Metrologiya standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti

Binolar va atrof-muhit sharoitlari

Yüklə 191,8 Kb.
səhifə9/13
tarix22.03.2024
ölçüsü191,8 Kb.
#180320
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Sarf o\'lchash vositalari.

Binolar va atrof-muhit sharoitlari
1. binolar va atrof-muhit sharoitlari laboratoriya faoliyatini amalga oshirish uchun mos bo'lishi kerak va olingan natijalarning ishonchliligiga salbiy ta'sir ko'rsatmasligi kerak.
Eslatma-natijalarning ishonchliligiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan ta'sirlarga quyidagilar kiradi (lekin ular bilan cheklanmaydi): mikrobiologik ifloslanish, chang, elektromagnit shovqin, radiatsiya, namlik, elektr ta'minoti, harorat, shovqin va tebranish.
2. laboratoriya faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan binolar va atrof-muhit sharoitlariga qo'yiladigan talablar hujjatlashtirilishi kerak.
3. laboratoriya atrof-muhit sharoitlarini kuzatishi, ularni boshqarishi va texnik talablarga, usul va usullarga muvofiq yoki natijalarning ishonchliligiga ta'sir ko'rsatadigan hollarda ro'yxatdan o'tkazishi kerak.

Uskunalar
Laboratoriya laboratoriya faoliyatini to'g'ri amalga oshirish uchun zarur bo'lgan va uning natijalariga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan asbob-uskunalarga (shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda, o'lchov vositalari, dasturiy ta'minot, etalonlar, standart namunalar, ma'lumotnomalar, reaktivlar, materiallar yoki yordamchi qurilmalar) kirish huquqiga ega bo'lishi kerak.

2.3.O’lchash vositalarini qiyoslashdan o’tkazish qoidalari.
O’lchash vositalarini qiyoslash - o’lchash vositalarining belgilangan talablarga mosligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologik xizmati idorasi yoki bu ishga vakolatli boshqa idoralar (tashkilotlar) tomonidan bajariladigan amallar majmui

Ekspluatasiyada turgan, ishlab chiqarilgan, ta’minlangan va import bo’yicha sotib olinadigan barcha o’lchash vositalari davlat qiyoslashidan o’tishi lozim.
O’lchash vositalari birlamchi, davriy, navbatdan tashqari, inspeksion va ekspert qiyoslashdan o’tkaziladi.
O’lchash vositalarini birlamchi qiyoslash o’lchash vositasini ishlab chiqarilganda yoki ta’mirlangandan keyin, shuningdek o’lchash vositasini chet eldan to’p-to’p qilib keltirishda, sotishda bajariladigan qiyoslash.
O’lchash vositalari ning har bir nusxasi birlamchi qiyoslashdan o’tkaziladi. O’lchash vositalari yalpi ishlab chiqarilganda tanlab qiyoslash ruxsat etiladi. Tanlab birlamchi qiyoslash qoidalari, o’tkazish tartibi bu o’lchash vositalarini qiyoslash metodikasida ko’rsatiladi.

O’lchash vositalarini davriy qiyoslash o’lchash vositasini foydalanish davrida ma’lum vaqt oraliqlarida qiyoslash. Davriy qiyoslash uchun qiyoslashlararo vaqt oraliqlari u yoki bu o’lchash vositasinig barqarorligiga qarab qiyoslash me’yoriy hujjatlarida Davlat davriy qiyoslashi namunaviy va ishchi o’lchash vositalarini qiyoslash grafiklari (shartnomalari) da belgilangan kalendar muddatlarda o’tkaziladi. belgilanadi va bir oydan bir necha yilgacha belgilanishi mumkin.
O’lchash vositalarini navbatdan tashqari qiyoslash o’lchash vositasini navbatdagi davriy qiyoslash muddati kelmasdan oldin bajariladigan qiyoslash. Navbatdan tashqari qiyoslash zaruriyati turli sabablar: o’lchash vositasining metrologik xususiyatlari yomonlashgan yoki bunga gumon paydo bo’lganda, foydalanish sharoitlari buzilganda, qiyoslash tamg’asi buzilganda va boshqa kamchiliklar natijasida yuzaga keladi.

Ekspluatasiyada turgan va saqlanayotgan o’lchash vositalari uchun navbatdan tashqari qiyoslash quyidagi hollarda o’tkaziladi:
– qiyoslashlararo davrning yarim vaqti o’tgandan keyin o’lchash vositasidan butlovchi sifatida foydalanilganda;
-qiyoslash tamg’asi, plombasi, shikastlanganda yoki o’lchash vositalarining birlamchi yoki davriy qiyoslashdan o’tganligini tasdiqlovchi hujjatlar yo’qolganda;
– agar qiyoslash tamg’asining yoki o’lchash vositasining qo’llanishga yaroqliligini tasdiqlovchi hujjatning amal qilinish muddati tugagan bo’lsa, saqlashdan olinib ekspluatasiyaga kiritishda;
– agar qiyoslash tamg’asining yoki o’lchash vositasining qo’llanishga yaroqliligini tasdiqlovchi hujjatning amal qilinish muddati tugagan bo’lsa, saqlashdan olinib ekspluatasiyaga kiritishda;
– qiyoslashlararo vaqt ichida xaridga chiqarilmagan o’lchash vositalarini tayyorlovchi korxona iste’molchiga etkazib berishda
O’lchash vositasining holati va qo’llanilishini davlat nazoratidan va mahkama tekshiruvidan o’tkazishda o’lchash vositalarining qo’llanishga yaroqli ekanligini aniqlash uchun inspeksion qiyoslash o’tkaziladi.o’lchash vositalarini inspeksion qiyoslash natijalari davlat yoki mahkama tekshiruvi dalolatnomasida aks ettiriladi.

Davlat qiyoslashidan majburiy ravishda o’tkaziladigan vositalar:

Davlat qiyoslashidan majburiy ravishda o’tkaziladigan vositalar:
• a) davlat metrologik xizmatlarining va tadbirkorlik sub’ektlarining namunaviy o’lchash vositalri;
• b) o’zining bevosita vazifasiga muvofiq namunaviy o’lchash vositalari sifatida yoki tayyorlashga buyurtma shartlari bo’yicha ishlab chiqarilgan o’lchash vositalari;
• v) nurlanishni ionlovchi va tarkibida nurlanishni ionlovchi manba bor bo’lgan o’lchash vositalari;
• g) priborlarni ta’mirlovchi xo’jalik yurituvchi sub’ektlari chiqargan, ta’mirdan keyin boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga berish uchun mo’ljallangan o’lchash vositalari;
• d) milliy va xalqaro rekordlarini qayd qilish bilan bog’liq o’lchash vositalari;
• e) davlat arbitraj idoralari tomonidan ekspertiza o’tkazishda, shuningdek bojxona tekshiruvida o’lchashlar uchun qo’llaniladigan o’lchash vositalari;
k) o’lchash uchun ishchi o’lchash vositalari sifatida qo’llaniladigan, o’lchash natijalari:
k) o’lchash uchun ishchi o’lchash vositalari sifatida qo’llaniladigan, o’lchash natijalari:
tabiatni muhofazalash;
• sog’liqni saqlash;
• mehnat xavfsizligini ta’minlash;
• barcha turdagi transportning harakat xavfsizligini ta’minlash;
• ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarning xavfsizligini ta’minlash;aloqa tizimlarini ta’minlash;
• xo’jaliklararo o’zaro hisoblashlar;savdoning barcha turlari;
• aholiga pulli xizmatlarning barcha turlari uchun qo’llaniladigan o’lchash vositalari.
O’lchash vositalarini qiyoslash davlat yoki mahkama qiyoslovchisi malakasi berilaganligi to’g’risida amaldagi guvohnomasi bor shaxslar tomonidan bajariladi.

Yüklə 191,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə