Metrologiya standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti


Metrologiya fani, uning asosiy bo’limlari, maqsadi va vazifasi



Yüklə 191,8 Kb.
səhifə4/13
tarix22.03.2024
ölçüsü191,8 Kb.
#180320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Sarf o\'lchash vositalari.

1.2.Metrologiya fani, uning asosiy bo’limlari, maqsadi va vazifasi.
Metrologiya fan sifatida o‘lchashlar, ularga bog‘liq va tegishli bo‘lgan qator masalalarni o‘z doirasiga oladi. Metrologiya aslida yunonchadan olingan bo‘lib, o‘lchash, o‘lcham, nutq, mantiq, ilm yoki fan ma’nolarini bildiradi. Umumiy tushunchasini oladigan bo‘lsak, metrologiya - o‘lchashlar haqidagi fan.
“Metrologiya va standartlashtirish” fani texnika, menejment va marketing sohalari yo‘nalishlarida bakalavrlar va muxandislar tayyorlashda o‘tilishi lozim bo‘lgan fanlardan hisoblanadi. Oliy ta’lim andozasidan kelib chiqib, ushbu fan talabalarda metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‘yicha zarur va yetarli bo‘lgan asosiy tushunchalarni shakllantiradi.
“Metrologiya va standartlashtirish” fanini o‘rganishdan maqsad: talabalarda xalq xo‘jaligining texnika-texnologiya, menejment va marketing sohalaridagi ishlab-chiqarish, savdo, nazorat va iste’mol bilan bog‘liq bo‘lgan turli metrologik, sifat boshqaruvi va sertifikatlashtirish bo‘yicha masalalar bilan shug‘ullanish, hamda meyoriy hujjatlar va standartlar bilan ishlash borasida yetarli bilim va malakalarni hosil qilish. Asosiy vazifalar esa talabalarni uzluksiz ta’lim tizimida "Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish" bo‘yicha tayyorlashdan kelib chiqadi. Bunda maxsus fanlar doirasida rivojlanuvchi va chuqurlashuvchi metrologiya, standartlashtirish, kvalimetriya sifatni o‘lchash va sertifikatlashtirish bo‘yicha fundamental ma’lumotlar o‘rganiladi.
Metrologiya (yunoncha: metron — oʻlchov va logos — taʼlimot) — oʻlchovlar, ularning bir xilligini taʼminlash usullari va vositalari hamda talab etilgan aniqlikka erishish yoʻllari haqidagi fan; fizika bulimi. Asosiy muammolari: a) oʻlchashlarning umumiy nazariyasi; b) kattaliklar birliklarini va ularning tizimlarini yaratish; v) oʻlchash usullari va vositalari; g) oʻlchashlar aniushgi (oʻlchashlar noaniqligi nazariyasi, oʻlchashlar xatoligi nazariyasi) ni baholash usullari va ifodalash yoʻllari; d) oʻlchashlar bir xilligini taʼminlash; ye) etalonlarni yaratish; j) oʻlchash vositalari va oʻlchash uslublarining tavsiflarini aniqlash va birliklar oʻlchamlarini etalonlardan qolgan barcha oʻlchash vositalariga oʻtkazish usullari.
Dastlab, metrologiya turli oʻlchovlar (chiziqli kattaliklar, massa, sigʻim va boshqalar), shuningdek, turli mamlakatlarda koʻllaniladigan tangalar va ular orasidagi nisbatlarni bayon etuvchi fan sifatida ifodalangan. 1975-yil 20-mayda Xalqaro Metrik Konvensiyaning imzolanishi, oʻlchovlar va tarozilar Xalqaro byurosi ilmiy institutining hukumatlararo darajada taʼsis etilishi metrologiyaning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boʻldi.
Metrologiya yuqori aniklikdagi fizik tajribalarga tayanadi, u fizika, kimyo va boshqa tabiiy fanlar yutuklaridan foydalanadi, shu bilan birga, moddiy dunyo obʼyektlari xossalarining miqdoriy ifodalanishiga imkon beruvchi oʻziga xos qonun va kridalarni belgilaydi. Oʻlchashlarning umumiy nazariyasi va natijalari (nazariy M.) ning haqqoniyligini baholash uzluksiz rivojlanmoqda; unga oʻlchash jarayonlari va bu jarayonlarning elementlari: oʻlchanayotgan kattaliklar, ularning birliklari, oʻlchash vositalari va usullari, oʻlchash sharoitlari, oʻlchash natijalarini tahlil qilish va oʻrganish natijasida olingan maʼlumotlar va umumlashmalar kiradi.
Fanning rivojlanishi bilan ayrim birliklar va ularning kattaliklarini tasodifiy tanlashdan birliklar tizimlarini tuzishga oʻtildi. Metrologiyada fizik kattaliklar va kattaliklar birliklari tizimlarini tuzish prin-siplari oʻrtasidagi aloqalar, shuningdek, anik, birliklar tizimining nazariy tomonlari koʻriladi. Hozirgi vaqtda yuzdan ortiq davlat rasman qabul qilgan Xalqaro birliklar tizimi SI keng qoʻllaniladi. Nazariy M. oʻlchashlar anikligi (oʻlchashlar xatoligi) ni va noaniqligini baholash usullariga bagʻishlangan. Bunda ehtimollik nazariyasi va matematik statistika, shuningdek, matematikaning boshqa boʻlimlaridan keng foydalaniladi.
Metrologiya quyidagilarga bo'linadi:
1) nazariy-fundamental tadqiqotlar, o'lchash usullarining yangi tizimlarini ishlab chiqish, o'lchov birliklari va fizik konstantalar tizimini yaratish masalalari bilan shug'ullanadi.
2) amaliy (amaliy) – amaliy qo'llanmalar, nazariy tadqiqotlar natijalari bilan shug'ullanadi.
3) Qonunchilik – majburiy kuchga ega va davlat nazorati ostida bo'lgan o'lchovlarning bir xilligini ta'minlashga qaratilgan normalar va qoidalar to'plamini o'z ichiga oladi

Yüklə 191,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə