Metallarni korroziyalanishi va ularni oldini olish samarodorligi



Yüklə 64,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix19.12.2023
ölçüsü64,87 Kb.
#152896
1   2   3   4   5
metallarni-korroziyalanishi-va-ularni-oldini-olish-samarodorligi

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 671
1-rasm. Metall sirtlarining korroziyalanishi. 
Suyuq yoqilg'ilar ta'sirida vujudga keladigan korroziya ham kimyoviy korroziya 
jumlasiga kiradi. Suyuq yoqilg'ining asosiy tarkibiy qismlari metallarni 
korroziyalantirmaydi, lekin, neft va surkov moylari tarkibidagi oltingugurt, vodorod 
sulfid va oltingugurtli organik moddalaring metallarga ta'siri natijasida korroziya 
vujudga keladi. Suvsiz sharoitidagina bu ta'sir namoyon bo'ladi. Suvda elektrokimyoviy 
korroziyaga aylanadi [7-14]. 
2-rasm. Metall sirtlarining elektrokimyoviy korroziyalanishi. 
Elektrolitlar ta'sirida bo'ladigan korroziya elektrokimyoviy korroziya deyiladi. 
Ko'pgina 
metallar 
asosan 
elektrokimyoviy 
korroziya 
tufayli 
yemiriladi. 
Elektrokimyoviy korroziya metalda kichiq galvanik elementlar hosil bo'lishi natijasida 
sodir bo'ladi [15-19]. 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Galvanik elementlar hosil bo’lishiga sabab: 1) ko'p metallar tarkibida qo'shimcha 
sifatida boshqa metallar bo'lishi; 2) metall hamma vaqt suv, havo namligi va 
elektrolitlar qurshovida turishidir. Masalan, nam havoda temirga mis metali tegib 
to’rgan bo'lsin. Bunda galvanik element hosil bo'ladi (temir – anod, mis – katod 
vazifasini o'taydi). Temir oksidlanadi:
Fe – 2e


Fe
2

Bu elektronlar katod sirtida havo kislorodini qaytaradi: 


SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 672
O
2

2H
2


4e
– 

4OH

Fe
2

ionlari OH
– 
ionlari bilan birikib, Fe(OH)

ni hosil qiladi; Fe(OH)

havo 
kislorodi va namlik ta'sirida Fe(OH)

ga aylanadi
Fe(OH)


O
2

2H
2


4Fe(OH)
3
Natijada temir korroziyaga uchraydi. Agar vodorod ionlari mo'l bo'lsa, temirdan 
chiqqan elektronlar havodagi kislorodni qaytarmasdan vodorod ionlarini qaytaradi. 
2H


2e
– 

2H 

H
2
Temir qalayga tegib tursa, korroziya temir misga tegib turgandagiga qaraganda 
sustroq sodir bo'ladi, temir ruxga tegib tursa, zanglamaydi, chunki, temir ruxga 
qaraganda asl metaldir; elektrolitlar ishtirokida rux bilan temir hosil qilgan galvanik 
elementda rux – anod, temir – katod vazifasini bajaradi [20-24]. 
Metallarni korroziyadan saqlash uchun bir necha choralar qo'llaniladi:
a) metall sirtini boshqa metallar bilan qoplash; 
b) metall sirtini metall bo'lmagan moddalar bilan qoplash; 
v) metallarga turli qo'shimchalar kiritish; 
g) metall sirtini kimyoviy birikmalar bilan qoplash. 

Yüklə 64,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə