Meva va rezavor meva ekinlarida seleksiya ishlari



Yüklə 439 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix04.05.2023
ölçüsü439 Kb.
#108351
1   2   3   4   5   6
meva-va-rezavor-meva-ekinlarida-seleksiya-ishlari

Ключевые слова:
 пыль, семена, гибрид, опыление, селекция, экология. 
KIRISH 
Duragaylash seleksiyada, dastlabki, material yaratishning asosiy usullaridan 
biridir. 
Duragaylash 
dastavval 
ota-ona 
juftlarini 
tanlashdan 
boshlanadi. 
Duragaylashning muvaffaqiyati ota-ona juftlarini to’g’ri tanlashga bog‘liq.Duragay 
organizm o‘z ota-onasining irsiyati asosida vujudgakeladi, lekin belgi va 
xususiyatlari bilan ma’lum darajada farq qiladi. Buning qonuniyatlarini tushunish 
uchun chatishtirishga olingan o’simliklaming belgilari muayyan sharoitda bo’g’indan 
bo’g’inga qanday o’tishini bilish kerak. 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 4 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
1562 
w
www.oriens.uz
May
2021
 
 
Seleksiyada chatishtirish uchun ota-ona juftlarini tanlash prinsiplari: 
1. Ekologo-geografik prinsip. 
2. Hosil elementlariga qarab tanlash. 
3. Ayrim rivojlanish fazalarining davomiyligiga qarab. 
4. Kasallik va zararkunandalarga chidamliligiga qarab. 
5. Diallel chatishtirishlar asosida. 
Bu usullar yordamida ota-ona juftlari tanlangach,chatishtirishlar o’tkaziladi.
Buning uchun chatishtirish tartibini bilish kerak.Chatishtirish tartibi o‘simlik
gulining tuzilishi (bir yoki ikki jinsli, oddiy gul yoki tupgul), gullash
biologiyasi (ochiq yoki yopiq gullash) va changlanish xiliga (o£zidan yoki chetdan 
changlanish) bog’liq. 
Chatishtirish uchun birinchi navbatda o'simlikning gullash davri
davomiyligi, gulning ochilish xossasini, changchi va urug‘chining hayotchanligi,
changning qancha vaqt saqlanishini hisobga olish lozim. Chunki bu xususiyatlar 
turli navlarda tuproq-iqlim hamda ob-havo sharoitiga qarab har xil bo’ladi. 
Sun’iy chatishtirish tartibi bir-biri bilan uzviy bog‘liq ravishda va ketma-ket 
bajariladigan 3 xil ishdan iborat: 
— gulni chatishtirish uchun tanlash va changlashga tayyorlash
— ona sifatida olingan o'simlik gulini bichish (kastratsiya); 
— changlash. 
Chatishtirish uchun eng yaxshi rivojlangan navga xos sog‘lom o‘simliklar tanlab 
olinadi. Har bir o‘simlikda chatishtirish uchun yaxshi rivojlangan gullar qoldiriladi,
boshqalari yulib tashlanadi (daraxt ekinlarida novdadagi). 

Yüklə 439 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə