“Металл қуйиш усуллари” мавзусини


Alyuminiy va uni ishlab chiqarish



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/36
tarix28.11.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#133143
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36
“Ìåòàëë óéèø óñóëëàðè” ìàâçóñèíè

Alyuminiy va uni ishlab chiqarish. 
Sof alyuminiy oq rangli plastik metall 
bo‟lib, uning suyuqlanish harorati 657 
o
S. U o‟zidan elektr tokini va issiqlikni yaxshi 
o‟tkazadi (faqat kumush va misdan keyingi o‟rinda turadi). Uning sirtida hosil 
bo‟lgan oksid parda (Al
2
O
3
) o‟z ostidagi qatlamni oksidlanishdan saqlaydi. Shu 
sababli u korroziyabardosh hamdir. Qayd etilgan xususiyatlariga ko‟ra 
mashinasozlikda, elektrotexnikada va boshqa sohalarda keng qo‟llaniladi. 


30 
Alyuminiy tabiatda eng ko‟p tarqalgan metall bo‟lib, yer qobig‟ining 8,8 
foizini tashkil etadi. U juda aktivligi sababli tabiatda sof holda uchramaydi. 
Alyuminiy tog‟ jinslaridagi gidratlarda (AlO(OH)), Al(OH)
3
va boshqa birikmalarda 
uchraydi.
Yer qobig‟ida taxminan 250 dan ortiq alyuminiy minerallari bo‟lib, ulardan 
sanoatda foydalaniladiganlariga boksitlar, nefelinlar, apatitlar, alunitlar va kaolinlar 
kiradi. 
Alyuminiy rudalarining yirik konlari Uralda, Sibirda, Kola yarim orolida, 
Sankt-Peterburgda, Boshqirdistonda, O‟rta Osiyo respublikalarida va boshqa 
joylarda bor. 
Alyuminiyni alyuminiy birikmalaridan olish jarayoni ikki bosqichga ajratiladi: 
1.
 
Alyuminiy rudalaridan alyuminiy oksidini olish. 
2.
 
Alyuminiy oksidlaridan alyuminiy olish. 
Alyuminiy rudalaridan alyuminiy oksidlarini olish.
 
Alyuminiy rudalaridan 
alyuminiy oksidlarini olishda rudaning tarkibidagi begona jinslarning xiliga va 
miqdoriga qarab ishqorli, kislotali va elektrotermik usullaridan foydalaniladi. 
Agar ruda tarkibida qumtuproq oz, temir oksidi ko‟proq bo‟lsa, ishqorli usul 
qo‟llaniladi. Masalan, boksid tarkibida 30-57% gacha Al
2
O
3
; 16-35% Fe
2
O
3
; 3-13% 
SiO
2
; 2-4% TiO
2
, 3% gacha CaO va 10-18% H
2
O bo‟lib, uning tarkibidagi SiO
2
ishqorda eriydi. Temir oksidi esa erimay, oson ajraladi. 
Agar ruda tarkibida qumtuproq ko‟proq, temir oksidi kamroq bo‟lsa, kislotali 
usul qo‟llaniladi. Masalan, kaolinlar (Al
2
O
3

2SiO
2

2H
2
O) tarkibida esa 39-40% 
Al
2
O
3
; 1,5% Fe
2
O
3;
36-45% SiO
2
; 15-20% H
2
O bo‟lib temir oksidi kislotada eriydi, 
qumtuproq esa erimaydi. 
Agar ruda tarkibida qumtuproq ham, temir oksidi ham bo‟lsa, elektrotermik 
usuldan foydalaniladi. 

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə