Metallarning umumiy xossalari mavzusini o’qitishda zamonaviy metodlardan foydalanish



Yüklə 52,24 Kb.
səhifə1/4
tarix30.12.2023
ölçüsü52,24 Kb.
#166454
  1   2   3   4
Nomli reaksiyalar


Metallarning umumiy xossalari mavzusini o’qitishda zamonaviy
metodlardan foydalanish.
Dotsent Inatova Maxsuda Sag'dullayevna - o'qituvchisi
Xamrayeva Mavjuda Abdusattorovna - 2- bosqich talabasi
Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti .

Annotatsiya: Mazkur maqolada maktab kimyo darslarida metallar mavzusini o'qitishda " Klaster " , " Blits- so'rov " , " Muammoli " va " Sinkveyn " metodlaridan foydalanish metodikalari haqida ma'lumot keltirilgan.
Kalit so’zlar: interfaol, qotishma, innovatsiyalar, metallurgiya, geksoganal, zang.
Аннотация: В данной статье представлена ​​информация о методах использования методов «Кластерный», «Блиц-опрос», «Проблемный» и «Синкуэй» в преподавании темы металлов на школьных уроках химии.
Ключевые слова: интерактив, сплав, инновации, металлургия, шестигранник, ржавчина.
Abstract: This article provides information about the methods of using the "Cluster", "Blitz-survey", "Problematic", and "Sinkway" methods in teaching the topic of metals in school chemistry classes.
Key words: interactive, alloy, innovation, metallurgy, hexagonal, rust.
Bugungi har bir o'qituvchi va tarbiyachi , oliygoh domlasi
ta'lim va ilm - fan sohasidagi eng so'nggi ijobiy yangilik-
larni o'quv jarayonlariga tadbiq eta oladigan , chuqur bilim
va dunyoqarash egasi , bir so'z bilan aytganda , zamonamiz
va jamiyatimizning eng ilg'or vakillari bo'lishlari kerak.
SH. M. Mirziyoyev
So’nggi yillarda maktab ta’lim tizimiga shiddat bilan kirib kelayotgan yangi pedagogik texnologiyalar, innovatsiyalar, yangi-yangi pedagogik-psixologik tushunchalar, interfaol metodlarni ta’lim beruvchi tomonidan o’zlashtirib va qo’llanib borilishi,ta’lim mazmunini tubdan o’zgartirib yubordi desak mubolag’a bo’lmaydi.Zamonaviy o’qituvchi dars jarayonida “aktyor” emas,aksincha “rejissyor” bo’lishi kerakligini anglashi lozim.U o’z o’quvchilarni fanga ijodkorlik nuqtai nazari bilan qarashlarini tashkil qilishi, ularda izlanuvchanlik xususiyatlarini shakllantirishi va albatta, yangi edagogik texnologiya usullaridan foydalangan holda darsni tashkil etishi kerak bo’ladi.Buning uchun esa u bir qancha yangicha ta’lim usullarini yaxshi bilishi kerak.
Metallar mavzusi bo’yicha o’qitiladigan darslarning mazmuni va ularga yangi pedagogik texnologiyalarni joriy qilish metodikasini ko’rib chiqamiz. Dars jarayoniga oid qiziqarli tarixiy manbalar va fan yangiliklari ,elementlarning Respublikadagi tabiiy zahiralari va ulardan mahsulotlar ishlab chiqarilishini bayon qilish ,qiziqarli tajribalar ko’rsatish ,an’anaviy vositalar bilan ko’rsatib bo’lmaydigan mavzuga oid ko’pgina jarayonlarni animatsiya qilib tayyorlangan multimediyasini kompyuter va videodars yordamida ekranda namoyish qilish va boshqalar kiradi.
Quyida “Metallarning umumiy xossalari”ni o’qitishda “Klaster”,“ Blits-so'rov ”,"Muammoli" va "Sinkveyn" metodlaridan foydalanish metodikalari qisqacha keltiriladi. Darsda bayon qilingan bilimlarni o’quvchilar tomonidan qanday o’zlashtirilganini bilish uchun yangi pedagogik texnologiyaning “Klaster” (tarmoqlar) usulidan foydalaniladi. Bu usulni amalga oshirish uchun mavzuning asosiy tushunchalari : metall, metallurgiya, qotishma so’zlari alohida uchta katta qog’ozning o’rtasiga yozilib qo’yiladi. Darsda qatnashayotgan o’quvchilar uch guruhga bo’linib, har biriga alohida tushunchalar yozilgan qog’oz beriladi. Har bir guruh berilgan tushunchaga uzviy bog’lanuvchi tushuncha va bilimlarni yozib chiqadilar. Har bir guruhdan bitta o’quvchi chiqib,tushunchani turli tarmoqlar bo’yicha uzviy bog’lanishlar to’liq ifodalangan jadvalini tushuntirib,tuzilgan klasterni himoya qiladi. Tushuncha tarmoqlanishini doskada va elektron doskada ham bajarish mumkin. So’ngra boshqa guruhdagi o’quvchilar himoyachiga turli savollar beradilar. Uchala guruh tuzilgan “Klasterni himoya qilib bo’lganidan so’ng o’quvchilardan tayinlangan hay’at a’zolarini klasterni to’g’ri va to’liqligi haqida ma’lumot beradi. Savol javoblarning mazmuniga qarab, guruhdagi o’quvchilarga ballar qo’yib chiqiladi va guruhning umumiy balini e’lon qiladi. Darsda bu usulni amalga oshirilishi o’quvchilarda juda katta qiziqish uyg’otganligi uchun darsning samaradorligi yuqori bo’ladi.


Yüklə 52,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə