Meva va rezavor meva ekinlarida seleksiya ishlari


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR



Yüklə 439 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix04.05.2023
ölçüsü439 Kb.
#108351
1   2   3   4   5   6
meva-va-rezavor-meva-ekinlarida-seleksiya-ishlari

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR 
Ushbu ishda bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik, obyektivlik usulidan 
foydalanilgan bo‘lib, mavzuni yoritishda tavsifiy, qiyosiy metodlardan foydalanilgan. 
Tadqiqot jarayonida meva va rezavor meva ekinlarida seleksiya ishlari obyektiv 
yoritilgan holda, mavzuning dolzarbligini bayon qilishda . D.T.Abdukarimov,
T.S.Safarov, T.E. Ostonaqulovlarning “Dala ekinlar seleksiyasi, urug‘chiligi va 
genetika asoslari” nomli asari metodologik manba sifatida olindi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Ko‘pchilik o‘simliklarda gullar gulto‘plamlarda joylashgan bo‘ladi va har xil
rivojlangan bo‘ladi, bir vaqtda ochilmaydi, ulardan hosil bo‘lgan urug‘lar ham bir 
xil sifatli bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ulardan yuqori sifatli duragaylar olish
uchun chatishtirish vaqtida barcha choralami ko‘rish kerak. Ana shunday 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 4 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
1563 
w
www.oriens.uz
May
2021
 
 
tadbirlardan biri tupgulni chatishtirishga tayyorlashdir. Meva ekinlarining to’pgu- 
lida markaziy gul (yaxshi rivojlanadi) qoldirilib, keraksiz gullar qaychi yoki 
qisqich (pinset) yordamida olib tashlanadi. 
So‘ngra gul o‘zidan changlanib qolmasligi uchun ona o‘simlikdagi gulning 
changdonlari terib olinadi. Changdonlarni yulish vaqtida urug‘chiga shikast 
yetkazmaslik choralarini ko‘rish kerak.Novdadagi kerakli gullar bichib bo‘lingach, 
unga darhol suvda ivimaydigan, yorug‘likni yaxshi o‘tkazadigan yupqa pergament 
qog‘ozlardan yasalgan xaltacha (izolyatorlar) kiygiziladi. Xaltachaga qalam bilan
gul bichilgan kun va bu ishga mas’ul kishining familiyasi yozib 
qo‘yiladi.Bichilgan gullar voyaga yetgan, yaxshi rivojlangan sog‘lom ota o'simlikdan 
yig‘ib olingan changlar bilan changlatiladi.Changlar silkitish usuli bilan,
changdonlarni yig‘ish usulida, ba’zi o‘simliklarda esa novda bilan kesib olinib,
suvga solib qo‘yish usullari bilan yig‘iladi (shisha idishlarda) va quruq, quyosh 
tegmaydigan sharoitda 18—22 ° S haroratda saqlanadi.Gullar yetilgach, changlar 
ularga uchi kengaytirilgan ignalar, cho‘tkalar, yumshoq rezinalar orqali
solinadi.Changlatilgandan keyin izolyatorlar yana kiygizib qo‘yiladi va tushib 
ketmasligi uchun mis simlardan paxta qo‘yib, asta bog‘lab qo‘yiladi.Changlanish
(urug‘lanish) bo‘lgan yoki bo‘lmaganligini bilish uchun 3—6 kundan keyin
qog‘oz xaltachaga ustidan gullar yonboshidan sekin barmoqlar bilan bosib 
ko‘riladi. Agar barmoq novdaga tegmasa changlanish o£tgan hisoblanadi. Aksincha 
bo‘lsa,changlanish takrorlanadi. 
Changlash turlari: 
1. Erkin changlash. 
2. Majburiy changlash. 
3. Cheklangan erkin changlash. 
Ikki jinsli gulli o‘simliklarda (anor, anjir, yong‘oq) chatishtirishlar bichishsiz 
amalga oshiriladi.Hasharotlar yordamida changlanadigan o‘simliklarda umumiy 
izolyator ichiga hasharotlar qo‘yiladi, shamol yordamida changlanadigan 
o‘simliklarda maxsus puflanadigan moslamalar qo‘yiladi. 
Izolyatsiya usullari: 
Masofa izolyatsiyasi — chatishtirishdagi o‘simliklar ma’lum masofada 
alohida maydonlarda ekiladi. 
Vaqt izolyatsiyasi — keraksiz formalardan changlanishi mumkin o‘simliklar
bir-biri bilan changlanmasligi uchun har xil vaqtda ekilishi lozim. 



Yüklə 439 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə