Meva va rezavor meva ekinlarida seleksiya ishlari


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 439 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix04.05.2023
ölçüsü439 Kb.
#108351
1   2   3   4   5   6
meva-va-rezavor-meva-ekinlarida-seleksiya-ishlari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 4 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
1564 
w
www.oriens.uz
May
2021
 
 
Chang donachasi sifatini aniqlash usullari va uning ahamiyati. Chang 
donachalarini nam kamerada o‘stirish. D. A.Tarankovskiy usulida chang 
donachalarini nam kamerada ocstirish usuli, asetokarmin eritmasida changlarning
ranglanishi va changlami urugcchi tumshuqchasida o‘stirib ko‘rish asosida chang
sifatini aniqlash usullari. Bu usullarning ahamiyati va mohiyati. 
Chatishtirishlardan oldin chang donachasining urug‘chi tumshuqchasida o‘sa
olish qobiliyatini aniqlash uchun chang donachasining sifati tekshirib ko‘riladi. 
Buning uchun chang donachasi urug‘chi tumshuqchasida o‘stirib ko‘rish, saxaroza 
yoki glukoza eritmasida o ‘stirib ko‘rish, asetokarmin ta’sirida ranglanishi va chang
fermentlari (piroksidaza, suksindegidraza)ning aktivligini tekshirib ko‘rishga 
asoslangan usullar qo‘llaniladi. Bu usullarning hech qaysisi ham hamma ekinlar 
uchun qo‘llaniladigan universal xarakterga ega emas. Shuning uchun ham bularning 
biri yaxshi samara bermasa, boshqasini qo‘llash kerak. 
Van-Tigem usulida chang donachalarini nam kamerada o‘stirish:
Mikroskopda qarash uchun moslangan qoplama oyna ustiga shisha tayoqcha 
yordamida saxaroza bilan agar-agar eritmasidan bir tomchi quyiladi. Eritma harorati,
havo haroratidan 2— 5° S yuqori bo‘ladi. Uning ustiga skalpel bilan chang 
donachalari sepilib, oynacha ag‘darilib chang donachalarini o‘stirish kamerasiga 
qo‘yiladi. Namlikni saqlash uchun kamera ustiga distillangan suv tomiziladi.
Kamera harorati 22—26°S bo‘lgan termostatga qo‘yilib har bir soatda chang
donachasining o‘sganligi kuzatib turiladi. 0 ‘sgan va o‘smagan chang donachalari 
sanaladi. Bunda chang o‘simtasi uning diametriga teng bo‘lishi kerak. Chang 
donachalari uchun ozuqa muhiti sifatida 0,5—1% agar-agarning distillangan
suvdagi eritmasiga 5—40% saxaroza (uning konsentratsiyasi ko‘p meva va
rezavor meva ekinlari uchun 10—15%) solinadi. Agar saxaroza boclmasa toza 
quritilgan shakardan ham foydalanish mumkin. Eritmani ma’lum darajada qizdirish 
kerak (bunda ko‘p qizdirib yubormaslik kerak). Eritma har kuni yoki bir kundan
keyin tayyorlanib turishi kerak (yangiligicha qo‘llaniladi).Chang donachasining 
o‘sishini tezlatish maqsadida eritma ichiga yangi uzilgan changlanayotgan
o‘simlikning urug‘chisini ham qo‘shish mumkin.Chang donachasini o ‘stirish
davomida harorat 12—26 °S bo‘lishi kerak. O’sgan chang donalari sonidan tashqari 
chang naychasining uzunligi foizlarda va ballarda aniqlanadi. 

Yüklə 439 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə