
aniqlakdagi (12-15 kvalitetlardagi) shakldor mayda va o‟rta muhim quymalar metal 
modellar yordamida tayyorlanadigan qobiq yarim-qoliplrga quyiladi. Bunda qolip 
aralashmasi mayda kvars, magnezit yoki sirkoniy qumidan (92-95%) va 
termoreaktiv fenol-formaldegidli smola (5-8%) dan tashkil topadi. 
Bu usulda olingan quyma yirik donli strukturaga ega bo‟ladi, shu sababli 
kerakli mexanik xossalar olish uchun quymaga qushimcha termik ishlov beriladi. 
Markazdan qochirma usulida quyish.
Bu usulda suyuqlantirilgan metall ma‟lum 
tezlik bilan aylanadigan qoliplarga quyiladi: qolip quymaning butun kristallanish 
jarayonida aylanib turadi. Bunda metall markazdan qochirma kuch bilan qolip 
devorlariga siqiladi va mustahkamligi yuqori, zich quymalar olinadi. 
Aylanish gorizontal va vertikal atrofida bo‟lishi mumkin. Ikkala holda ham 
aylanish o‟qi quymaning o‟qiga mos tushadi; quyma devorining qalinligi esa 
quyiladigan metall miqdoriga bo‟g‟liq. 
Bu usul bilan trubalar, silindr shaklidagi vtulkalar, g‟ildiraklar, shkivlar, otish 
qurollarining stvollari va boshqa detallar tayyorlanadi. 
Qolip va sterjen materiallari, ularning turlari-
мetall qo‟ymalarini olishda 
qoliplardan foydalaniladi. Qoliplar qo‟yidagi turlarga bo‟linadi: 
a)
Bir martalik qoliplar, bunday qoliplar, asosan, qum va gilni suv bilan 
qorishtirib tayyorlanadi; 
b)
Muvaqqat qoliplar. Bunday qoilplar yuqori haroratga chidamli 
materiallarni (shamot, magnezit, qum, asbest va boshqalarni) gil bilan qorishtirib 
tayyorlanadi; 


35 
v) Doimiy qoilplar. Bunday qoliplar, asosan, cho‟yan va po‟latdan (bazan mis 
va alyuminiy qotishmalaridan) tayyorlanadi. 
Shuningdek, qoliplar unga metall quyishdagi holatiga ko‟ra nam va quruq 
xillarga bo‟linadi: 

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə