Metrologiya standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti


-BOB.O’lchashlar birligini taminlash va metrologiya fani to’g’risida



Yüklə 191,8 Kb.
səhifə3/13
tarix22.03.2024
ölçüsü191,8 Kb.
#180320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Sarf o\'lchash vositalari.

1-BOB.O’lchashlar birligini taminlash va metrologiya fani to’g’risida




1.1.Fizikaviy kattaliklar va xalqaro birliklar (SI) tizimi nomi va belgilanish qoidalari.
O‘lchash deyilganda, o‘lchanadigan kattalikni namunaviy kattalik bilan solishtirish tushuniladi. Har bir namunaviy kattalikning o‘z birligi mavjud. Mana ikki asrdan beri dunyoning barcha mamlakatlari asosiy fizik kattaliklarni bir xil namuna bilan o‘lchashga harakat qilmoqdalar. Turli mamlakatlarda uzunlikni, jism massasini va boshqa kattaliklarni har xil birlikda o‘lchaganliklari noqulayliklar keltirib chiqargan. Shunga ko‘ra birliklarni o‘lchash uchun 1960-yilda Xalqaro Birliklar Sistemasi (XBS) qabul qilingan. O‘zbekistonda 1982-yildan boshlab joriy etilgan (GOST 8.417—81) hamda doimiy ravishda o‘lchov asboblarini tekshirib turadigan metrologik xizmat ishlab turibdi.
Jismlarning yoki fizik hodisalarning ba’zi parametrlarini tajriba yordamida o‘lchash mumkin. Bu parametrlar fizik kattaliklar deb ata- ladi. Masalan, jismning uzunligi, hajmi, temperaturasi, massasi va h.k. Aynan bitta kattalik turli fizik hodisa va jismlarning aynan bitta xossasini xarakterlash uchun ishlatiladi. Masalan: qadamning uzunligi, stolning uzunligi, arqonning uzunligi. Lekin bu kattalik yuqorida aytilgan holatlar uchun turli qiymatga ega bo‘ladi. Fizik kattalikni miqdor jihatidan aniqlash uchun uning son qiymatini va birligini bilish kerak. Masalan, maktabda dars 45 minut davom etadi deyilganda «vaqt» deb ataluvchi fizik kattalik ikkita qismdan iborat holda ifodalanadi. Birinchi — 45 raqami uning son qiymatini, ikkinchi — «minut» so‘zi birligini bildiradi.
Fizikaviy birliklarning xalqaro sistemasi. 1960 yil oktabrda fizik kattaliklarning Xalqaro sistemasi qabul qilindi. 1961 yilning 24 avgustida oldingi ittifoqda «Sistema internatsionalnaya» sо‘zlarining bosh xarflari bо‘yicha SI («Es–I» deb о‘qiladi) tarzida belgilangan birliklar sistemasi tasdiqlandi. SI da yettita asosiy birlik va ikki qо‘shimcha birlik qabul qilingan.

Asosiy birliklar:


1.Uzunlik, metr (m). Kripton–86 atomining 2R10 va 5d5 sathlari orasidagi о‘tishga mos bо‘lgan nurlanishining vakuumdagi tо‘lqin uzunligidan 1650763,73 marta katta bо‘lgan uzunlik 1 metr deb qabul qilingan.
2.Massa, kilogramm (kg). Kilogrammning xalqaro prototipining massasini 1 kilogram deb qabul qilingan.
3.Vaqt, sekund (s). Seziy – 133 atomi asosiy holatining ikki о‘ta nozik sathlari orasidagi о‘tishiga mos bо‘lgan nurlanish davridan 9192631770 marta katta vaqt 1 sekund deb qabul qilingan.
4.Elektr tokining kuchi, amper (A). Bir amper tok vakuumdagi bir–biridan bir metr masofada joylashgan ikki parallel cheksiz uzun, lekin kesimi juda kichik tо‘g‘ri о‘tkazgichlardan о‘tganda о‘tkazgichlarning har bir metr uzunligiga 10–7 N Amper kuchi ta’sir qiladi.
5.Termodinamik temperatura, Kelvin (K). Suvning uchlanma nuqtasini xarakterlovchi termodinamik temperaturaning 1/273,16 ulishi 1 Kelvin deb qabul qilingan.
6.Modda miqdori, Molg‘ (Molg‘). Uglerod–12 ning 0,012 kg massasidagi moddaning miqdori 1 mol deb qabul qilingan.
7.Yorug‘lik kuchi, kandela (kd). 540?1012 Hs chastotali monoxromatik nurlanish chiqarayotgan manba yorug‘ligining energetik kuchi 1/683 Vt/Sr ga teng bо‘lgan yо‘nalishdagi yorug‘lik kuchi 1 kandela deb qabul qilingan
Qо‘shimcha birliklar:
1.Yassi burchak, radian (rad). Aylanada uzunligi radiusga teng bо‘lgan yoyni ajratadigan ikki radius orasidagi burchak 1 radian deb qabul qilinadi.
2.Fazoviy burchak, steradian (sr). Uchi sfera markazida joylashgan va shu sfera sirtidan radius kvadratiga teng yuzli sirtni ajratuvchi fazoviy burchak 1 steradian deb qabul qilingan.

Yüklə 191,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə